3. O’rta Osiyo xalqlari arablar istilosi va hukmronligi davrida VI asrning o’rtalariga qadar Arabiston yarim orolida yashagan qabila, urug’larning hayot tarzi qoloq bo’lib, ularning mutloq ko’pchiligida ibtidoiypatriarxal tuzum munosabatlari hukm surgan. Ko’chmanchi badaviy oilalari, urug’lari o’z chorva mollari uchun er-suv, o’tloq qidirib keng sahrolar bo’ylab kezib yurganlar. Faqatgina yarim orolning Qizil dengizga tutash Hijoz vohasi va janubiy Yamanda ahvol birmuncha boshqacharoq bo’lib, bu hududlarda arab qabilalari asosan o’troq hayot kechirgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik ham ancha rivoj topgan edi. Ayniqsa Hijozning bosh shahri - Makka xalqaro karvon savdosining muhim markazi hisoblangan. Makkalik quraysh qabilasi savdogarlarining turli mintaqalar bilan bog’langanligi, savdo-tijorat va hunarmandchilik ishlarining kuchayib borishi pirovardida tarqoq arab qabila, urug’larini birlashtirish va markazlashgan kuchli davlat tuzishda etakchilik o’rni egallashiga ikkoniyat yaratdi Makka aholisi tevaragida ko’chmanchi arab qabilalarining birlashuvi jarayoniga turtki bergan yana bir muhim omil - bu shu erlik quraysh qabilasining hoshimiylar urug’idan chiqqan payg’ambarimiz Muhammad Alayhivassalomnomi bilan bog’liq holda keng yoyila boshlagan islom dini va ta’limoti bo’ldi. Yakkaxudolik g’oyasi: Alloh yagona, Muhammad uning erdagi rasuli (elchisi) Umuminsoniy g’oyalar: Insonparvarlik, birodarlik, do’stlik, qardoshlik, og’a-inilik, mehr-muruvvat, ilmparvarlik, mehnatsevarlik, poklik, to’g’rilik, rostgo’ylik, diyonatlik, sharmhayolik, ibolik v.b. Islomning asosiy tamoyillari:
Allohning yagonaligi, Muhammad uning payg’ambari ekanini tan olish;