3. Amir Temur va Temuriylar davri madaniyati Moddiy madaniyat Amir Temur va uning avlodlari hukm surgan tarixiy davrni nazardan o’tkazar ekanmiz, bunda ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotning yuksak marralari sari ko’tarilgan Movarounnahr va Xurosonning butun yorqin manzarasi ko’z o’ngimizda namoyon bo’ladi. Markaziy Osiyo xalqlari tsivilizatsiyasi va madaniyati ravnaqining yuqori cho’qqisi hisoblangan Temuriylar davri nafaqat shu mintaqa doirasida, balki umumjahon miqyosida ham o’ziga xos yuksak bosqich bo’ldi. Uning qudratli aks sadosi asrlar osha minnatdor avlodlar dili va tafakkurini hamon nurlantirib kelmoqda. Ona tariximizning mana shu muhim bosqichida halq dahosi, qudrati bilan betimsol moddiy va ma’naviy madaniyat namunalari, mislsiz asori atiqalaru monumental me’moriy obidalar bunyod etildi. Ilm-fan yuksaldi. Bunday yuksalish Amir Temur va uning avlodlarining ilm-fan, ma’rifat ravnaqiga alohida rag’bat, katta sa’y-harakat bog’laganliklari natijasi bo’ldi. Xususan, Amir Temur siymosiga to’xtaladigan bo’lsak, uning o’zi yuksak ma’rifatparvar hukmdor sifatida xalq ichidan chiqqan qanchadan-qancha noyob iste’dodlar, ilmu urfon va din ahllari, me’moru hunarmandlarni parvarishlab o’stirish barobarida mamlakat obodonligi, ravnaqi uchun ham doimiy harakatda, izlanishda bo’ldi. Uning davrida Samarqand va yurtning boshqa hududlarida qad rostlagan serhasham saroylar, bog’-rog’lar, masjidu madrasalar, ravotu karvonsaroylar, ko’priklar, suv havzalari va boshqa inshootlar Sohibqiron salohiyati va faoliyatining nechog’lik ko’p qirraliligiga dalolatdir.
Amir Temur va Temuriylar davrida bunyod etilgan me’moriy obidalar va bog’lar Samarqandda: