O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I


O’rta Osiyo xalqlari arablar istilosi va hukmronligi davrida



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə33/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

3. O’rta Osiyo xalqlari arablar istilosi va hukmronligi davrida
VI asrning o’rtalariga qadar Arabiston yarim orolida yashagan qabila, urug’larning hayot tarzi qoloq bo’lib, ularning mutloq ko’pchiligida ibtidoiypatriarxal tuzum munosabatlari hukm surgan. Ko’chmanchi badaviy oilalari, urug’lari o’z chorva mollari uchun er-suv, o’tloq qidirib keng sahrolar bo’ylab kezib yurganlar. Faqatgina yarim orolning Qizil dengizga tutash Hijoz vohasi va janubiy Yamanda ahvol birmuncha boshqacharoq bo’lib, bu hududlarda arab qabilalari asosan o’troq hayot kechirgan, savdo-sotiq, hunarmandchilik ham ancha rivoj topgan edi. Ayniqsa Hijozning bosh shahri - Makka xalqaro karvon savdosining muhim markazi hisoblangan. Makkalik quraysh qabilasi savdogarlarining turli mintaqalar bilan bog’langanligi, savdo-tijorat va hunarmandchilik ishlarining kuchayib borishi pirovardida tarqoq arab qabila, urug’larini birlashtirish va markazlashgan kuchli davlat tuzishda etakchilik o’rni egallashiga ikkoniyat yaratdi Makka aholisi tevaragida ko’chmanchi arab qabilalarining birlashuvi jarayoniga turtki bergan yana bir muhim omil - bu shu erlik quraysh qabilasining hoshimiylar urug’idan chiqqan payg’ambarimiz Muhammad Alayhivassalom nomi bilan bog’liq holda keng yoyila boshlagan islom dini va ta’limoti bo’ldi. Yakkaxudolik g’oyasi: Alloh yagona, Muhammad uning erdagi rasuli (elchisi) Umuminsoniy g’oyalar: Insonparvarlik, birodarlik, do’stlik, qardoshlik, og’a-inilik, mehr-muruvvat, ilmparvarlik, mehnatsevarlik, poklik, to’g’rilik, rostgo’ylik, diyonatlik, sharmhayolik, ibolik v.b. Islomning asosiy tamoyillari:

  • Allohning yagonaligi, Muhammad uning payg’ambari ekanini tan olish;

  • Muqaddas kitoblarga ishonish;

  • Barcha payg’ambarlarni e’tirof etish;

  • Parishtalarni e’tirof etish;

  • Oxirat, taqdirga ishonish.

ISLOM MADANIYaTI Islomning asosiy ruknlari:

  • Kalimai shahodat;

  • 5 vaqt namoz o’qish;

  • Ramazon oyida 30 kun ro’za tutish;

  • Zakot berish;

  • Haj ziyorati.


Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin