O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə37/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

Sinov savollari
1. Eftaliylar davlatining yuzaga kelishi, hududiy kengayishi to’g’risida nimalarni bilasiz?
2. Eftaliylar davrida erga egalik qilish munosabatlarida qanday o’zgarishlar bo’ldi?
3. Eftaliylar davriga oid moddiy va ma’naviy yodgorliklar namunalaridan so’zlab bering.
4. Mazdakchilar qanday g’oyalarni ilgari surganlar?
5. Mazdak qo’zg’oloni engilishining asosiy sabablarini nimalarda deb bilasiz?
6. Turk xoqonligiga qachon asos solingan?
7. Turk xoqonligi tarixiga oid qanday muhim tarixiy manbalar ma’lum?
8. Turk xoqonligi davrida O’rta Osiyo hududidagi davlat boshqaruvi tizimi qanday bo’lgan?
9. Turk xoqonligining ikkiga bo’linib ketishining asosiy sabablari nimada?
10. G’arbiy va Sharqiy xoqonliklarda kechgan ijtimoiy - iqtisodiy va madaniy hayotdagi muhim tafovutlar nimalarda ko’zga tashlanadi?
11. Arabistonda islom dini qanday omillar ta’sirida yuzaga keldi?
12. Arab istilochilarining O’rta Osiyoga yurishlari haqida so’zlang.
13. Arab bosqinchilariga qarshi yurtimiz zaminida qanday xalq qo’zg’olonlari yuz bergan?
14. O’rta Osiyo hududida islomlashtirish jarayoni qanday kechdi?
15. Arablar joriy etgan soliq turlari, ularning miqdorlari to’g’risida tushuncha bering.
16. Qur’oni Karim g’oyalarining hayotiyligi va yashovchanligining boisi nimada, deb o’ylaysiz?
V BOB. IX-XII ASRLARDA O’ZBEK DAVLATCHILIGI: SIYOSIY,
IJTIMOIY-IQTISODIY VA MADANIY HAYOT


Tayanch so’z va iboralar: Tohiriylar. Somoniylar. Davlat boshqaruvi. Qoraxoniylar. G’aznaviylar. Saljuqiylar. Xorazmshohlar. Uyg’onish. Ilm-fan. Badiiy adabiyot. Hadisshunoslik. Tasavvuf ta’limoti.
1. Tohiriylar va Somoniylar
Arablarning O’rta Osiyo hududlaridagi deyarli bir yarim asrlik hukmronlik davri bu hududning erksevar xalqlarining o’z eli, Vatanining mustaqilligi yo’lidagi jo’shqin kurashini, intilishini so’ndira olmadi. Darhaqiqat, IX asr boshlariga kelib Arab xalifaligida yuzaga kelgan bo’hronli vaziyat, siyosiy tanglik, Xuroson va Movarounnahrda kechayotgan ziddiyatli jarayonlar, eng muhimi, bu hududda yuz bergan Rofe ibn Lays qo’zg’oloni (806-810) mazkur o’lka xalqlari uchun xalifalik tobeligidan qutilish, yurt mustaqilligini qo’lga kiritish yo’lida qulay imkoniyatlarni vujudga keltirgandi. Xususan, mashhur xalifa Xorun ar-Rashid (786-809) vafotidan so’ng xalifalik taxtini egallash uchun uning o’g’illari – Amin va Ma’mun o’rtasida qizg’in kurash boshlangan edi. Bir necha yilga cho’zilgan bu siyosiy mojaro nafaqat xalifalik markazini tang ahvolga solib qolmasdan, balki unga tobe bo’lgan hududlardagi voqealar rivojiga ham sezilarli ta’sir ko’rsatdi. Ma’mun katta qo’shin tuzib, unga Xurosonlik Tohir ibn Husaynni boshliq etib tayinladi. Rey yaqinidagi jangda Tohir ibn Husayn al-Amin qo’shinini engadi va Bag’dodga yurish boshlaydi. Tohir 813 yilda yana g’olib kelib Bag’dodni ham qo’lga kiritadi. Ma’mun halifalik taxtiga ko’tariladi. Lekin u 819 yilga qadar Bag’dodga bormay Marvdan turib hokimiyatni boshqaradi. Uning buyrug’i bilan Tohir ibn Husayn Iroq hokimiyati va Bag’dod harbiy garnizoni boshlig’i bo’ladi (819 yilga qadar). Ma’mun Marvdagidayoq olimlar guruhini o’z atrofiga to’plagan edi. U 819 yilda Bag’dodga borar ekan, u erda Baytul hikmat (fanlar akademiyasi)ga asos soladi. Demak, bu fan maskanining negizini avvalo, Turkistonlik olimlar tashkil etganlar. Ma’mun halifalik oldidagi katta xizmatlari evaziga Tohir ibn Husaynni 821 yilda Xurosonga noib etib tayinlaydi. Shu tariqa, Tohiriylar davlati vujudga kelib 873 yilga qadar davom etadi. Uning poytaxti avval Marv, keyinroq Nishopur bo’ladi. Dastlab Movarounnahrning ko’pgina viloyatlari ham uning tasarrufida bo’lgan. Buning boisi shuki, ikkala o’lkaning noiblik markazi Xurosonning Nishopur shahri bo’lgan. Tohir ibn Husayn boshqaruv jilovini qo’lga kiritgach, undan yurt mustaqilligini, uning ravnaqi va qudratini oshirish yo’lida foydalanishga qat’iyan yo’l tutadi. Tohir ibn Husayn o’z davlatining mustaqilligini tiklash maqsadida 822 yilda xalifa nomini xutba namozidan chiqarib tashlashga amr kiladi. Biroq tez orada uning sirli o’limi bu borada katta ishlar qilinishiga imkon bermaydi. Uning vorislari Talha (822-828), Abul Abbos Abdulloh (830-844), Tohir ibn Abdulloh (844-862), Muhammad ibn Tohir (862-873) davrlarida Tohiriylar davlatining mustaqilligi xiyla ta’minlandi. Tohiriylar ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotni, mulkiy munosabatlarni rivojlantirish, qishloq xo’jaligini tartibga keltirish, suv resurslaridan foydalanishni yaxshilash, suv inshootlari barpo etish, shuningdek, fuqarolardan olinadigan soliqlarni mo’’tadillashtirishga ahamiyat beradilar. Poytaxt marvdan Nishopurga ko’chiriladi. Jumladan, Abdulloh ibn Tohirning chiqargan bir farmonida “dehqonlarni ranjitmaslik”, buningsiz xazinaga etarli miqdorda soliq tushmasligi alohida uqtirilgandi. Biroq shunga qaramay, Tohiriy hukmdorlar amalda dehqonlarni emas, balki ko’proq yirik mulkdorlar, savdogarlarning manfatlarini himoya qilardilar. Shu bois Tohiriylar davrida oddiy aholi, ayniqsa dehqonlar og’ir asoratda yashash, haddan ziyod soliq-o’lponlar to’lashga majbur etilgandi. Birgina 844 yilda ulardan olingan soliq miqdori 48 mln. dirxamni tashkil etgan. Bu o’sha davr sharoiti uchun mislsiz ko’p edi. Shuning uchun ham mamlakatning Seyiston va boshqa viloyatlarida dehqon g’alayonlari yuzaga kelib, kuchayib borgan. Xurosonning sharqiy hududlarida yuzaga kelgan g’oziylar harakati va dehqonchilik vohalaridagi g’alayonlar qo’shilib, keng miqyoslar kasb etib bordi. Bu harakatlarning etakchilariga aylangan, asli kelib chiqishlari hunarmand – miskar bo’lgan aka-uka Yoqub va Amir ibn Layslar 873 yilda Nishopurni egallab Tohiriylar sulolasini ag’darib tashlashga muvaffaq bo’ladilar. Buning natijasida Yoqub ibn Lays asos solgan Safforiylar (miskarlar) sulolasi hokimiyatga keladi. Biroq yangi hukmdor Yoqub ibn Lays shaxsiy hayotda qanchalik oddiy turmush tarziga amal qilib yashamasin, o’z armiyasining jangovarligini kuchaytirish, askarlarni maosh bilan ta’minlashga urinmasin, mehnatkash xalqning og’ir soliqlar to’lashi, boshqa to’lovlar va majburiyatlarni o’tashi avvalgidek o’zgarmay qola berdi. Bu hol oxir-oqibatda safforiylar sulolasi hukmronligining ijtimoiy- iqtisodiy ildizlarini qaqshatib, uni halokatga mahkum etmay qolmadi. Movarounnahrda Somoniylar davlatining yuzaga kelishi jarayoni ham IX asr boshlariga to’g’ri keladi. Bunda ham xalifa Ma’mun o’ziga sodiq xizmat qilgan balxlik mahalliy hukmdorlardan Somonxudot1 avlodlari (uning nabiralari)ga Movarounnahr hududlarini boshqarish huquqini topshiradi. Chunonchi, Nuh Samarqandga, Ahmad Farg’onaga, Yahyo Shosh va
Ustrushonaga, hokimlik qiladilar. IX asr o’rtalariga kelib Ahmad va uning katta o’g’li Nasr Somoniylar Movarounnahrning ko’pchilik hududlarini birlashtirishga muvaffaq bo’ldilar. Nasr Somoniy (856-888) davrida Movarounnahr mavqei yanada kuchayib bordi. Camarqand davlat poytaxti edi. Xurosonda Tohiriylar sulolasi ag’darilgach (873y), uning tarkibiga kirgan Buxoro erlari ham Somoniylar tasarrufiga olinadi. Nasr ukasi Ismoilni Buxoroga noib etib tayinlaydi (874y) va Somoniylar hukmronligi endilikda deyarli Movarounnahrning barcha hududlariga yoyiladi. Ammo ko’p o’tmay Ismoil o’z hokimiyatini kuchaytira borgach, o’zining
vassallik mavqeini tan olmay, Nasr hokimiyati xazinasiga to’laydigan yillik daromad miqdorini keskin kamaytiradi. Buning natijasida aka-ukalar o’rtasida uzoq muddatli o’zaro kurash boshlanadi. Oqibatda 888 yilda ular o’rtasida katta urush kelib chiqib, unda Ismoil g’olib bo’ladi va hokimiyatni o’z qo’liga oladi. Akasi Nasr vafotidan so’ng (892y) Ismoil Somoniy Movarounnahrning yagona hukmdoriga aylanadi. Shu tariqa, Vatanimizda davlat mustaqilligi qayta tiklanadi va yuksalib boradi. Buxoro - davlat poytaxti bo’lib qoladi. Ismoilning 893 yilda sharqdagi dashtlik qabilalarga qarshi qilgan muvaffaqiyatli yurishi, Tarozni egallab, katta o’lja va asirlar bilan qaytishi ham Somoniylar qudrati yuksakligidan yaqqol dalolat beradi. Ismoil Somoniy davlati qudratining o’sib borishidan cho’chigan, uni zaiflashtirishni va o’z ta’sirini qayta tiklashni ko’zlagan Bag’dod xalifasi Mu’tazid (892-902) Xurosondagi Safforiylar hukmdori Amr ibn Laysga (879-900) Xuroson bilan birga Movarounnahar ustidan hukm yuritish huquqi berilgani haqida farmon chiqaradi va uni Ismoilga qarshi gij-gijlaydi. Bu esa 900 yilda ikkala davlat o’rtasida katta urushga sabab bo’ladi. Urush natijasi esa Somoniylar foydasiga hal bo’lib, buning oqibatida Xuroson erlari Somoniylar qo’l ostiga o’tadi. Shu tariqa xalq xalifalik istebdodidan xalos bo’ldi. Ismoil Somoniy bu hududda kechgan uzoq yillik milliy davlatchilik tajribasiga tayanib, markaziy davlat boshqaruvi tizimini va shunga muvofiq keladigan mahalliy idora organlarini vujudga keltiradi. Bu tizim Ahmad ibn ismoil (907-914), Nasr ibn Ahmad (914-943), Nuh ibn Nasr (943-954) davrida ham takomillashib boradi.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin