O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I


Ulug’bek akademiyasi olimlari ijodidan namunalar Ali Qushchi asarlari



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə60/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

Ulug’bek akademiyasi olimlari ijodidan namunalar Ali Qushchi asarlari:

  • «Risola dor ilmi hisob»

  • «Risolai qusur»

  • «Risola dar handasa»

  • «Risola dar falakiyot»

  • «Risola dar ilmi hay’yat»

  • «Risolai mantiq»

Bu davrning yana bir muhim yutug’i-bu ijtimoiy fanlar, xususan, tarixshunoslik sohasida katta tadqiqotlarning yaratilganligidir. Bu xayrli ishlarning yuzaga chiqishida ham temuriy hukmdorlar tashabbusi va rahnamoligi beqiyos bo’lgan. Jumladan, Amir Temurning «Tuzuklari», Mirzo Ulug’bekning «To’rt ulus tarixi», Bobur Mirzoning «Boburnoma»si ijtimoiy fanlar rivojiga ayricha ta’sir ko’rsatganligi shubhasizdir. Temuriylar davrida salmoqli iz qoldirgan alloma olimlardan Nizomiddin Shomiy va Sharafiddin Yazdiyning «Zafarnoma», Xofizu Abruning «Zubdat at-tavorix», Abdurazzoq Samarqandiyning «Matla ul-sa’dain» va «Majma’ ul-bahrayn» («Ikki saodatli yulduzning chiqish o’rni va ikki azim daryoning quyilish joyi»), Ibn Arabshohning «Amir Temur tarixi», Mirxondning etti jildli «Ravzat ul-safo» («Poklik bog’i»), Xondamirning «Makorimul axloq» («Yaxshi fazilatlar»), «Xabibus siyarfi axboru afodul bashar» («Xabarlar va bashariyat odamlaridan dilga yaqin siyratlari») asarlari o’sha zamon tarixshunoslik ilmining yuksaklik darajasini o’zida ifoda etadi. Ularning har birida nafaqat u yoki bu hukmdorlarning davlat siyosati yohud harbiy yurishlari yohud shaxsiyatlariga oid ma’lumotlar aks etib qolmay, balki shu bilan birga o’sha davrning barcha murakkab, ziddiyatli jarayonlari, tarixiy voqealar, hodisalar silsilasi ham ishonarli tarzda yoritilganligi ayon bo’ladi. Temuriylar davrida xattotlik, tasviriy san’at va musiqa madaniyati rivoj topdi. Bu sohada Mirali Tabriziy, Shayx Muhammad, Junaid Naqqosh, Temuriylar davri xattotligi va naqqoshligi maktabi atoqli vakillari: Sultonali Mashhadiy, Abdujamil Kotib, Darvesh Muhammad Toqiy, Mirali Qilqalam, Sulton Muhammad Nur va boshqalarning ijodi benazirdir. Masalan, nastalik xatining mislsiz ustozi, «Qiblat ulkuttab» (Kotiblar peshvosi) unvoni sohibi Sultonali Mashhadiy A.Navoiy va H.Boyqaroning ko’plab bebaho qo’lyozmalarini kitobot holiga keltirishda katta zahmat chekkan. Bundan tashqari Nizomiy, Farididin Attor, Xo’ja Xofiz, Sa’diy Sheroziy, Husrav Dehlaviy, Abdurahmon Jomiy singari mumtoz adabiyotimiz daholarining ko’plab asarlari ham uning betinim sa’y-harakatlari bilan ko’chirilib, avlodlarga armug’on etilgan. Tasviriy san’atda Shamsiddin Muhammad ibn Abdulhay, Shayx Turoniy, Abdulla Hiraviy, Ustoz Gung, Ustoz Jahongir nomlari alohida ko’zga tashlanib turadi. Ular chizgan yorqin tasvirlar, portretlar, tabiat manzaralari yohud jang tafsilotlari o’zining tabiiyligi, tiniqligi va originalligi bilan kishini hayratga soladi. Amir Temur nabirasi (Shohruh Mirzo o’g’li) Boysunqur Mirzo homiyligida bunyod topgan o’ziga xos badiiy akademiya rolini o’ynagan uning Nigoristonida ijod qilgan ko’plab mo’yqalam sohiblari tomonidan mukammal tarzda ishlangan son-sanoqsiz rangli tasvirlar, miniatyura namunalari, kitob bezaklari, chunonchi, hind xalqi eposi «Kalila va Dimna», Sa’diyning «Guliston», Firdavsiyning «Shohnoma», Nizomiyning «Xamsa» va boshqa asarlarga ishlangan tasviru bezaklar hanuzga qadar ham o’z ahamiyatini saqlab kelmoqda. Musavvirlik san’atining tengi yo’q yulduzi Kamoliddin Behzod (1455-1537) ijodi ham Temuriylar davri san’atining yuqori cho’qqisi hisoblanadi. Uning mo’yqalamiga oid hadsiz-hisobsiz rangin tasvirlar, chunonchi, Yazdiyning «Zafarnoma», Jomiyning «Salomon va Ibsol», Sa’diyning «Bo’ston» va «Guliston», Nizomiyning «Xamsa» asarlariga ishlangan miniatyura namunalari yohud Hirotdagi «Bog’i Behisht», «Ov qilayotgan Bahrom Go’r», «Tuyalar jangi» tasvirlari va shunga o’xshash rassomchilik asarlari bu tug’ma ijodkor iste’dodining yuksak mahorati namunalaridir. Temuriylar davri madaniy hayotida musiqa san’ati ham alohida o’rin tutgan. Alisher Navoiy «Mezonul-avzon» asarida xalq qo’shiqchiligining sakkiz turi rivojlanganligini qayd etadi. Bular - tuyuq, changchi, turkiy, orzuvoriy, muhabbatnoma, mustahzod va shu kabilar. Amir Temur davrida san’at va musiqa olamida mashhur bo’lgan siymolardan biri Abduqodir Go’yanda (1334-1435) bo’lib, uning hayotining katta qismi Samarqandda kechgan. Temuriylar davri musiqa san’atida Hirot ijodiy muhitining o’rni benihoya katta bo’lgan. Hirot musiqashunoslari o’z ijodlarida Navoiyning she’r va g’azallaridan keng ijodiy foydalanganlar. Badiiy adabiyot Amir Temur va temuriylar davri madaniy muhitining yorqin sahifasini turkiy (eski o’zbek) adabiyotining ravnaqisiz tasavvur etib bo’lmaydi. Negaki, sarchashmalari ancha olis davrlardan boshlangan bu adabiyot bu vaqtga kelib yanada sayqal topib, uning badiiy imkoniyatlari yangi ufqlar kashf etib, yuksak rivojlanishga erishdi. Buning natijasida yangi-yangi nomdor shoiru adiblar ijod maydoniga kirib kelib, o’z betakror, umrboqiy asarlari bilan badiiy tafakkur xazinasiga salmoqli hissa qo’shdilar. O’zbek mumtoz adabiyotining tamal toshini qo’ygan Mavlano Lutfiy (1366-1465) dan boshlab Haydar Xorazmiy (XIV asr oxiri, XV asr boshlari), uning zamondoshlari Durbek, Gadoiy, Atoiy, Sakkokiy singari zabardast turkigo’y shoirlar ijodining ravnaqi tufayli mumtoz adabiyotimiz yangi marralarga ko’tarildi va uning xilma-xil janrlarida birbiridan go’zal, nafis va baquvvat badiiy asarlar yaratildi. Lutfiyning «Gul va Navro’z», Xorazmiyning «Mahzunul asror» («Sirlar xazinasi»), Durbekning «Yusuf va Zulayxo» asarlari yohud Gadoiy va Atoiylarning ishqmuhabbat, hayot nash’u namosini, inson shaxsi va uning yuksak orzu-armonlari, intilishlarini kuylagan otashnafas she’r-g’azallari, qasidalari - bular mumtoz o’zbek adabiyoti rivojining muhim yutug’idir. Mazkur asarlarda o’zbek tilining jarangdorligi, uning badiiy imkoniyatlarining benihoyaligi, qolaversa, uning halqchilligi, yuksak estetik qudrati va ta’sirchanligi to’la kuch bilan ifodalanganligi ko’zga tashlanib turadi. O’zbek adabiyotning yanada yuksak darajaga ko’tarilib, keng e’tirof topishida ulug’ o’zbek shoiri va mutafakkiri Alisher Navoiy (1441-1501) ijodi alohida o’rin tutadi. Negaki she’riyat mulkining sultoni Navoiy o’ziga qadar bo’lgan turkigo’y shoirlar ijodi erishgan yutuqlarni o’zida mujassamlashtiribgina qolmay, balki ayni zamonda o’zining serqirra ijodi bilan bu adabiyotning yuksak kamol topishi va dovrug’ini ko’tarilishiga mislsiz ulush qo’shdi. Alisher Navoiyning ijod gulshani Jami 51 ming misradan iborat 5 ta go’zal dostonni o’zida jam etgan mashhur
«Hamsa» asari:

  • «Hayratul Abror»

  • «Farhod va Shirin»

  • «Layli va Majnun»

  • «Sabbai Sayyor»

  • «Saddiy Iskandariy»

  • 45 ming misradan iborat

«Hazoinul-maoniy» («Ma’nolar xazinasi») asari

  • «Muhokomatul lug’atayn» («Ikki til muhokomasi»)

  • «Majoisul ul-Nafois» («Nafis majlislar»)

  • «Mahbub ul-qulub» («Ko’ngillar mahbubi»)

  • «Me’zon ul-avzon» («Vaznlar o’lchovi») v.b. 12 ming misrani jam etgan, Foniy taxallusida bitilgan forsiy tildagi nafis badiiy asarlar:

  • Mufradat

  • Sittai zaruriya

  • Fusumi arbaya

Navoiy «Xamsa»siga kirgan «Hayrotul-abror», «Farxod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sabbai sayyor», «Saddi Iskandariy» dostonlarining har biri o’zining bebaho ma’naviy qudrati, badiiy yuksakligi, til boyligining mukammalligi bilan ajralib turadi. Eng muhimi, o’zbek tilida ilk bor «Xamsa» bitishdek g’oyatda mashaqqatli vazifani sharaf bilan ado etgan Navoiy dahosi har qancha tahsinga sazovordir. Ulug’ mutafakkir asarlarini mutolaa qilar ekanmiz, ularda aks etgan, ilgari surilgan chin insonparvarlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik, hayotga oshuftalik, keng ma’nodagi ishq-muhabbat g’oyalari vujudimizni qamrab oladi, o’ziga maftun etadi. Bu ham Navoiy ijodining umrboqiyligidan, umumbashariy qadriyatlar ruhi bilan chuqur sug’orilganligidan yaqqol dalolatdir. Shu bilan birlikda bu davrda fors-tojik adabiyoti ham an’anaviy tarzda rivojlanishda davom etdi. Bu adabiyot dovrug’ini baland ko’targan, yuksak badiiy ijod namunalarini yaratgan Kamol Xo’jandiy, Xofiz Sheroziy, Abdurahmon Jomiy, Binoiy, Hiloliy va Vosifiy singari daho so’z san’atkorlari nomini alohida tilga olib o’tish joizdir. Ularning yuksak badiiy tafakkur ila yaratilgan umrboqiy asarlari, mana, necha asrlardirki, tarix va davrlar sinovidan o’tib, qanchalab avlodlar ongi, shuurini yolqinlantirib kelmoqda. Shunday qilib, Amir Temur va Temuriylar davri Vatanimiz xalqlarining hayotiy taqdirida, ularning ijtimoiy taraqqiyotning yuksak marralariga ko’tarilib borishi davomida o’chmas iz qoldirgan alohida bir tarixiy bosqich bo’ldi. Eng muhimi, bu davr Amir Temurdek buyuk siymoni tarix maydoniga chiqardi. Bu zoti sharif va uning avlodlarining mislsiz sa’y-harakatlari, bunyodkorlik faoliyati tufayli Movarounnahr va Xuroson o’lkalari ulkan o’zgarishlarga yuz tutdi. Mo’g’ullarning bir yarim asrlik bosqini va zulmasoratidan butunlay xalos bo’lgan ona yurtimiz qudratli saltanat darajasiga ko’tarildi. Ayni chog’da u ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma’naviy jihatlardan yuksalib, jahonga dovrug’ taratdi. Ulug’ ajdodlarimiz tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyatning yuksak namunalari, duru javohirlari mana necha asrlardirki, jahon ahlini hayratga solib, minnatdor avlodlar ardog’ida e’zozlanib kelmoqda.

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin