RAIYAT Tuz solig’I Jon va kumush solig’I ZIROATCHI Kalon (Hiroj) hosilning 1/10 qismi Qopchur har 100 bosh chorvadan bir bosh mol CHORVADOR Shulen har bir podadan ikki yashar qo’y va 1000 bosh otdan bir bosh biya HUNARMAND Targ’u ishlab chiqarilgan yoki sotilgan molning 1/30 ulushi SAVDOGAR Boj 1/40 ulushi Bundan tashqari aholi turli-tuman to’lovlar berishga majbur etilgan. Masalan, aholi savdo yo’llaridagi bekatlar (yomlar) uchun go’sht, un, guruch, ot-ulov berishga ham majbur etilgan. Bosib olingan mamlakat hunarmandlari «din tugun» deb atalgan maxsus o’lpon to’lab turganlar. Mo’g’ullarning Movarounnahr hududini bosib olib, shib-shiydom etib, talon-taroj qilishi, so’ngra mahalliy aholini haddan ziyod soliq, o’lpon va to’lovlar yo’li bilan zulmasoratga duchor etishi, pirovard oqibatda xalqning ko’tarilishiga, o’z erki, mustaqilligi uchun qalqishiga sabab bo’ladi. 1238 yilda Buxoro yaqinidagi Torob qishlog’ida boshlangan oddiy g’alvir yasovchi hunarmand Mahmud Torobiy boshchiligidagi xalq qo’zg’oloni shu tariqa yuz bergan edi. Kelgindi mo’g’ul zodagonlarining mahalliy yuqori tabaqa vakillari bilan til biriktirib, bechorahol xalqni talab, boylik orttirayotganligi, shohona ayshu ishrat qurayotganligi, oddiy fuqaroning turmushi tobora nochorlashib Chig’atoy ulusi soliq tizimiboryotganligi Mahmud va uning maslakdoshlarini g’azabga keltiradi va qo’lga qurol olib mo’g’ullar zulmini ag’darib tashlash uchun kurashga undaydi. Uning tevaragiga mingminglab alamzada oddiy mehnat kishilari to’planishadi. Buxoro atrofidagi qishloqlar aholisi bilan ko’payib borgan qo’zg’olonchilar Buxoroga kelib, mo’g’ul amaldorlarini, shuningdek, mahalliy zodagonlar, sadrlarni engib, shaharni egallaydilar. Buxoro sadrlari Mahmud Torobiy hokimiyatini tan olib, uni xalifa deb e’lon qilishga majbur bo’ladilar. Mahmud Torobiy Buxoroni egallagach, hukmron kuchlar hokimiyatini cheklaydi va oddiy xalq manfaatlarini ko’zlaydigan bir qator tadbirlar o’tkazadi. Qo’zg’olonchilar zarbidan Karmanaga qochgan mo’g’ul bosqoqlari va mahalliy amaldorlar qo’zg’olonni bostirish uchun yangidan katta kuch to’playdilar va Buxoroga yurish boshlaydilar. Ammo bu davrga kelib katta kuchga aylangan qo’zg’olonchilarning qo’li baland keladi. 10 mingdan ziyod mo’g’ul askarlari qirib tashlanadi. Qo’zg’olonchilar mo’g’ullar Karmanagacha quvib boradilar. Biroq, mana shu hal qiluvchi olishuvda qo’zg’olon rahnamolari - Mahmud Torobiy va Shamsiddin Mahbubiylar halok bo’ladi. Tez orada qo’zg’olonga qarshi yuborilgan Eldiz No’yon va Chekan Qurchi boshchiligidagi mo’g’ul qo’shinlari Karmani yaqinidagi Malik rabotida qo’zg’olonni bostiradi. Bu jangu jadal to’qnashuvda 20 mingdan ziyod qo’zg’olonchilar halok bo’ladi. Garchi bu xalq qo’zg’oloni mag’lub etilsa-da, biroq u Movarounnahr erksevar xalqining ozodlik va mustaqillik yo’lidagi mardonavor kurashi, qat’iyatini to’la namoyon etdi. Ayni chog’da Torobiy qo’zg’oloni mo’g’ul hukmdorlariga mahalliy xalq bilan munosabatlarini qayta ko’rib chiqish, siyosiy va taktik yo’llarni o’zgartirish uchun muhim saboq bo’ldi. Mahalliy xalq orasida ancha obro’sizlanib qolgan Mahmud Yalavochning mo’g’ul hukmdorlari tomonidan Movarounnahrdan olinib, Pekinga hokim etib tayinlanishi, uning o’rni katta o’g’li Mas’udbekka berilishi ham qo’zg’olonning muhim saboqlaridan biri bo’ldi. Mas’udbek (1238-1289 yy)bir tomondan, hukmron mo’g’ul xonlari, aslzodalari bilan umumiy til topishga harakat etib, ularning manfaatlari, qiziqishlariga mos keladigan siyosat yurgizgan bo’lsa, ikkinchi tomondan mo’g’ul xonlari o’rtasidagi toju-taxt, hukmronlik uchun yuz bergan o’zaro ixtiloflardan ustalik bilan foydalanib, o’lkada savdosotiqni jonlantirish, iqtisodiy tadbirlarni amalga oshirishga intildi.