O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I


Muhammad binni Abdulloh (570-632)



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə34/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

Muhammad binni Abdulloh (570-632) hayotining oxirlariga kelib 630 yilda ko’p sonli arab qabilalarining islom bayrog’i ostida birlashuvi negizida yagona davlatga asos soldi. Muhammad (s.a.v.) 632 yilda vafot etgach, uning eng yaqin safdoshi Abu Bakr Siddiq Xalifa deb e’lon qilindi. Shu tariqa, Arab Xalifaligi tashkil topdi. Payg’ambar noiblari- to’rt choriyorlar

  • Hazrat Abu Bakr Siddiq (632-634)

  • Hazrati Umar (634-646)

  • Hazrati Usmon (646-656)

  • Hazrat Ali (656-661)

Mazkur choriyorlar hukmronligi davrida Xalifalik tarkibiga Shom, Iroq, Yaman va boshqa hududlar qo’shib olindi. Umaviylar davrida (661-750) Arab xalifaligi hukmronligi shu qadar katta hududlarga yoyildiki, uning tarkibiga G’arbda Misr, shimoliy Afrika erlari, Andaluziya (hozirgi Ispaniya), shimoli sharqda Kichik Osiyoning katta qismi, Eron va shimoliy-g’arbiy Hind sarhadlari kirar edi. VII asr o’rtalariga kelib xalifalik e’tibori O’rta Osiyo erlarini bosib olishga qaratiladi. 651 yilda arablar jangsiz Marv shahrini egallaydilar, so’ngra Amudaryogacha bo’lgan hududlar istilo qilinadi. Arablar bu hududlarni Xuroson deb ataydilar. Bu viloyat Arab xalifasi tomonidan tayinlanadigan noib orqali boshqariladi. Noib qarorgohi Marvda joylashgan edi. Arablar Amudaryodan shimoldagi boy viloyatlarni istilo etishga tayyorgarlik ko’radilar. Bu erlarni arablar Movarounnahr, ya’ni daryoning narigi tomoni deb ataganlar. Vatanimiz sarhadlarida arablar istilosi jarayoni ikki bosqichda amalga oshirilganligini ta’kidlab o’tmoq joizdir. Uning birinchi bosqichi - VII asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. Bu davrda ayrim arab lashkarboshlari qo’shini Amudaryo atrofidagi hududlarga bir necha bor hujumlar uyushtirib, bu erlarning boyliklarini talab, ma’lum o’ljalarni qo’lga kiritib, ortga qaytganligini kuzatish mumkin. Bundan ko’zda tutilgan asosiy maqsad- bu hududlarni yaqin kelajakda bosib olishga tayyorgarlik ko’rish edi. Masalan, arab lashkarboshlari Ziyod ibn Abu So’fiyonning 654 yilda Maymurg’ga, 667 yilda Chag’oniyonga, 673 yilda uning o’g’li Ubaydulla ibn Ziyodning Amudan o’tib Poykand, Romiton erlarini egallashi, so’ngra Buxoro hukmdorini engib, o’z foydasiga sulh tuzib, katta
xazina, oyliklarni qo’lga kiritishi va nihoyat, 675-676 yillarda Said ibn Usmonning yangidan Buxoro va Samarqand tomon qo’shin tortib kelishi va mahalliy hukmdorlarni engib, katta boylik va ko’p sonli asirlar bilan Arabistonga qaytib ketishi - bular O’rta Osiyo hududlarini egallash borasidagi dastlabki urinishlar edi. O’lkamizni bosib olishning ikkinchi, hal qiluvchi bosqichi VIII asrning birinchi choragiga to’g’ri keladi. Xususan, 704 yilda Qutayba ibn Muslimning Xuroson noibi etib tayinlanishi bilan uning zimmasiga butun O’rta Osiyo hududlarini uzil-kesil bosib olish vazifasi yuklanadi. Qutayba 707 yilda Amudaryodan o’tib Poykandni egallash sari harakatlanadi. Arablar mahalliy xalq qarshiligini engib shaharni qo’lga kiritadilar, uning boyliklarini talaydilar. Kesh, Nasaf ham og’ir janglar bilan fath etiladi. 710 yilda Qutayba mahalliy hukmdorlarning o’zaro kelishuvi va ittifoqiga izn bermay, Sug’dning bosh shahri - Samarqandni bosib olishga tayyorgarlik ko’radi. Shu orada Xorazm shohi Chag’on o’z ukasi Nurzod boshchiligidako’tarilgan xalq qo’zg’olonidan qo’rqib, 711 yilda yordam so’rab Qutaybaga murojaat qiladi. Qutayba qulay vaziyatdan foydalanib Xorazmga yurish boshlaydi. Nurzod tarmor qilinadi va o’ldiriladi. Biroq Xorazmshoh bundan hech narsa yutmaydi. Aksincha, u o’z mustaqilligini yo’qotib, xalifalikka tobe bo’lib, uning bojdoriga aylanadi. Chag’onning qo’shini Qutaybaning harbiy yurishlarida ishtirok etishga majbur etiladi. 712 yilda Qutayba Samarqandga hujum qiladi. Bu paytda Samarqand hukmdori G’urak edi. G’urak arab qo’shinlariga qarshi jang qiladi, ammo kuchlar teng bo’lmaganligi sababli engiladi. Qutayba bilan G’urak (709-738) o’rtasida tuzilgan Shartnomaga binoan u arablarga bir yo’la 2 ming, yiliga esa 200 ming dirxam hisobiga boj to’lash, 30 ming baquvvat yigitlarni qul o’rnida berishi ko’zda tutilgan edi. Buning ustiga Samarqandning eng gavjum mavzesi - Afrosiyob kelgindi arab aholisi uchun turar joy sifatida beriladi. Uning tub aholisi esa o’z joyidan mahrum etiladi. Arab qo’shini 713-yilda Sirdaryo orqali yurish boshlab O’rta Osiyoning sharqiy hududlarini egallashga kirishadi. Qutayba shu yurishi davomida Choch viloyati, Farg’ona vodiysini egallaydi, ko’p o’tmay o’lkaning boshqa hududlari ham birin-ketin ishg’ol qilinadi. Shu tariqa, 10 yil davom etgan qirg’inborot janglar oqibatida arablar Movarounnahr deb nom bergan Vatanimiz hududlari bosib olindi. Bosib olingan hamma viloyatlarga arablardan amirlar tayinlandi. Arablar istilochilar sifatida bu hududda mahalliy aholiga nisbatan mislsiz zulm va zo’ravonlik o’tkazdilar. Xalq tomonidan asrlar davomida yaratilgan noyob moddiy va ma’naviy boyliklar, asori atiqalar talandi, yakson qilindi. Mahalliy yozuvlarda bitilgan son-sanoqsiz nodir kitoblar, qo’l yozmalar yondirildi. Zardushtiylik, buddizm dinining ko’plab ibodatxonalari, muqaddas qadam jolari kunpaya-kun etildi. Ulug’ bobokalonimiz Beruniy o’zining «O’tmish xalqlardan qolgan yodgorliklar» asarida achchiq alam bilan ta’kidlaganidek, arablar mahalliy din, san’at, adabiyot namoyandalarini, olimlarni o’ldirdilar, asarlarini esa olovda yondirdilar. So’ngra ular ajdodlarimizning bebaho boyligi hisoblangan mahalliy yozuvlar, tarixiy hujjatlarni yo’q qildilar. Musulmonchilik diniga, islom aqidalariga zid keladigan jamiki narsalar ularning nazarida g’ayritabiiy hol hisoblanib, ayovsiz yo’q qilindi. Bularning o’rniga arablar aholidan olingan mo’may daromadlar, to’lovlar evaziga hashamatli, serviqor masjidu, madrasalar xonaqolar, maqbaralar barpo etib odamlarni ularga da’vat etdilar. Yurtimiz jilovini qo’lga olgan arab hukmdorlari xalqqa zulmu asoratni kuchaytirish maqsadida turli xil soliq, o’lponlarni joriy etdilar.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin