O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə61/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

Sinov savollari
1. Amir Temur shaxsini ta’riflab bering.
2. Amir Temur qanday vaziyatda siyosiy kurash maydoniga kirib keldi?
3. Amir Temurning buyuk tarixiy xizmatlari nimada?
4. Amir Temur davrida shakllangan markaziy davlat boshqaruvi tizimi qanday tamoyillarga asoslangan edi?
5. Amir Temurning xorijiy ellarga uyushtirgan harbiy yurishlardan ko’zlagan maqsadlari nimalardan iborat bo’lgan?
6. Temuriylar davrida hukm surgan soliq tizimi haqida tushuncha bering.
7. Amir Temurni harbiy sarkarda sifatida ta’riflab bering.
8. Uning yuksak diplomatik mahoratining sir-asrori nimada?
9. Mirzo Ulug’bek shaxsi to’g’risida nimalar deya olasiz?
10. Mirzo Ulug’bek amalga oshirgan ichki davlat siyosatining muhim jihatlari nimada?
11.Temuriylar sulolasi inqirozining asosiy sabablarini gapirib bering.
12. Husayn Boyqaro davrida Xuroson davlatining iqtisodiy va madaniy yuksalishining muhim omillarini tushuntirib bering.
13.Qanday omillar Amir Temur va temuriylar davri moddiy va ma’naviy madaniyatining ravnaqini ta’minlagan?
14.Temuriylar davrida bunyod etilgan moddiy madaniyat namunalari qatoriga nimalarni kiritish mumkin?
15. Movarounnahrda ilm-fan ravnaqini ta’minlagan omillar to’g’risida so’zlab bering.
16. Ulug’bek akademiyasining yutug’i va yuksak shuhratini asoslab bering. 17.Temuriylar davrida tarixshunoslik fani erishgan muhim yutuqlar to’g’risida ma’lumot bering.
18.Temuriylar davridagi xattotlik, tasviriy va musiqa san’ati ravnaqi to’g’risida nimalarni bilasiz?
19. Alisher Navoiy shaxsini ta’riflab bering.
20. Navoiy o’zbek mumtoz adabiyotining asoschisi ekanligini isbotlab bering.


VIII BOB. TURKISTONNING XONLIKLARGA BO’LINIB KETISHI VA
UNING OQIBATLARI
Tayanch so’z va iboralar: Dashti Qipchoq. Shaboniylar. Xiva xonligi. o’ng’irotlar. Buxoro xonligi. Abdullaxon II. Ashtarxoniylar. Buxoro amirligi. Mang’itlar. Qo’qon xonligi. Minglar. Toshkent bekligi. Davlat boshqaruvi. Davlat lavozimlari. O’zaro va ichki kurash. Qoloqlik sabablari.

1. Turkistonning uch xonlikka bo’linishi


Vatanimiz tarixi o’zbek davlatchiligi taraqqiyoti bir tekisda o’tmaganligi, uning rivojida zafarli va inqirozli davrlar bo’lganidan guvohlik beradi. Sohibqiron Amir Temur asos solgan saltanat eng yirik va qudratli davlat bo’lganligi jahonga ma’lum. U o’z vorislariga nafaqat qudratli davlatni, shuningdek, saltanat qurish va davlatni boshqarish qonun-qoidalari bayon etilgan mashhur tuzuklarni qoldirgan edi. «... Farzandlarim va avlodimdan bo’lganlarning har biri,- deb yozgan edi u o’zining tuzuklarida,- unga muvofiq ish yuritsin... Bu tuzuklardan o’z saltanat ishlarini boshqarishda qo’llanma sifatida foydalangaylar, toki mendan ularga etadigan davlat va saltanat zararu tanazzuldan omon bo’lg’ay»1. Ammo uning dasturi va vasiyatlariga amal qilinmadi. Taxt, hokimiyat ilinjida avj olgan o’zaro va ichki kurash, jangu jadallar davlatni zaiflashtirib, mamlakatni inqirozga va parokandalikka olib keldi. Buxoro xonligi XVI asr boshlarida zaiflashib borayotgan temuriylar saltanatiga Dashti Qipchoq tomondan ko’chmanchi o’zbeklar davlati hukmdori Muhammad Shohbaxt Shayboniy hujumi boshlandi. Shayboniyxon 1500-1501 yillarda Samarqand va Buxoroni, 1504 yilda Hisor viloyatini, 1504-1505 yillarda Urganchni, 1506-1507 yillarda Xuroson poytaxti Hirot hamda Balxni, shuningdek, Marv, Astrobod va Nishopur shaharlarini zabt etdi. Toshkent, Farg’ona, Sirdaryo va Xorazm erlari Afg’onistonning Qandahor, Zamindovur viloyatlari egallandi va Muhammad Shayboniyxonga qaram bo’lib qoldi. Shayboniyxonning Xurosondaligidan foydalangan qozoq sultonlari Movarounnahrga bir necha marta bostirib kirib, uni talon-taroj qiladilar. 1506-1509 yillarda Shayboniyxon Xurosondan qaytib kelib, qozoq sultonlariga zarba beradi va Dashti Qipchoq ichkarisiga quvib boradi. Bu yurishlar natijasida Sig’noq, Yassi, Sabron shaharlari qayta qo’lga kiritiladi. Shunday qilib, Movarounnahr va Xuroson birlashtirildi va Shayboniylar sulolasi hukmronligi qaror topdi. Muhammad Shayboniyxon «Imom uz-zamon, xalifat ur-rahmon» unvonini olib o’z qo’lida dunyoviy va diniy hokimiyatni birlashtirdi. Shayboniyxon janubda Eronning ichki viloyatlariga yurish qiladi. Mashhad va Tus
shaharlarini egallab orqaga qaytadi. Eron shohi Ismoil Safoviy katta qo’shin bilan etib keladi. Shayboniyxon Movarounnahrdan yordamchi qo’shinlar kelishini kutmasdan jangga kirishga majbur bo’ladi. 1510 yilda Marv yaqinida bo’lgan jangda Shayboniyxon qo’shinlari engiladi, xonning o’zi ham halok bo’ladi. Taxtga Shayboniyxonning amakisi, Mirzo Ulug’bekning qizi Robiya Sulton begimning o’g’li Ko’chkunchixon (1510-1530) chiqdi. Biroq shayboniy sultonlar, beklar jipslashib Ismoilshohga qarshi kurashish o’rniga Shayboniyxon tirikligidayoq suyurg’al sifatida taqsimlab berilgan viloyatlar va erlarga egalik qilish bilan o’ralashib qoldilar, ular o’rtasida o’zaro kelishmovchilik, ziddiyatlar avj oldi. Bundan foydalangan Ismoilshoh tez orada Xuroson va Xorazm o’lkalarini, Shimoliy Afg’onistonni bosib oldi. Poytaxti Samarqand bo’lgan Movarounnahrda esa shayboniylar xukmronligi saqlanib qoldi. Movarounnahrda 100 yilgacha davom etgan Shayboniylar davrida ham tinchlik bo’lmadi, qirg’inborot urushlar, o’zaro ichki kurashlar davom etdi. 1512 yildan boshlab Buxoro viloyati noibi bo’lib kelgan Ubaydullo sulton 1533 yilda Shayboniylar davlatining Oliy hukmdori etib ko’tarildi.Ubaydulla sulton Samarkanddagi Ko’chkunchixon avlodlari karshiligi sababli oliy hokimiyatni Buxoroda turib boshqaradi va Buxoroni davlat poytaxti deb e’lon qiladi. Shayboniy Ubaydullaxon (1533-1539) davrida Buxoroning mavqei ham siyosiy, ham iqtisodiy jihatdan kuchaydi. Ammo tarqoqlik davom etardi, Movarounnahr XVI asr o’rtalarida ham mustaqil hokimliklardan iborat edi. Buxoroda Abdulazizxon, Samarqandda Abdulatifxon hukmdor edilar. Tarqoqlikka barham berish, mamlakatni birlashtirish dolzarb bo’lib turgan bir paytda Abdulla sulton maydonga chiqdi, uni katta mavqega ega bo’lgan juybar shayxlari qo’llab-quvvatladi. Abdullaxon II Buxoro taxtini egallaydi. Abdullaxon II (1557-1561 yillarda amakisi Pirmuhammad, 1561-1583 yillarda otasi Iskandarxon oliy xukmdor deb e’lon kilingan bo’lsada, amalda xukmdor Abdullaxon II edi). 1557 yilda Buxoroni davlat poytaxti, mamlakatning siyosiy-ma’muriy markaziga aylantiradi. Shu boisdan davlatning o’zi ham Buxoro xonligi deb ataladigan bo’ldi.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin