O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə44/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

5. Xorazmshohlar
Xorazm vohasi o’zining qulay strategik va jug’rofiy mavqei hamda qadimdan rivojlangan hudud bo’lganligidan, u Markaziy Osiyo mintaqasida turli davrlarda kechgan muhim tarixiy jarayonlarda alohida o’rin tutib, o’z muayyan ta’sirini o’tkazib borgan. Vatanimiz hududida miloddan avvalgi so’nggi ming yillik boshlaridagi ilk davlatchilik tuzilmalari ham shu hududda vujudga kelgan. Milodning turli bosqichlarida ham Xorazmshohlar sulolasi nomi bilan hukmronlik qilgan hukmdorlar xonadoni tarixdan ma’lum. Bular: 305-995 yillarda afrig’iylar xonadoni, 995-1017 yillarda ma’muniylar (Ma’mun I, Abdulhasan Ali, Ma’mun II), 1017-1034 yillarda esa Oltintoshiylar (Oltuntosh, Horun, Handon) sulolalari Xorazmshohlar unvoni bilan davlat boshqaruvini amalga oshirganlar. Biroq ming taassufki, XI asrning boshlarida yuz bergan tarixiy jarayonlar taqozosi bilan Xorazm davlati tanazzullikka uchrab, zaiflashib, mintaqaning boshqa sulolalari, chunonchi, avval boshda G’aznaviylar hukmronligi (1017-1044), undan so’ng Saljuqiylar boshqaruvi ta’siriga tushib qolgandi. Shuningdek, XI asrning 40 yillarida sharqdan bostirib kelgan ko’p sonli Qoraxitoylar ham Xorazm erlarini ishg’ol etib, bu hududlardan belgilangan miqdordagi xiroj to’lovlarini olish huquqini qo’lga kiritgandilar. Binobarin, XI asr ikkinchi yarmiga kelib Xorazm oldida yangidan mustaqillikka erishish vazifasi ko’ndalang bo’lib turardi. Bunda shuni ta’kidlash joizki, Xorazmning qaytadan mustaqillikni qo’lga kiritishi, hududiy jihatdan kengayib, butun-butun o’lkalarni o’z tarkibiga kiritib, qudratli saltanat darajasiga ko’tarilishi, so’ngra uning pirovardida inqirozga yo’liqishi - bu jarayonlar yangi sulola - Anushtaginlar sulolasi (1097-1231) nomi bilan uzviy bog’liqdir.
Xorazmshohlar (Anushtaginlar) sulolasi
􀂾 Anushtagin (1077-1097)
􀂾 Qutbiddin Muhammad (1097-1127)
􀂾 Jaloliddin Otsiz (1127-1156)
􀂾 Alp-Arslon (1156-1172)
􀂾 Alouddin Takash (1172-1200)
􀂾 Muhammad Xorazmshoh (1200-1221)
􀂾 Jaloliddin Manguberdi (1221-1231)
Xususan saljuqiy hukmdorlardan Malikshoh (1071-1092) davrida katta obro’ - martabaga erishgan harbiy lashkarboshi Alpteginning Xorazm hukmdori etib tayinlanishi (1077-1097) hamda ko’p o’tmay uning Xorazmshoh unvoniga sazovar bo’lishi – bu Xorazmning mustaqillikka erishishida jiddiy qadam bo’lgan edi. 1097 yilda uning o’rniga Xorazm taxtiga o’tirgan va Xorazmshoh unvoni sohibi Qutbiddin Muhammad o’lka mustaqilligini ta’minlashda muhim rol o’ynagan. Qutbiddin Muhammad ham Saljuqiylar hukmronligini tan olgan holda Xorazmni idora qildi. Biroq shunga qaramay o’lkaning har tomonlama rivojlanishi, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy yuksalishi uchun ham muhim imkoniyatlar topa bildi. Xorazm mustaqilligini ta’minlash, uning sarhadlarini kengaytirishda Qutbiddin Muhammadning o’g’li Jaloliddin Otsiz (1127-1156)ning roli alohidadir. Negaki, u Qoraxoniylar kuchsizligidan va Saljuqiylar zaifligidan foydalanib, o’z davlati qudratini yuksaltira bordi. Uning 1141 yilda oltin tangalar zarb ettirib muomalaga chiqarishi ham Xorazm mustaqilligining muhim belgisi bo’lgan. U Qoraxitoylar bilan kelishib, ularga har yili 30 ming dirxam miqdorda to’lov to’lash sharti bilan amalda o’z davlatining ichki mustaqilligini ta’minlaydi. Xorazmning mustaqil davlat sifatidagi ravnaqi, hududlarining benihoya kengayib borishida Alovuddin Takashning o’rni va roli katta bo’lgan. Uning hukmronlik davrida (1172-1200) Xorazm vohasida katta ijobiy o’zgarishlar yuz berdi. Yangidan qad rostlagan o’nlab shaharlarning obodonlashuvidan tashqari ularning savdo-sotiq, hunarmandchilik, karvon savdosi bobidagi dovrug’i yanada ortdi, qishloq xo’jaligi, ziroatchilik tarmoqlari rivojlandi, ko’plab kanallar, suv inshootlari barpo etildi. Bunday ijobiy jarayonlar Alouddin Muhammad Xorazmshoh (1200-1220) davrida ham davom ettirildi. Ayni zamonda o’ziga xos markaziy va mahalliy davlat boshqaruvi tizimi vujudga keltirilib, takomillashtirib borildi. Bu esa mamlakatning ijtimoiy-siyosiy hayotini mustahkamlash, uning ichki taraqqiyotini ta’minlash hamda izchil tashqi siyosat olib borishda muhim ahamiyatga ega bo’ldi. Anushteginlarning davlat boshqaruvi ham ikki tizimdan: dargoh va devonlar majmuidan iborat bo’lgan. Dargohda Ulug’ xojib mansabi alohida o’rin tutgan. U hukmdorning xos kishisi sanalib, lozim bo’lgan hollarda vazirlar faoliyatini ham nazorat qilgan. Xojiblar hukmdor nomidan muhim davlat ahamiyatiga daxldor masalalarda muzokaralar olib borganlar. Dargohdagi yana bir oliy lavozim Sohibi ustozdor hisoblangan. Xazina mablag’larining butun tasarrufi uning ixtiyorida bo’lgan. Dargoh hayotiga oid ko’plab muhim masalalar ustozdor nazarida turgan. Davlatdagi Tashtdor lavozimi ham muhim sanalib, u sultonning eng sirdosh kishisi hisoblangan. Tashtdor hukmdor mahfiy sirlaridan ogoh bo’lib, doimo u bilan bahamjihat holda faoliyat yuritgan. Oliy lavozimlardan yana biri -Qissador bo’lib, u Sulton nomiga kelgan arz, shikoyatlarni yig’ib, o’rganib, ularni hukmdor hukmiga havola qilib borgan. Dargohdagi xizmat turlari ichida Chashnigir - sultonga beriladigan ovqat, ichimliklarni tekshiruvchi, Jomador, Davatdor (kotib), Sharobdor, Bayroqdor (amiri alam), xizmatkorlar boshlig’I (Maliki xavas) kabi vazifalar ham alohida ko’zga tashlanib turadi. Ijroiya ishlar devonlar (vazirliklar) tomonidan amalga oshirilgan. Ayniqsa bunda Bosh vazir katta mavqega ega bo’lib, u faqat hukmdorga bo’ysungan. Mansabdorlarni ishdan olish, ishga tayinlash, maosh, nafaqa tayinlash, xazina va soliq tizimini nazorat qilish, mahalliy vazirlar hisobotini olish va shu kabilar uning vakolatida bo’lgan1 . Devonlar ham o’z vakolatlari doirasida faoliyat yuritganlar. Masalan, insho yoki tug’ro devoni rasmiy hujjatlar, yozishmalarni tuzish bilan shug’ullangan. Shuningdek, moliya ishlari bilan istifo devoni, davlat nazorati tadbirlari bilan ishrof devoni, harbiy ishlar bilan Devoni arz yoki Jaysh shug’ullangan. Sulton xonodoni hayotiga, iqtisodiyotiga tegishli yana bir muhim devon mavjud bo’lib, u Devoni xos nomi bilan atalgan. So’nggi Xorazmshohlar davrida harbiy sohaga alohida ahamiyat berilgan. Bunda bir necha yuz minglik qo’shindan tashqari oliy hukmdorning maxsus shaxsiy gvardiyasi (Haros) katta mavqega ega bo’lgan. Sulton Muhammadning shaxsiy gvardiyasi 10 ming nafar kishidan tashkil topgan. Harbiy qismlarda Harbiy nazoratchi, sipohsalor, sohibi jaysh (viloyat qo’shini boshlig’i), Amir ul-umaro, Malik (10 ming qo’shin boshlig’i), Chovush (chopar), Josus (razvedkachi), Askar qozisi kabi mansablar ham mavjud bo’lgan. Takash va Muhammad Xorazmshohlarning katta qo’shin tuzib boshqa mamlakatlar, ellarni bosib olish, ularni o’z tasarruflariga kiritish borasida olib borgan ko’p yillik istilochilik yurishlari, bir tomondan, Xorazmshohlar saltanati shuhratini oshirib, uning hududlarini benihoya kengaytirishga olib kelgan bo’lsa, ikkinchi tomondan esa, bu hol pirovard oqibatda bu davlatning chuqur ichki tushkunlikka, tanazzullikka yo’liqishiga ham sabab bo’ldi. Jumladan, Takash o’zining XII asrning 80-90 yillardagi istilochilik yurishlari davomida Saraxs, Nishopur, Rey, Marv kabi muhim shaharlarni ishg’ol etgan. Takash vafotidan so’ng davlat hukmdori bo’lgan Alouddin Muhammad Xorazmshoh davrida ham mamlakat hududlari kengayishda davom etadi. Bu vaqtga kelib Xorazmshohlar davlati hududlari g’arbiy-janubga qarab Xormuz, Fors qo’ltig’i, Iroq erlariga qadar yoyiladi. Uning tarkibiga 400 dan ziyod shaharlar kirardi. Xorazmshoh Bag’dod xalifaligini qo’lga kiritish uchun ham intilgan. Bu esa butun musulmon olamining unga nisbatan qahru-g’azabiga sabab bo’lgan. Muhammad Xorazmshoh 1211 yilda qoraxitoylarni uzil-kesil quvib, Xorazm dovrug’ini ko’targanidan so’ng, u o’ziga ortiqcha bino qo’yib, o’zini “Iskandari Soniy”, “Allohning erdagi soyasi” deb ulug’lashni buyuradi. Garchand Xorazmshoh qanchalik o’zini ko’klarga ko’tarmasin yoxud bosqinchilik urushlari olib bormasin, biroq bundan mamlakatning chuqur ichki ziddiyatlar va tanazzulliklarga duchor bo’lganligini qayd etmasdan bo’lmaydi. Shohning katta qo’shin tuzib, to’xtovsiz olib borgan besamar urushlari, buning asoratli oqibatlari, eng avvalo, mamlakat xalqining tinkasini quritayozgandi. Buning ustiga mahalliy hokimlar, bek-amaldorlarning o’zboshimchalik bilan xalq boshiga solayotgan behad jabr-zulmi, bunga javoban yuz berayotgan xalq g’alayonlari (masalan, 1206-1207 yillarda Buxoroda, 1212 yilda Samarqandda ko’tarilgan qo’zg’olonlar) saltanatning ichdan emirilishiga sabab bo’lmoqda edi. So’ngra oliy hokimiyat ichidagi kuchli muxolifatchilik harakati, xususan, Xorazmshoh bilan uning onasi Turkon Xotun tarafdorlari o’rtasidagi ochiqoshkor tarzdagi siyosiy kurash ham Xorazm davlatining beqarorlik holatini yaqqol ko’rsatardi. Qo’shni Xorazmshohlar davlatida kechayotgan bu xildagi chuqur tanazzullik holatlaridan to’la xabardor bo’lgan, undagi barcha jarayonlarni o’zining maxsus josuslik mahkamasi orqali sinchkovlik bilan kuzatib turgan Sharqdagi boshqa bir qudratli mo’g’ul davlati hukmdori Chingizxon esa katta harbiy tayyorgarlik ko’rib, tez orada Movarounnahr sarhadlari tomon istilochilik urushlarini boshlashga chog’lanayotgandi. Darhaqiqat, XIII asrning birinchi choragida amalga oshirilgan mo’g’ultatar galalarining shafqatsiz bosqini nafaqat Xorazmshohlar davlati tarixida, balki shu bilan birga unda yashagan barcha ulug’ ajdodlarimiz qismatida ham mislsiz fojia bo’ldi.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin