Husayn Boyqaro davrida qurilgan 300 dan ziyod noyob inshootlar: masjidu madrasalar, maqabarayu shifoxonalar, rabotu karvonsaroylar, suv havzalari, ko’priklar v.b.
Xurosonning obod o’lka sifatida gullab-yashnashi ham Temuriylar davriga to’g’ri keladi. Shohruh Mirzo va uning vorislari tomonidan barpo etilgan 150 dan ziyod mashhur obidalar, jumladan, «Bog’i Zog’on», «Bog’i jahon» qal’a maskanlari, «Gavharshodbegim» madrasasi, Boysunqur «Nigoristoni» (Badiiy akademiyasi), yoxud Husayn Boyqaro davrida (1469-1506) uning do’sti, she’riyat mulkining sultoni Alisher Navoiy rahnamoligida Hirot va uning atrofida qurilgan 300 dan ziyod noyob bino va inshootlar: masjid, madrasa, maqbara, xonaqoh, hammomu shifoxonalar, saroylar, istirohat bog’lari, rabotu karvonsaroylar, suv havzalari, ko’prik, korizlar-bular hammasi Temuriylar zamonasi madaniy yuksalishining ishonchli tasdig’idir. Ilm-fan ravnaqiTemuriylar ma’naviy madaniyati to’g’risida gap borganda, dastavval, ona yurtimizda Uyg’onishi davrining ikkinchi bosqichi bo’lgan bu oltin asrda ilm-fanning nechog’lik ravnaq topganligi hamda uning jahon ilmu urfoni taraqqiyotiga qo’shgan bebaho hissasi haqida har qancha g’ururlansak arziydi.
Mirzo Ulug’bek qalamiga mansub asarlar:
«Ziji Ko’ragoniy». Bu asarda 1018 ta yulduzning o’rni, holati aniqlangan. Jahondagi 683 ta geografik joylarning Samarqand kengligiga nisbatan koordinatlari belgilangan.