O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I


og’ishmalar»), «Risola fi-l-xilof va-l-jadal» («Hadislardagi ixtilof va baxslar haqida risola»), «At-tarix» («Tarix»)



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə48/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

og’ishmalar»), «Risola fi-l-xilof va-l-jadal» («Hadislardagi ixtilof va baxslar haqida risola»), «At-tarix» («Tarix») kabilarni nisbat berish mumkin. Biz tilga olayotgan tarixiy davrning yana bir muhim jihati shundaki, bunda islom dini va uning asosiy tamoyillarini har tomonlama chuqur tadqiq etish hamda rivojlantirishga o’z hissasini qo’shgan, tasavvuf va tariqat ilmida benazir bo’lgan vatandosh allomalarimiz faoliyatiga ham bir nazar tashlab o’tmog’imiz joiz bo’ladi. Avvalo, tasavvuf – bu odamlarni halollikka, poklikka undovchi barcha musulmonlarning o’z halol mehnati bilan kun ko’rishini, boshqalar kuchidan foydalanmaslikni, ijtimoiy adolat qoidalariga rioya etishni targ’ib etuvchi ta’limotdir. Ulug’ ajdodlarimiz – Xoja Ahmad Yassaviy, Abduholiq G’ijdivoniy, Najmiddin Kubro, Bahouddin Naqshband, Xoja Ahror Valiylar ana shu ruhdagi g’oyalarni ilgari surgan edilar. Zero, «Yassaviya», «Kubraviya», «Naqshbandiya» tariqatlarida insonlar Alloh yo’lida, haq yo’lida tinimsiz toat-ibodat, tavba-tazarru qilish barobarida ularning peshona terisini to’kib, halolu pok mehnat qilish, doimiy sa’y-harakatlarda bo’lishlari kerakligi urg’ulanadi. Jumladan, «Yassaviya» ta’limotida poklik, halollik, to’g’rilik, mehr-shafqat, o’z qo’l kuchi, halol mehnati bilan hayot kechirish, Alloh visoliga etishish yo’lida insonni botinan va zohiran har tomonlama takomillashtirish kabi ilg’or umuminsoniy qadriyatlarning ifodalanganini ko’ramiz. Bu hol boshqa islomiy ta’limotlar uchun ham birdek xosdir.
Sinov savollari
1. Xalifalikning Xuroson va Movarounnahrdagi hukmronligining tugatilishiga, sizningcha, qanday omillar sabab bo’lgan?
2. Ismoil Somoniyning davlat boshqaruvi sohasida amalga oshirgan islohoti qanday maqsadlarni ko’zda tutgan edi?
3. Somoniylar sulolasi inqirozining asosiy sabablarini nimalarda, deb o’ylaysiz?
4. Qoraxoniylar davlatining yuzaga kelishi jarayoni qanday tarixiy sharoitda kechdi?
5. Qoraxoniylar hukmronligi davrida mintaqa xalqlarining turmush tarzi, etnik tarkibida qanday o’zgarishlar ro’y berdi?
6. G’aznaviylar sulolasining tez yuksalib, tez inqirozga yuz tutganligi sabablarini tushuntirib bering.
7. Saljuqiylar sulolasining vujudga kelishi va hududiy joylashuvi haqida nimalarni bilasiz?
8. Malikshoh davrida qanday muhim o’zgarishlar yuz berdi?
9. Saljuqiylar saltanati inqirozining asosiy sabablarini tushuntirib bering.
10. XI asrdan boshlab Xorazmning yangidan mustaqillikka erishuvi va yuksalib borishiga turtki bergan omillar nimalar bo’lgan?
11. Xorazmshohlar saltanatidagi davlat boshqaruvi tizimi haqidagi tushunchalaringiz?
12. Xorazm davlatidagi ichki ziddiyatlar, muxolifatchilik holatlarining kuchayib borishi qanday oqibatlarga sabab bo’ldi?
13. IX-XII asrlarda yurtimizda moddiy va ma’naviy madaniyatning yuksalishiga qanday tarixiy shart-sharoitlar va omillar ta’sir ko’rsatgan?
14. Bizning zaminimizda ilm-fanning qaysi muhim yo’nalishlarining tamal toshi qo’yilgan?
15. Jahon fani va tsivilizatsiyasi ravnaqiga salmoqli hissa qo’shgan O’rta osiyolik allomalarni tilga oling.
16. Turkiy (eski o’zbek) adabiyot rivojiga hissa qo’shgan buyuk adiblar ijodi to’g’risida nimalarni bilasiz?
17. IX-XII asrlar badiiy adabiyotida fors-tojik adiblarining tutgan o’rni qanday?
18. Imom Buxoriy va Imom at-Termiziylarning hadis ilmini rivojldantirishdagi xizmatlarini gapirib bering.
19. Tasavvuf ta’limoti haqida siz nimalarni bilasiz?



Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin