O’rta Osiyoda o’tkazilgan milliy-davlat chegaralanishi. O’zbekiston SSRning tuzilishi
Milliy siyosat Bolsheviklar partiyasi bosh bo’lgan sovet hokimiyati Turkiston mustaqilligi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar harakatini daf etishga muvaffaq
bo’lgach, endilikda bu hududda uzoqqa mo’ljallangan o’z makkorona rejalarini amalga oshirishga kirishdi. Shu maqsadni ko’zlab u XX asrning 20-yillari boshlaridan bu zaminda mustamlakachilarga xos «orani buz, hokimlik qil» qabilidagi o’z milliy siyosatini hayotga izchil tadbiq etish yo’lini tutdi. Aslida sovetlarning milliy siyosati chorizmning ko’p zamonlar bu yurtda yuritib kelgan shovinistik, ulug’ davlatchilik siyosatidan mohiyat e’tibori bilan farq qilmasdi. Faqat uning shakli-shamoyili o’zgargan edi, xolos. Gap shundaki, chorizm hukmronligi davrida chekka o’lkalar xalqlari ochiq-oshkora tarzda kamsitilar, ularning insoniy qadr-qimmati, or-nomusi, asliy milliy qadriyatlari tahqirlanar edi. Sovet mutasaddilari esa o’zlarining niqoblangan soxta ishlari, yolg’on-yashiq va’dalari bilan mazlum millat kishilarini o’z hukmlariga bo’ysundirishga intildilar.
Turkiston xalqlari o’z milliy davlatchiligini tiklash va rivojlantirishga intildi. 1920
yil yanvarida bo’lib o’tgan Turkiston Kompartiyasining V o’lka konferentsiyasida
Turkiston ASSR MIQ raisi T. Risqulov so’zga chiqib «Yagona Turkiston g’oyasi»ni ilgari suradi, asosan turkiy xalqlardan iborat Turkiston ASSRni Turk Respublikasi, Turkiston Kompartiyasini Turk kompartiyasi, deb o’zgartirishni taklif qiladi. Bu takliflar konferentsiyada, shuningdek, o’lka ijtimoiy-siyosiy hayotida, RKP(b) Markazqo’mi, uning Siyosiy byurosi, sovet hokimiyati doiralarida turli bahslarga sabab bo’ladi. T.Risqulov takliflari millatchilik, og’machilik ruhidagi qarashlar deb baholandi. T.Risqulov, N.Xo’jaev va boshqalar tarkibida tuzilgan delegatsiya Moskvaga borib, sovet hukumati oldiga Turkkomissiyani tugatish, Turkistonga o’z qurolli kuchlariga ega bo’lish huquqini berish, Sharq mamlakatlari bilan aloqa o’rnatishda Turkiston hukumatiga mustaqillik berish kabi talablarni qo’ydilar. Shu boisdan «Turkiston masalasi» bir necha bor Markazda, RKP(b) Markaziy Qo’mitasi Siyosiy byurosining 1920 yil mart-iyun oylaridagi majlislarida muhokama qilindi. Oqibatda natija shunday bo’ldiki, mazlum xalqlar «dohiysi» va «najotkori» Lenin, bu masalani 1920 yil 29 iyulida ko’rgan RKP(b) Markazqo’mi Siyosiy byurosi turkistonlik delegatsiya iltimosnomasiga ijobiiy baho bermadi. Buning aksicha, Sovet hukumati va partiya
220 rahbariyati o’lkadagi vaziyatni tezlikda bartaraf etish uchun shoshilinch tarzda
«RKP(b)ning Turkistondagi asosiy vazifalari to’g’risida» degan nom ostida bir necha qarorlar qabul qildi. Jumladan, o’lka hayoti ustidan nazoratni kuchaytirish, sovet hokimiyati negizlarini mustahkamlashga qaratilgan «Turkistonda hokimiyatni tashkil etish to’g’risida» maxsus qaror qabul qilindi. Unda Turkistonda Butunrossiya Markaziy Ijroiya Qo’mitasi, RSFSR Xalq Komissarlari Soveti va RKP(b) Markaziy Qo’mitasining doimiy vakolatxonasi bo’lishi zarur deb ko’rsatildi. Unda shuningdek, federal hukumat bilan Turkistonda mahalliy davlat hokimiyati organlarining vazifalari doirasi aniq-ravshan belgilab qo’yildi. Shunday qilib, o’lka xalqlarining o’z taqdirini o’zi belgilash, o’z milliy davlatchiligini o’z xohishlaricha, huquqiy asosda tashkil qilish borasidagi yana bir urinishi barham topdirildi. Hamma gap shundaki, Rossiya Sovet Federatsiyasi hukumati Turkistonning emin-erkin rivojlanish yo’lidan ilgarilab borishini emas, balki uni doimiy o’z nazoratlari ostida bo’lishini xohlardilar. O’lkaning mehnatsevar, jafokash xalqi, uning bitmas-tuganmas boyliklari, tabiiy va mineral resurslari Markaz foydasiga ishlashi ularning birdan-bir muddaolari edi. Hukmron Markaz tashabbusi bilan tashkil etilgan Turkkomissiya, O’rta Osiyo Byurosi, O’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi singari nufuzli organlarning o’lka hayotining barcha jabahalarini o’z nazoratiga olish, o’z izmlariga bo’ysindirish yo’lida harakat etib kelganligining boisi ham mana shundadir. SSSRning tashkil etilishi Bolsheviklar boshliq sovetlar hokimiyati sobiq chor imperiyasi hududlarida vujudga kelgan mustaqil sovt respublikalari jilovini o’z qo’liga olish maqsadida sovet respublikalari ittifoqini tuzishga, ularni RSFSR atrofiga jipslashtirishga asosiy e’tibor qaratdi. RSFSR hukumati 1918-1920 yillarda yangi sovet respublikalariga diplomatik, siyosiy-iqtisodiy, harbiy, moliyaviy ta’sir o’tkazib bordi. Garchi bo’lajak ittifoq sovet respublikalarining do’stlik va tenglikka asoslangan ixtiyoriy ittifoqi bo’ladi, deyilsada, biroq uzoqni ko’ra bilgan respublikalarning qator rahbarlari bunga qarshi edilar. Masalan, Ukrainada UKP(b) Markaziy Qo’mitasi kotiblari X.G.Rakovskiy va D.L.Pyatakov yagona ittifoq davlati g’oyasiga qarshi chiqib, umumittifoq hokimiyat organlari bo’lmagan «konfederatsiya» tuzishni yoqlab chiqdilar. RKP(b) Markaziy Qo’mitasi Siyosiy byurosida, bolsheviklar partiyasining s’ezdlari va plenumlarida, shuningdek sovet tashkilotlarida bu masala keng muhokama qilindi. Nihoyat, RKP(b) rahbarligida joylarda uzoq vaqt olib borilgan tashviqot-targ’ibot ishlari va ko’rsatilgan tazyiqlar o’z natijasini berdi. Ukraina, Belorussiya, Zakavkaze Federatsiyasi Kompartiyalari, bu respublikalar sovetlarining s’ezdlari RKP(b) Markazqo’mining «SSSRni tuzish to’g’risida»gi takliflarini qo’llab-quvvatlashlarini bayon qildilar. 1922 yil 26 dekabrda Butunrossiya Sovetlarining X s’ezdi sovet respublikalarini yagona sovet davlatiga birlashtirishni zarur deb topdi. S’ezd o’zi saylagan delegatsiyaga USSR, BSSR va ZSFSR delegatsiyalari bilan birgalikda Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqini tashkil etish to’g’risidagi Deklaratsiya loyihasini ishlab chiqish va Ittifoq shartnomasini tayyorlashni topshirdi. 1922 yil 29 dekabrda Moskvada to’rt respublika vakolatli delegatsiyalarining konferentsiyasi bo’lib o’tadi. Konferentsiya SSSRni tuzish to’g’risida RKP(b) Markaziy 221 Qo’mitasi plenumi tasdiqlagan Deklaratsiya va Shartnoma loyihasini muhokama qilib, uni maqullaydi. 30 dekabrda uni to’rt respublikalarning vakolatli delegatsiyalari imzolaydilar. 1922 yil 30 dekabrda Moskvada Butunittifoq Sovetlarining I s’ezdi o’z ishini boshlaydi. S’ezd RSFSR, USSR, ZSFSR va BSSR Sovetlari s’ezdlari saylagan vakolatli delegatlari imzolagan SSSRni tuzish to’g’risidagi Deklaratsiya loyihasini ko’rib chiqib, Deklaratsiya va Ittifoq Shartnomasini tasdiqlaydi. S’ezd yangi ittifoq - SSSRning yuqori hokimiyat organlari - Markaziy Ijroiya Qo’mitasini va hukumatini tuzdi. SSSR MIQ 4 ta rais (har bir respublikadan bittadan) - RSFSRdan M.I.Kalinin, Ukrainadan G.I Petrovskiy, Belorussiyadan A.G Chervyakov, ZSFSR dan N.N.Narimanovdan iborat MIQ Rayosatini sayladi. V.I Lenin SSSR hukumati - Xalq Komissarlari Soveti raisi etib tasdiqlandi. Shunday qilib, 1922 yil 30 dekabrda SSSR tuzildi. Bu ittifoqqa asos solgan barcha dasturilamal hujjatlar va g’oyalar qanchalik jimjimador ohanglarda bitilmasin va ular tenglik, barobarlik, birodarlik tushunchalarini aks ettirmasin, biroq amalda u hukumron Markaz uchun butun-butun xalqlarning taqdirqismati, inon-ixtiyorini tamomila o’z tasarrufiga bo’ysundirishga xizmat qilgan tuzoq rolini o’tab keldi. Ma’lumki, O’rta Osiyo hududida qadimqadimdan tili, dini, tarixi, madaniyati, an’analari bir-biriga juda yaqin va mushtarak qardosh va qondosh xalqlar yashab kelganlar. Bu erda istiqomat qilgan o’zbeklar, turkmanlar, tojiklar, qozoqlar, qirg’izlar, qoraqalpoqlarning xo’jalik hayoti, turmush tarzi, udumlari ham o’xshash bo’lib, shu muqaddas ona zaminni o’zlarining asl Vatanlari deb bilganlar. Biroq, afsuslar bo’lsinki, pixini yorgan Sovet hokimiyati arboblari tarixan bir yagona hududda yashab kelgan birodar xalqlarni bir-biridan ajratib tashlash, ularning birlashib, yagona davlat tuzishlariga izn bermaslik uchun butun choralarni ishga soldilar. Bundan kuzatilgan bosh maqsad - o’lka xalqlarining birlashuviga, o’z istiqlolini va istiqbolini birgalikda bunyod etishiga yo’l qo’ymaslik va shu asosda Markazning bu erdagi hukmronligiga, sotsialistik qayta qurish jarayonining avj olishiga keng maydon yaratish edi. Shu maqsadda Turkistonni milliy o’ziga xoslik, til birligi asosida bo’lib tashlash g’oyasi ilgari surildi. Markaz irodasini bajarishga da’vat etilgan Turkiston ishlari bo’yicha maxsus komissiya - Turkkomissiya zimmasiga o’lkada milliy davlat chegaralanishini o’tkazish va shu asosda bu hududda bir qator sovet milliy va muxtor respublikalarini tashkil qilish vazifasi yuklangan edi. Markaz mo’ljallayotgan milliy siyosat mazmuni, mohiyatidan xabardor bo’lgan Turkistonning ilg’or ziyolilari, uzoqni ko’ra bilgan donishmand arboblari o’lka birligi, yaxlitligini, uning qardosh xalqlari jipsligini zo’r berib himoya qilishga urindilas. Biroq o’lka jilovini qo’lda mahkam tutgan Bolshevik mutassadilar ularning haqqoniy fikrlarini hisobga olmadilar. Bugina emas, O’rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi 222 yagona va mustaqil Turkiston g’oyasi uchun kurashgan vatanparvar kuchlar, milliy ziyolilar millatchilikda, turkparastlikda va sovet hokimiyatiga qarshilikda ayblandilar. Shunday qilib, O’rta Osiyoni milliy - hududiy jihatdan alohida respublikalarga bo’lib tashlash masalasi bir necha bor Markazda, Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalarida, ularning Kompartiyalari plenumlarida, shuningdek ularning faoliyatini muvofiqlashtirib turuvchi organ - RKP(b) MQ O’rta Osiyo Byurosi Plenumida muhokama etilib, mahalliy xalqqa kuchli bosim o’tkazib borildi. Shu bilan birgalikda 1922-1923 yillarda erli millatlarning bir qator rahbar xodimlari sovet hokimiyatining Turkiston, Buxoro va Xorazm respublikalarida olib borilayotgan milliy siyosatiga ochiqdan-ochiq norozilik bildira boshladilar. Ammo ularning fikr-qarashlari noto’g’ri topilib, o’zlari faol siyosiy hayotdan chetlatib borildi. RKP(b) MQ, uning O’rta Osiyo Byurosi Turkiston, Buxoro va Xorazm Kompartiyalari faoliyatiga tazyiq o’tkazib, milliy - hududiy chegaralash o’tkazish siyosatini ma’qullab, qaror qabul qilishlariga erishib bordi. Milliy-hududiy chegaralanish masalasi 1924 yil 5 aprelda RKP(b) MQ Siyosiy Byurosida, 11 mayda RKP(b) MQ O’rta Osiyo Byurosida ko’rib chiqildi. Unda O’rta Osiyo respublikalarida milliy chegaralanish loyihasini tayyorlovchi maxsus komissiya tuzildi. Loyiha RKP(b) O’rta Osiyo Byurosining 1924 yil 2 iyundagi yig’ilishida muhokama etilib, asosan ma’qull andi. Bundan norozi bo’lgan mahalliy aholi vakillari, xususan Xorazm respublikasining bir guruh mas’ul xodimlari, chunonchi, XKP MQ kotibi Odinaev, ichki ishlar noziri Abdusalomov, Turkiston va Buxoro vakillari: S.Xo’janov, S.Asfandiyorov va boshqalalar yagona Turkistonni bo’lib tashlash maqsadga muvofiq emas, deb e’tiroz bildirdilar. Shuningdek, 1924 yil 8 mayda RKP(b) Markaziy Qo’mitasiga «Xorazmda milliy masalani hal etish to’g’risida xat» kelib tushdi. Bu xatda ham Xorazm respublikasini bo’lib yuborish maqsadga muvofiq emas, deyilgan edi. Ha, o’lka xalqlari milliy chegaralanish siyosatiga qat’iyan qarshi edilar, biroq mahalliy xalqlarning talab va takliflari inobatga olinmadi. Aksincha, 1924 yil 12 iyulda RKP(b) MQ Siyosiy Byurosi «O’rta Osiyo respublikalarida milliy chegaralanish to’g’risida»gi masalaga yana qaytib, uni o’tkazish to’g’risida qaror qabul qiladi. 1924 yil 25 sentyabrda RKP(b) MQ Siyosiy Byurosi, 9 va 11 oktyabrda RKP(b) Markaziy Qo’mitasi bu masalani ko’rib chiqib, milliy chegaralanishni rasmiylashtirishni maqsadga muvofiq deb topadi. Bu qaror 14 oktyabrda SSSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasi tomonidan ham ma’qullanadi. Shu tariqa, Sovet hukumati, RKP(b) MQ va uning joylardagi mahalliy tashkilotlarining 1920-1924 yillar davomida O’rta Osiyoda olib borgan, xalqqa katta va’dalar berishni ko’zda tutgan «lenincha milliy siyosat»ni hayotga tadbiq etish bobidagi amaliy ishlari yakun topdi. Nihoyat, 1924 yilning 27 oktyabrida bo’lib o’tgan SSSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasi II-sessiyasida O’rta Osiyoda milliy davlat chegaralanishi o’tkazish tadbirlari to’la ma’qullandi. Shunday qilib, hukmron Markaz sa’y-harakatlari orqasida O’rta Osiyoning siyosiy jug’rofiyasi sun’iy ravishda o’zgartirildi. O’rta Osiyo hududidagi Turkiston ASSR, Buxoro va Xorazm respublikalari o’rnida oltita milliy davlat birlashmalari tashkil etildi.
|