2. Qoraxoniylar Ettisuv, Sharqiy Turkiston o’lkalarida IX asr ikkinchi yarmida turli turkey qavmlar, elatlarning o’zaro birikuvi natijasida va qo’shiluvi davomida Qoraxoniylar davlati tashkil topdi. Mazkur davlatga asos solgan siymo Abdulkarim Sotuq Bug’roxon (859-955) yag’molar qavmiga mansub bo’lgan. Bu davlat hukmdorlari «arslonxon» yoki «qoraxon» unvonlari Qoraxon so’zining lug’aviy ma’nosi esa turkiy qabilalarda «ulug’», «buyuk» degan tushunchalarni anglatgan. Qoraxon «Tamg’achxon» ham deb yuritilgan. Bu davlatning qudrati yuksalib, u tez orada katta hududlarni o’z qo’l ostiga kirita boradi. Uning poytaxti Sharqiy Turkistonning Bolasog’un shahri bo’lgan. Abdulkarim Bug’roxon vafotidan keyin (955y) uning vorislari davrida Markaziy Tyan-Shan va Ettisuv o’lkalari egallanadi. Endilikda Qoraxoniylar Somoniylar hukmronlik qilayotgan Movarounnahr erlarini ham butunlay egallashga kirishadilar. Bu davrda Somoniylar davlati chuqur ichki ziddiyatlar, sinfiy ixtiloflar orqasida tanglik holatiga tushib qolgan edi. Bundan foydalangan Qoraxoniylar hukmdorlari - Hasan va Nasr Bug’roxonlar etakchiligidagi qo’shin Somoniylar qarshiligini qiyinchiliksiz engib, ikki bor (992 va 999 yillarda) Buxoroni egallaydi, somoniylar sulolasining so’nggi vakili Ismoil al Muntasir (1000-1005) hukmronligi barham topdi. Oqibatda butun Movarounnahr hududlari Qoraxoniylar tasarrufiga o’tadi. Shu tariqa, Qoraxoniylar hukmronligi katta hududlarga yoyiladi.
XI asr o’rtalariga kelib Qoraxoniylar hokimiyati 2 ga bo’linib ketdi:
Markazi Samarqand bo’lgan, Movarounnahrning katta hududlarini o’zida jam etgan G’arbiy xonlik.
Markaziy bolasog’un bo’lgan Talas, Isfijob, Shosh (Toshkent), Sharqiy Farg’ona, Ettisuv va Qoshg’ar erlarini tarkibiga olgan Sharqiy xonlik