O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə30/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

Sinov savollari
1. Qanday omillar fuqarolarimizda o’z ajdodlari, nasl-nasabi kimlar ekanligini bilish tuyg’ularini uyg’otadi?
2. Urug’ qanday birlik sanaladi?
3. Qabila deganda nimalarni tushunasiz?
4. Massagetlar kim, ular haqida tarixiy manbalarda qanday fikrlar bildirilgan?
5. Saklar kim, ular haqida tarixiy manbalarda qanday fikrlar bildirilgan?
6. Milodimizning VI-VII asrlarida O’rta Osiyoda sodir bo’lgan etnik jarayonlar haqida nimalarni bilasiz?
7. IX-XII asrlarda O’rta osiyolik tub aholi tarkibiga qanday etnik guruhlar kelib qo’shildi?
8. O’zbek xalqi qachon shakllandi?
9. XVI asrlarda O’rta Osiyoda yuz bergan etnik jarayonlar haqida so’zlang.
10. «O’zbek» atamasining paydo bo’lishini bilasizmi?


O’RTA ASRLAR DAVRI
IV BOB. EFTALIYLAR, TURK XOQONLIGI, ARABLAR
HUKMRONLIGI DAVRIDA O’RTA OSIYO
Tayanch so’z va iboralar: Kidariylar. Eftaliylar. Erga egalik qilish munosabatlari. Dehqon. Kadivarlar. Kashovarzlar. Mazdakchilik. Turk xoqonligi. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar. Madaniy hayot. Arab xalifaligi. Arablar istilosi. Soliq siyosati. Xalq qo’zg’olonlari. Muqanna. Islomning yoyilishi.
1. Eftaliylar davlatining vujudga kelishi. Eftaliylar davrida ijtimoiyiqtisodiy va madaniy hayot
Kidariylar. V asrning 20-yillarida O’rta osiyoga Sharqdan Sirdaryo va orol bo’ylari orqali yana bir ko’chmanchi aholi – kidariylar ( yuechji yoki toxarlarning avlodi) kirib keladi. Kidar ismli hukmdor yo’lboshchilik qilgani uchun ular kidariylar nomi bilan tilga olinadi. Kidariylar Sug’diyonani, Amudaryo bo’ylaridagi erlarni egallab, o’z hukmronligini o’rnatadilar. Kidariylar Balx shahrini o’z davlatining poytaxtiga aylantiradilar. Biroq kidariylar hukmronligi uzoq davom etmadi. Kidariylar bilan sosoniylar o’rtasida ziddiyatlar kuchayib, ular o’rtasida bir necha marta qurolli to’qnashuvlar bo’lib bo’ladi. 456 yilda bo’lgan navbatdagi jangda kidariylar sosoniylardan qaqshatg’ich zarbaga uchradilar. Ayni payda shimoldan janubga siljib kelayotgan eftaliylar bosimiga uchrab, shimoliy Hindiston tomon chekinishga majbur bo’ldilar. Kidariylar u erda 75 yilcha hukmronlik qiladilar. Eftaliylar. Ularning etnik tarkibi, davlat tashkil etishlari xususida tarixiy manbalarda turli xil qarashlar mavjud. Rim va Vizantiya tarixchilari Martselin (IV asr), Prokopiy Kesariyskiy, Feofan Vizantiyskiy (VI asr), arman tarixchilari Lazar Parbskiy (V asr), Favst Buzand (IV asr), xitoy solnomalaridan Bey-shi (VI asr) bergan ma’lumotlar shular jumlasidandir. Masalan, eftaliylar Xitoy manbalarida «i-da», «ye-da», armanlarda «idal», «tetal», xeptal, arablarda «haytal», Suriya va lotin manbalarida «eptalit», «eftalat», «abdal» deb nomlanadi. Bunday turlicha atamalar har bir til va yozuvning o’ziga xos xususiyatlari ifodasidir, albatta. Rus va Vizantiya tarixchilarining aksariyati eftaliylarni turkiy qabila-massagetlarning so’nggi bo’g’inidan kelib chiqqan deb fikr bildiradilar. F.Vizantiyskiy eftallar nomini V asrning ikkinchi yarmida podshohlik qilgan Vaxshunvor Eftalon nomi bilan bog’laydi. Biroq nima bo’lganda ham shu narsa haqiqatki, eftaliylar Turkiston mintaqasida ko’pdan buyon yashab kelgan tub joy, erli qavmlardandir. Eftaliylar hukmdori Vaxshunvor Eftalon 457 yilda Chag’oniyon (hozirgi Surxon erlari), Toxariston va Badaxshonni o’ziga bo’ysundiradi. So’ngra eftaliylar Sug’dda ham mustahkamlanib oladi. Ular ko’p o’tmay o’z hududiy erlarini kengaytirishda davom etib, Qobul va Panjob vodiysini, shuningdek, Kuchu, Qoshg’ar va Xo’tonni (Sharqiy Turkiston) zabt etadilar. Xullas, ular avvalda Kushonlar saltanati egallagan hududlarni birin-ketin qo’lga kiritib, o’z siyosiy hokimiyatini ko’chaytirishga erishadilar. Ular tuzgan qudratli davlat O’rta Osiyodan tashqari Sharqiy Turkiston, Shimoliy Hindiston, Sharqiy Eron hududlariga ham yoyilgan edi. Eftaliylar davrining yirik madaniy markazlari Poykand Varaxsha Balx Davlat tepasida podsho turgan Shunday qilib: Eftaliylar O’rta Osiyo, Sharqiy Eron, Shimoliy Hindiston va Sharqiy Turkiston xalqlarini yagona davlatga birlashtirib, o’z o’tmishdoshlari(kushonlar) siyosatini davom ettirganlar. Eftaliylar bir necha bor o’zlarining eng kuchli raqibi Eron sosoniylari bilan ham urushlar olib boradilar. Xususan Eron shohi Pero’z bilan bo’lgan urushlarda ularning qo’li baland kelib, Eron hukmdori ikki bor asirlikka tushadi. Katta to’lov va majburiyatlar evaziga arang qutilgan Pero’z o’g’li Kubodni uzoq muddat eftaliylarga garovga berishga majbur bo’ladi. Pero’zning 484 yildagi uchinchi urushi sosoniylar shohining halokati bilan tugaydi. Eftaliylar Marvni egallaydi, Eron ustiga og’ir o’lpon yuklanadi. Pero’zdan so’ng hokimiyatga kelgan Kubod (488-531) davrida ham Eron eftaliylarga xiroj to’lashga majbur bo’lgan. VI asr boshlariga kelib Eftaliylar davlati shu qadar kuchayib ketadiki, ular 502-yilda Vizantiyaga ham yurish qilib unga katta talofat etkazadilar. 506 yilda ikki o’rtada tuzilgan sulx shartnomasi bo’yicha eftaliylar Vizantiyadan katta miqdorda o’lja olib qaytganlar. Kubodning o’g’li Xusrav I Anushirvon ham 554 yilga qadar eftaliylarga har yili xiroj to’lab turgan. Keyinroq Turk xoqonligining eftaliylarga bergan kuchli zarbasi natijasidagina Eron eftaliylar
ta’siridan qutilishga muvaffaq bo’lgan. Eftaliylar davrida davlat yakka hukmdor tomonidan boshqarilgan, biroq taxt otadan bolaga meros bo’lib qolmay, sulolaning eng loyiq deb topilgan kishisiga berilgan. Mamlakat hududlari markaziy hokimiyat noiblari orqali idora etilgan. Davlatni boshqarishning o’ziga xos qonun-qoidalari bo’lgan. Mamlakat lashkarini asosan otliq askarlar tashkil etgan. Er egaligi munosabatlari. Ilk o’rta asrlardayoq ijtimoiy-iqtisodiy hayotda muhim o’zgarishlar yuz berdi. Vohalarda yirik sug’orish inshootlari barpo etilib, yangi erlar o’zlashtirish ishlari kengayib bordi. Yangi erlarni o’zlashtirish ishlariga urug’ boshliqlari, qishloq oqsoqollari boshchilik qiladi. Shu boisdan ular o’zlashtirilgan erlarni katta qismini, sug’orish inshootlari yonidagi erlarni egallaydilar. Shu tariqa katta er egaligiga asoslangan mulkdorlar tabaqasi shakllanadi, ular bora-bora ziroatkor aholi ustidan xukmronlik qila boshlaydilar. O’sha zamonda ular dehqonlar deb atalgan. Dehqonlarning shaharlarda hashamatli uylari, qishloqlarda esa qo’rg’onlari bo’lib, xizmatkor-cho’rilarga qo’riqlovchi choparlarga ega bo’lgan. V asrda obikor erlarning asosiy qismi hali qishloq jamoalarining qaramog’ida edi. Qishloq jamoalarida yashab er va suvdan iborat umumiy mulkda o’ziga tegishli erlari bo’lgan erkin ziroatchilar kashovarzlar deyilar edi. Ularning bir qismi o’ziga tegishli erlaridan dehqonlar foydasiga mahrum bo’lib, bora-bora Kadivarlarga aylanib borganlar. Kadivarlar dehqonlar erida ijarador bo’lib ishlashga majbur bo’ladi, dehqonlarga qaram tabaqaga aylanib boradilar. Shu tariqa qishloq ahli uch tabaqaga bo’linadi.
􀂾 Eng asosiy o’zgarish – erga egalik qilish munosabatlarining vujudga kelishi
􀂾 Yirik mulkdorlar – dehqon xo’jaliklari salmog’ining kuchayishi
􀂾 Ularga qaram – ijarador – kadivarlar tabaqasining ortib borishi

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin