O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I


O’rta Osiyoda arablarga qarshi xalq qo’zg’olonlari



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə36/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

O’rta Osiyoda arablarga qarshi xalq qo’zg’olonlari

  • Sug’diyonada 720-722 yillarda G’urak va Divashtich boshchiligida

  • Samarqand, Buxoro, Xuttolonda 725-729 yillarda

  • Tohariston va Sug’dda 736-737 yillarda

  • Xuroson va Movarounnahrda Abu Muslim boshchiligida 746-749 yillarda

  • Muqanna qo’zg’oloni 769-784 yillarda

  • Rafi ibn Lais qo’zg’oloni 806-809 yillarda 720-722 yillarda So’g’diyonada yuz bergan G’o’rak (Samarqand hukmdori) va Divashtich (Panjikent hokimi) boshchiligidagi qo’zg’olon arablar hukmronlikligiga qarshi yo’nalgan dastlabki shiddatli xalq harakatlaridan biri bo’lgan. Unda arablar siyosati va zulmidan g’azabga kelgan o’n minglab mahalliy xalq vakillari ishtirok etgan. Xurosonning yangi tayinlangan va zolimligi bilan nom chiqargan noibi Said Xarashiy katta muntazam harbiy kuch bilan mazkur qo’zg’olonni shafqatsizlik bilan bostirishga muvaffaq bo’ladi. Qo’zg’olon rahbarlaridan biri - Divashtich ham ushlanib qatl etiladi. 725-729 yillar davomida xalifalikning og’ir soliq siyosatiga qarshi Samarqand, Buxoro, Xuttalon viloyatlarida ko’tarilgan qo’zg’olonlar ham xalq ozodlik kurashida sezilarli iz qoldirdi. Qo’zg’olonchilarning ancha qismi arab ma’murlari siyosatiga norzilik bildirib, islom dinidan chiqadilar. Kesh atrofida yuz bergan mahalliy aholining arablar bilan to’qnashuvi rostmona jangu jadal tusini olgan. 736-737 yillarda Tohariston va Sug’dda yangidan ko’tarilgan kuchli qo’zg’olon o’z safiga aholining turli ijtimoiy qatlamlarini jalb etgandi. Faqat Xuroson va Movarounnahrning yangi xukmdori, usta diplomat Nasr ibn Sayyor (738-748)ning uddaburon siyosati, nizoli masalalarni xal etish borasidagi epchil tadbirlari tufayligina qo’zg’olon harakatlarini bartaraf etish, o’lkada muvozanatni bir qadar saqlash mumkin bo’ldi. Bunda u mahalliy aholiga, ayniqsa uning nufuzli qatlamiga muayyan yon berishga majbur bo’ldi. Jumladan, u arablarning mahalliy aholi bilan qon-qardoshlik aloqalarini kuchaytirishga intildi. O’zi ham Buxorxudot Tog’shodaning qiziga uylandi. Islomni qabul qilgan kishilar juzyadan ozod etildi va barcha musulmonlar huquqiy jihatdan tenglashtirildi. Xiroj solig’i to’lash barcha uchun baravar deb e’lon qilinadi. VIII asr 40-yillarida xalifalikda toju-taxt uchun kurash boshlanadi. 748 yilda Abu Mislimning Xurosonda ko’targan qo’zg’oloni, uning xalifalik poytaxtini egallashi natijasida Umaviy Marvon II taxtdan ag’dariladi. 749 yilda abbosiylar xonadonidan Abul Abbos Saffon taxtga ko’tariladi. Biroq abbosiylar davrida ham mehnatkash aholining ahvoli yaxshilanmadi. Shu boisdan xalq qo’zg’olonlari tez-tez ko’tarilib turdi. Muqanna qo’zg’oloni Vatanimiz xalqlarining arablar asoratiga qarshi olib borgan kurashi tarixida alohida o’rin tutadi. Tarixda «oq kiyimlilar» nomi bilan mashhur bo’lgan bu qo’zg’olonga o’z zamonasining har tomonlama etuk kishisi, xalq dardi, qayg’usi va maqsadlarini chuqur tushungan, asl ismi Hoshim ibn Hakim, ammo Muqanna (ya’ni yuziga niqob kiygan ma’noda) nomi bilan tanilgan buyuk shaxs rahnamo bo’ldi. Muqanna umaviylar sulolasi inqiroziga kuchli ta’sir ko’rsatgan Abu Muslim qo’zg’olonida ham faol ishtirok etgan. Muqanna hayotning katta mashaqqatli yo’lini bosib o’tgan, oddiy kir yuvuvchidan kichik lashkarboshi, keyin vazirlik darajasiga ko’tarilgan (757-759). 759 yilda Xuroson amiri Abdujabborning

xalifaga qarshi isyonida qatnashgani uchun zindonga tashlangan. Zindondan qochib 769 yilda Marvga keladi va xalq harakatiga boshchilik qiladi. U ijtimoiy tenglik, erkin hayot va adolat g’oyalarini o’ziga singdirgan taniqli siymo bo’lgan. Shuning uchun ham uning yangidan xalq kurashiga bosh bo’lishi bu harakatning keng quloch yozishiga, uzoq muddat davom etishiga (unga tayyorgarlik ko’rish jarayonlarini ham hisobga olganda 14 yilni o’z ichiga oladi) sabab bo’libgina qolmay, ayni chog’da arab hukmron doiralari uchun ham kutilmagan oqibatlarni vujudga keltirib, ularga katta hayotiy saboqlar berdi. Qo’zg’olon Marvda boshlangan bo’lsa-da, u tez orada Movarounnahrning keng hududlariga yoyildi. Muqanna qo’zg’oloni davomida Samarqandu Buxoro, Naxshobu Kesh hudulari aholisi ham faol harakatga keldi. Uni Iloq, Ohangaron, Shosh, Farg’ona vodiysining ko’p sonli aholisi ham quvvatlab chiqdi. Qo’zg’olonning bosh g’oyasi - Vatanimiz xalqlari, ularning asl farzandlarining muqaddas yurtni ajnabiy hukmronlardan ozod qilish, uning mustaqilligini kurashib qo’lga kiritish g’oyasi bo’lgan. Mana shu yuksak vatanparvarlik tuyg’usi qo’zg’olonchilarga hayotiy ruh, ma’naviy madad bag’ishlagan, ularning uzoq vaqt davomida arablarning katta harbiy kuchlari bilan jon berib, jon olishib kurash olib borishiga, mislsiz qurbonlar berishiga sabab bo’lgan. Biroq shu bilan birga qo’zg’olonga tortilgan aholining hamma ijtimoiy tabaqalari ham shu ulug’vor g’oyaga sodiq bo’lgan, unga oxirigacha amal qilgan, deb xulosa chiqarib bo’lmaydi, albatta. Negaki, qo’zg’olon kuchaygan kezlarda undan o’z xudbin maqsadlari yo’lida foydalanishni ko’zlab xalq kurashiga qo’shilgan yuqori tabaqa namoyandalari ham bo’lgan. Ular keyinchalik qo’zg’olon pasayishi va mag’lubiyat sari yuz tutgan kezda darhol xiyonat yo’lini tutib, ajnabiylar bilan til topib, ular tomoniga o’tib ketganligi ham rostdir. Ammo bunday istisnolardan qat’i nazar, bir necha yillar davom etgan «Oq kiyimlilar» qo’zg’oloni yurtimizning ozodlik kurashi tarixida katta dovrug’ taratdi, arab bosqinchilarini larzaga soldi, ularga sezilari zarbalar berdi. Qo’zg’olon Muqannaga katta madadkor, jangovar safardosh bo’lgan Hakim ibn Ahmad, Hashviy, Sarxama, Kay yoki G’uriy, G’aricha kabi xalq qahramonlarini ham etishtirib chiqardi. Ular oxirgi tomchi qonlari qolgunga qadar bosqinchilarga qarshi mardonavor kurashdilar. 780-783 yilarda qo’zg’olon harakatlari so’nggi hal qiluvchi pallaga kiradi. Bu davrda Muqannaning asosiy kuchlari Qashqadaryoning Kesh vohasida to’plangan edi. Qo’zg’olonning bosh tayanch nuqtasi-Som qal’asi ham shu joyda bo’lgan. Albatta, bu vaqtga kelib xalifalik qo’shinlari katta ustunlikka ega bo’lib, ular mahalliy aholining yuqori tabaqalarini o’z tomoniga jalb etib, qo’zg’olonchilarni tobora siqib borayotgan edi. Muqanna Somda mustahkamlanib, o’z tarafdorlari bilan so’nggi nafasigacha kurashdi. Pirovardida esa dushman qo’lida mag’lub bo’lmay, o’zini yonib turgan olovga otib, qahramonlarcha halok bo’ladi. Bu voqea Beruniy ma’lumotiga ko’ra 783 yilda yuz beradi. Garchand Muqanna qo’zg’oloni engilgan bo’lsa-da, biroq u buyuk xalq qudratini, agar u birlashsa, uyushsa nimalarga qodirligini to’la namoyon etdi. Qo’zg’olon ayni chog’da xalifalikning Movarounnahrdagi mustamlakachilik va bosqinchilik ildizlarini ham qaqshatdi. Uning hukmronligining davom etishini shubha ostiga solib qo’ydi. Eng muhimi, u erk va ozodlik uchun talpinayotgan yurtimiz kishilarida vatanparvarlik tuygusini jo’sh urdirdi, ularni ajnabiy zolimlarga qarshi yanada shiddatkorlik bilan kurash olib borishga da’vat etdi. Buning samarasi esa IX asrning boshlariga kelib yurtimiz ustidan xalifalik hukmronligining uzil-kesil ag’darilishi va bir qator mustaqil milliy davlatlarning yuzaga kelishida to’la namoyon bo’ldi. Arablar istilosi va hukmronligi Vatanimiz hududida qanchalik murakkab ijtimoiy-siyosiy oqibatlar bilan bog’liq bo’lmasin, shu bilan birlikda yakkaxudolik g’oyasi, ilg’or ijtimoiy-siyosiy, falsafiy qarashlarni o’zida mujassam etgan islom dini va ta’limotining o’lkamizda asta-sekin ildiz otib borishi ulug’ ajdodlarimiz hayoti va tafakkurida katta ahamiyatga ega bo’ldi. Butun arab dunyosini birlashtirish, uning ma’naviy qudratini kuchaytirishda etakchi omil rolini o’ynagan islom dini va uning muqaddas kitobi - Qur’oni Karim g’oyalari va oyatlarining mahalliy xalqlarning ongi, shuuriga singib, ularning turmush va fikrlash tarzining ajralmas qismiga aylanib borishi, shubhasiz, ularning ma’naviy olamiga sezilarli hayotbaxsh ta’sir ko’rsatdi hamda yuksak moddiy va ma’naviy madaniyat namunalarini ijod qilib borishlarida yangi ufqlar ochib berdi. Buning asosiy boisi shundaki, Allohning yagonaligiga imon keltirish, uning muqaddas kitobida ifoda etilgan yuksak insonparvarlik g’oyalariga ishonch va e’tiqod - bular yurt kishilarida bir-birlarini quvvatlash, birlashish, o’zlarini yagona makonda his qilish, o’zaro hamkorlikda, keng sa’y-harakatlarda bo’lish tuyg’usini shakllantirib bordi. Negaki, islom ta’limoti, Qur’oni Karim g’oyalarining o’lkamizga yoyilishi, o’tmishdoshlarimizning Alloh buyurgan olijanob amallarga rioya etib, ruhiyma’naviy poklanish sari harakatlanishi, tabiiyki, jamiyat hayoti va uning asosiy tamoyillarining sog’lom negizlarda rivojlanib, takomilashib borishiga sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Shu ma’noda Yurtboshimiz ham: «Biz ota-bobolarimizning muqaddas dini bo’lgan islom dinini qadrlaymiz, hurmat qilamiz, odamzod ruhiy dunyosida iymon- e’iqodni, insoniy fazilatlarni mustahkamlashda uning o’rni va ta’sirini yuksak baholaymiz»1, deb bejiz ta’kidlamagan. Zero, o’lka xalqlarining ma’naviy yuksalishini ta’minlash, ularning bir-biriga qon-qardoshligi, hamjihatligini jipslashtirishda muhim omil sanalgan asriy bebaho qadriyatlarimizni o’zida mujassam etgan islomiy ahkomlarning bugunda ham hayotimizda o’z munosib o’rnini topayotganligi islomning jamiyat taraqqiyotida muhim o’rin tutishidan dalolat beradi. Darhaqiqat, islom dini va musulmonchilik tamoyillarining O’rta Osiyo hududida tarqalishi, chuqur ildiz otishi barobarida o’lkamiz xalqlari keng musulmon olami bilan tutashib, uning boy diniy va dunyoviy madaniyati, ilmu urfoni bilan yaqindan oshno bo’lib bordi. Ayni chog’da azaldan ilmu ma’rifat o’chog’i bo’lib kelgan ko’hna yurtimiz bag’ridan bu davrda jahonga dovrug’ solgan, dunyo madaniyati va tsivilizatsiyasi xazinasiga salmoqli hissa qo’shgan ko’plab nomdor allomalar, buyuk muhaddis olimu ulamolar etishib chiqdi.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin