O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I


O’zbekistonda er-suv islohoti va dehqon xo’jaliklarini jamoalashtirish



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə95/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

3. O’zbekistonda er-suv islohoti va dehqon xo’jaliklarini jamoalashtirish,
uning oqibatlari

Azaldan sun’iy sug’orishga asoslangan dehqonchilik madaniyati maskani hisoblangan hamda aholisining mutloq ko’pchiligi qishloq xo’jaligida band bo’lgan Turkiston xalqlari uchun er-suv, undan foydalanish masalasi favqulodda ahamiyat kasb etardi. Negaki, o’lka aholisining anchagina qismi ersiz edi. Bir parcha erga muhtoj bo’lganlar boylar, zamindorlarning mulkida chorakorlik bilan hayot kechirib, oila tebratib kelardi. Buning ustiga ko’plab serhosil, unumdor erlar Rossiyadan ko’chirib kelingan rus oilalari foydasiga majburan olib berilgan edi. Chorizmning Turkistondagi bu mustamlakachilik siyosati ersiz, batrak dehqonlarning ahvolini tanglashtirib yuborgan edi. Shu bois ham mahalliy erli aholi yangi sovet hokimiyatining «Er dehqonlarga» degan va’dalari, da’vatlariga umid bog’lab, uning er to’g’risidagi dastlabki dekretining amalga oshuviga ko’z tikib kelayotgandi. Sovet hukumati ko’p sonli dehqon aholisini o’z tomoniga qaratib olishni ko’zlab er to’g’risidagi dekretni qabul qilgan bo’lsa-da, ammo uni amalga oshirishdan kuzatgan maqsadlari boshqacha edi. Sovetlarning er-suv islohoti masalasida tutgan siyosatining pirovard maqsadi xususiy er-mulklarni musodara qilish, milliylashtirish orqali ularni tugatib, jamoalar ixtiyoriga bera borib, asta-sekinlik bilan yirik sotsialistik xo’jaliklarni qaror toptirish edi. Turkistonda shu maqsadlarni ko’zlab er-suv islohotini o’tkazishga kirishildi. Er-suv islohoti Turkiston sovetlarining XI s’ezdida (1920 yil) o’lkada er-suv islohoti masalasi ko’rib chiqildi, bu sohadagi asosiy vazifalar belgilandi. Bunga ko’ra aholining qo’lidagi katta erlarni musodara qilish, evropalik kelgindi aholi bilan erli xalqlar o’rtasida er-suv maslasida vujudga kelgan tengsizlik munosabatlariga barham berish, mehnatkash aholini sovetlar tevaragiga jipslashtirish zarur deb topildi. Shu maqsadda joylarda qishloq va ovullar mahalliy aholisining ersiz, kambag’al qismini birlashtiruvchi «Qo’shchi» uyushmalari tuzila boshlandi. «Qo’shchi» uyushmalari kommunistlarning dehqonlar orasidagi tayanchiga aylanib, er-suv islohotini o’tkazishda partiyaga katta yordam 229 ko’rsatib bordi. Turkiston ASSR hududida 1921-1922 yillar davomida er-suv islohotining birinchi bosqichi yirik er-suv egalariga qarshi keskin kurash shiori ostida o’tkazildi. Masalan, Samarqand viloyatida 350 ta katta er egalaridan 13 ming desyatina erlar tortib olindi. Respublika bo’yicha boy va o’ziga to’q aholidan 1,7 mln. desyatina er


tortib olindi, ularning 117 ming desyatinasi ersiz kambag’allarga berildi, qolgan katta qismi asosida «Qo’shchi» uyushmalari tuzildi. Bu sovet hokimiyatining kambag’allarni o’z tomoniga og’dirib olishga qaratilgan harakati edi. O’rta hol dehqon xo’jaliklari saqlab qolindi. 1925 yil dekabrda bo’lgan O’zbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qo’mitasining Favqulodda sessiyasi «Er va suvni milliylashitirish to’g’risida» dekret qabul qildi. Dekretga binoan quyidagi tarzda erlar batamom musodara qilinishi kerak edi:

  • Qaerda turishidan qat’i nazar Farg’ona viloyatida 40 desyatinadan, Toshkent va Samarqand viloyatlarida 50 desyatinadan ortiq sug’oriladigan eri bo’lgan mulk egalarining erlari, jami jonli va jonsiz mulki bilan;

  • Qishloq va ovullarda yashamagan, o’zlari va oila a’zolaridan birortasi ham erda ishlamaydigan shaxslarga qarashli erlar, boshqa mol-mulki bilan;

  • Vaqf erlari, xo’jayinlari noma’lum erlar.

Er-suv islohotining ikkinchi bosqichi qishloqda asosiy kuch bo’lgan o’rtahol dehqon bilan aloqani mustahkamlash shiori ostida o’tdi. Farg’ona viloyatida 7 desyatina, Toshkent va Samarqand viloyatida 10 desyatinagacha eri bor o’rtahol dehqonlar mulki saqlanib qoladigan bo’ldi. Bundan ko’zlangan maqsad ularni sovet hokimiyatining tayanchiga aylantirish edi. 1926 yil dekabrda yuqorida nomlari qayd etilgan uch viloyatda o’tkazilgan er-suv islohoti tajribasi respublika miqyosida umumlashtirilib, uni qolgan viloyatlarda ham o’tkazishga qaror qilindi. Islohot Zarafshon viloyatida boshlanib, Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida davom ettirildi. Qashqadaryo, Surxondaryo va Xorazmda 20 gektar sug’oriladigan va 45 gektar lalmikor va bahorikor erga ega bo’lgan katta er egalarining oshiqcha erlari musodara qilindi. 1929 yilda er-suv islohoti Qoraqolpog’istonda ham o’tkazildi. Er-suv islohoti natijasida O’zbekistonda jami 4801 «pomeshchik» tipidagi xo’jaliklar tugatildi. 13036 ta badavlat mulkdorlarning ortiqcha erlari tortib olindi. Respublikaning er fondiga 474393 desyatina er qo’shildi. Qishloq aholisini qishloq xo’jalik artellariga birlashtirish kuchayib bordi. 1929 yilda ularning soni 1665 taga etdi. Jamoa xo’jaligi hisoblangan artellarga 30 ming kishi a’zo bo’lgan edi. 20-yillarda o’tkazigan er-suv islohoti davrida badavlat dehqonlarning erlari, vaqf erlari, ruhoniylarga tegishli erlar davlat tomonidan tortib olingan edi. Er bilan birga hamma ot-ulov va asbob-uskunalar ham musodara qilindi. Umuman 1925-1929 yillarda boylar, yirik savdogarlar va ruhoniylarning 45 mingga yaqin xususiy xo’jaliklari batamom tugatiladi. Ko’pgina xo’jaliklar tasarrufidagi ortiqcha erlar ham tortib olingan edi. Bu erlar qayta taqsimlanib, ularning katta qismi ersiz yoki kam erli dehqon xo’jaliklariga mulk qilib berildi. Buning natijasida batrak - qambag’allar toifasi islohotdan oldin barcha dehqonlarning 76 foizini tashkil etgan bo’lsa, islohotdan so’ng ularning soni 39 foizgacha qisqardi. Ularning xo’jalik turmushi yaxshilanib, o’sib borganligi bois o’rta 230 hol dehqonlar salmog’i 17 foizdan 52 foizga ko’tarildi. Shu tariqa, qishloqda tovar-g’alla etishtiruvchi mayda ishlab-chiqaruvchilarning salmog’i ko’payib bordi. Bu islohot jarayoni davomida respublikada jamoa xo’jaliklari, ya’ni kolxozlar tashkil etiladi. Biroq ularning hali xo’jalik va moliyaviy zaifligi, ishlab chiqarish ko’rsatgichlarining pastligi ko’zga tashlanib turardi. 20-yillar oxirlariga kelib respublika qishloq xo’jaligi, ayniqsa paxtachilik sohasining Markaz hukumatiga qaramligi, paxta yakkahokimligi kuchaydi. Chunonchi, 1927-1928 xo’jalik yilida o’lkadan Markazga olib ketilayotgan tovarlar umumiy qiymatining 77,8 foizini paxtachilik maxsulotlari tashkil etgan. Buning ustiga sovet mamlakati ehtiyoji uchun etishtirib berilayotgan o’zbek paxtasining xarid narxi dunyo bahosidan ancha kam belgilanardi. G’alla narxlarining bu davrda mamlakat miqyosida 20-25 foizga pasaytirilganligi ayniqsa 1927 yilgi g’alla tayyorlash sohasidagi ishlarda jiddiy qiyinchiliklar tug’dirgandi. Sovet hokimiyatining 20-yillarda qishloqda yuritgan bir qadar mo’’tadil siyosatidan bahra olib, er-suv islohotidan naf topib, o’z xo’jaliklarini anchayin oyoqqa turgizib, o’rta hollar darajasiga ko’tarilib olgan o’zbek dehqonlari hayoti va qismati, taassufki, tez orada xukmron partiya boshlab yuborgan ommaviy kollektivlashtirish jarayoni girdobiga g’arq bo’ldi. Ommaviy kollektivlashtirish jarayoni qishloq ahli hayotini ag’dar-to’ntar qilib yubordi. Yoppasiga kollektivlashtirish VKP(b) XV s’ezdi (1927) belgilab bergan qishloqda kollektivlashtirish siyosati va uni izchil amalga oshirish butun mamlakatda bo’lgani singari O’zbekiston va uning xalqi uchun ham asosiy amaliy vazifaga aylangandi. Totalitar hokimiyat qishloqda kollektivlashtirish siyosatini zo’rlik, o’zboshimchalik va ma’muriy-buyruqbozlik usullari bilan o’tkazishga kirishdi. Markaz buyrug’i va ko’rsatmasini bajarishni o’zlari uchun katta sharaf deb bilgan, unga ko’r-ko’rona asoslangan rahbarlar dehqonlarni zudlik bilan kolxozlarga kiritish uchun «jon kuydirdilar». Ayniqsa 1929 yilning ikinchi yarmi va 1930 yil boshlaridan mavjud reallik bilan hisoblashmay omonat jamoa xo’jaliklari tuzish mavsumi avj oldirildi. Masalan, O’zbekiston partiya va hukumatining 1930 yil 17 fevraldagi «Kollektivlashtirish va quloq xo’jaliklarini tugatish to’g’risida»gi qarorida respublikaning 17 ta tumanida yoppasiga jamoalashtirish vazifasi belgilangan edi. Ko’p joylarda quloqlarni tugatish shiori ostida o’rtahol, hattoki kambag’al dehqon xo’jaliklariga nisbatan ham zulm o’tkazildi. 1929 yil oktyabrga qadar respublikadagi dehqon xo’jaliklarining 3,4 foizi kolxozlarga kirgani holda, 1930 yil martiga kelganda dehqon xo’jaliklarining 47 foizi kolxozlashtirilgan edi. 1931 yil oxirida bu ko’rsatkich 68,2 foizga etdi. Kollektivlashtirish ishidagi shoshma-shosharlik, joylardagi real shart-sharoitlar bilan hisoblashmaslik, milliy hududlarning o’ziga xos hususiyatlari, aholisining milliy an’analari, udumlarini, dindorlik darajasi, madaniy-ma’naviy saviyasini e’tiborga olmaslik oxir-oqibatda bundan ham ko’ngilsizroq holatlarning yuz berishiga sabab bo’ldi. Ko’p qishloq tumanlarida hokimiyat organlarining zo’ravonligi, o’zboshimchaligiga aholi keskin norozilik bildirib, turli harakatlar uyushtirishga majbur bo’ldi. 1929-1930 yillarda dehqonlarning sovet tuzumiga nisbatan ommaviy norozilik harakatlarida faqat 231 Qashqadaryo okrugidan 14 ming nafar kishi qatnashgan. Ma’lumotlarda qayd etilishicha, bunday ommaviy norozilik harakatlari shu davrda respublika bo’yicha 240 marta sodir bo’lgan. Eng achinarlisi shuki, ko’plab oddiy dehqon xo’jaliklari arzimagan sabablar bilan yoxud birgina jamoa xo’jaligiga kirishga rag’bat bildirmaganligi vajidan bor budidan mahrum etilib, uy-joyi, mol-mulki tortib olinib, quloqlar ro’yxatiga tirkab yuborilavergan. Bu nohaqlikni oldini oladigan, uni adolatli hal etib ajrim qiladigan biror bir mard topilmagan o’sha kezlarda. Hamma o’zini o’ylash, bu balo-qazolardan ehtiyotlanish choralarini izlashga majbur bo’lgan edi u zamonlarda. Quloqlashtirish Statistik ma’lumotlarga qaraganda jamoalashtirish boshlarida O’zbekistonda shartli ravishda «quloq» xo’jaligiga kiritish mumkin bo’lgan xo’jaliklarning salmog’i aslida umumiy dehqon xo’jaliklarining 5 foizidan kamrog’ini tashkil etardi, xolos. Biroq ommaviy jamolashtirish boshlanishi bilan 15 foizdan ortiq xo’jaliklar «quloqlashtirish»ga duchor bo’ldi. Haqiqatda esa bular o’rtahol dehqon oilalari edi. Faqat 1930 yilning o’zida respublikada «boy» va «quloq» xo’jaliklar toifasiga kiritilgan 2648 ta o’rtacha dehqon xo’jaliklari tugatilgan edi. 1931 yil avgustiga kelib respublikada qo’shimcha yana 3828 ta «quloq xo’jaliklari» tugatildi. Respublikaning o’ziga to’q, bozorga tovar g’alla etishtirib berishga qodir son-sanoqsiz dehqon xo’jaliklari bor narsasidan mahrum bo’lib, haqsiz-huquqsiz holda o’z oila a’zolari bilan uzoq hududlarga (Sibir, Ukraina, Qozog’iston) yoki yangi o’zlashtirilayotgan cho’lli, to’qayzor, qamishzor erlarga badarg’a qilindilar. Ayni paytda dehqon xo’jaliklarini majburiy quloq qilish, boshqa joylarga surgun qilish ishlari avj oldirildi. O’zbekistondan Ukraina, Sibir va Shimoliy Kavkazga 3871 «quloq oilasi» surgun etildi. 1933 yilda surgun qilingan «quloq» xo’jaliklari soni 5500 taga etdi. Ming-minglab qishloq oilalari bunday xavf-xatarning bo’lishini oldindan his qilib, o’z kindik qonlari to’kilgan muqaddas zaminni tark etib, uzoq begona yurtlarga bosh olib ketishga majbur bo’ldilar. Ularning ko’plari uzoq yillar xorijiy ellarda umrguzoronlik qilib, ona yurt sog’inchi bilan, unga talpinib yashab o’tdilar. Faqat O’zbekiston milliy mustaqillikka erishgandan so’nggina orzu-armonlari ushalib, yangidan Vatanning mo’’tabar tuprog’ini tavof qilish baxtiga musharraf bo’ldilar. Ma’muriy tazyiq, oshkora zo’ravonlik, iqtisodiy terror usullari va shu kabi ta’sir choralari orqasida «Kolxoz qurilishi» rivojlantirib borildi. 1932 yil oxiriga kelib umuman O’zbekistonda jamoalashtirilgan xo’jaliklar barcha dehqon xo’jaliklarining 81,7 foizini birlashtirgan edi. 800 ming dehqon xo’jaliklari negizida 9734 ta kolxoz va 94 ta sovxoz tashkil etilgandi. Bu jarayon keyingi yillarda ham davom ettirildi. 1937 yilda dehqon xo’jaliklarining jamoalashtirish darajasi 95 foizga etgan bo’lsa,1939 yilda u 99,2 foizni tashkil etdi. Ommaviy kollektivlashtirish jarayonida O’zbekiston bo’yicha 60 mingdan ortiqroq kishi «quloqlar»ga mansublikda ayblanib qatog’on qilindi. Shunday qilib, 30-yillar davomida O’zbekistonda zo’rovonlik yo’li bilan «Qishloq xo’jaligini kollektivlashtirish», «quloqlarni sinf sifatida tugatish» siyosati uzil-kesil hal qilindi. «SSSRning paxta mustaqilligini ta’minlash» asosan O’zbekiston xalqi zimmasiga yuklatilgan edi. 1935 yilda O’zbekistonda 1 mln. tonna paxta tayyorlangan bo’lsa, bu 232 ko’rsatkich 1939 yilda 1,5 mln. tonnani, 1941 yilga kelib esa 1 mln. 656,2 ming tonnani tashkil etdi. Bu Butunittifoq bo’yicha tayyorlangan paxtaning 60 foizidan ziyodrog’ini tashkil qilardi. 30-yillar davomida respublika qishloq xo’jaligi tizimida paxta yakkahokimligi mustahkam o’rin egallab bordi. Jumladan, agar 1933 yilda paxta mahsuloti respublika etishtirib tayyorlab beradigan qishloq xo’jalik mahsulotlari umumiy hajmining 81,5 foizini tashkil etgan bo’lsa, 1937 yilga kelib bu raqam ko’rsatgichi 93,4 foizga etdi. Texnikaviy ta’minot O’zbekistonda dehqon xo’jaliklarini ommaviy tarzda jamoalashtirish ishlari ayni chog’da yangi xo’jaliklarga moddiy-texnik baza bo’lib xizmat qiladigan mashina-traktor stantsiyalari (MTS) ni tashkil etish bilan uzviy bog’liq holda olib borildi. O’zbekistonda dastlabki mashina-traktor stantsiyasi 1929 yilda Andijon viloyatining Asaka tumanida tashkil etilib, u yangidan tuzilgan jamoa xo’jaliklariga texnik yordam ko’rsatgan edi. Asta-sekin ularning soni ortib bordi. 1931 yilga kelib MTSlar 48 ta qishloq tumanlarida tashkil etilib, qishloq ahlining dala yumushlariga xizmat ko’rsatdi. MTSlarning yirik dehqon xo’jaliklariga nafi katta bo’lganligidan, ularning safi respublikada to’xtovsiz ortib bordi. Jumladan, 1937 yilda ularning soni 163 taga, 1941 yilga kelganda esa 189 taga etdi. Garchand yirik jamoa erlarini ishlab berish, qo’l mehnatini engillashtirish, qishloqqa texnika olib kirish, texnika ilmidan qishloq mehnatchilarini xabardor qilish, ma’lumotini oshirishda MTSlar muhim rol o’ynagan bo’lsada, biroq bu narsa jamoa xo’jaliklarining davlatga tobeligini yanada kuchaytirdi. Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, yirik ishlab chiqarish vositalari MTSlar orqali tobora davlat qo’lida to’plana bordi. MTSlar jamoa erlarini natural haq evaziga ishlab berar, bu haqning miqdori esa yuqoridan, davlat organlari tomonidan belgilanardi. Irrigatsiya va melioratsiya ishlari O’zbekiston qishloq xo’jaligi va ayniqsa uning etakchi tarmog’i-paxtachilik sohasining tezkor rivojlanishidan manfaatdor bo’lgan sovet hukumati avval boshdan respublikada irrigatsiya va melioratsiya tizimini yaxshilash va takomillashtirishga jiddiy e’tibor berib bordi. Shu maqsadda 1922 yildayoq respublikada irrigatsiya tizimini qayta tiklash va yanada rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berildi. Xususan, O’zbekiston hukumati tarkibida suv va qishloq xo’jalagi Xalq Komissarligi, uning huzurida esa suv xo’jaligi bosh boshqarmasi, joylarda viloyat, tuman, uchastka suv qo’mitalari tashkil e_ildi. Ularga davlat yordami ko’rsatib borildi. Jumladan, 1922 yilda irrigatsiya ishlariga 6 mln. oltin rubl hisobida mablag’ ajratildi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad sug’oriladigan erlarni 2 yil ichida 2 mln. desyatinaga etkazish edi. Joylarda suv inshootlari qurilishi avj oldirib yuborildi. Yangi kanallar, ariqlar qurildi. Ko’plab yangi erlar o’zlashtirildi. Natijada 1924 yilga kelib sug’oriladigan erlar miqdori 2,4 mln. desyatinaga, shu jumladan, paxta ekiladigan maydon esa 500 ming desyatinaga etkazildi. Bu ishlar O’zbekiston SSR tuzilgach, yanada avj oldi. Urushgacha bo’lgan davrda respublikada Darg’om, Norpoy, Sovoy, Dalvarzin, Log’an, Katta Farg’ona kanallari, Kattaqo’rg’on suv ombori kabi ko’plab suv inshootlari qurildi. Dalvarzin, Sovoy, Uchqo’rg’on, Mirzacho’l, Chirchiq-Ohangaron vodiylarida, Zarafshon daryosi havzasida, 233 shuningdek, Qashqadaryo va Surxondaryoda irrigatsiya tarmoqlari ancha yaxshilandi. 1929-1933 yillarda bu sohaga 234,9 mln. rubl sarflandi. 1939 yilda O’zbekiston KP(b) Markaziy Qo’mitasi va respublika hukumati xashar yo’li bilan Katta Farg’ona kanalini qurish to’g’risida qaror qabul qildi. O’sha yilning 1 avgustidan 160 ming kolxozchi kanal qurilishini boshlab yubordi. Uzunligi 270 kilometr bo’lgan bu kanal asosan qo’l mehnati bilan 45 kun ichida qurildi. Katta Farg’ona kanali Farg’ona vodiysining asosiy qon tomiri bo’lib qoldi. Vodiyda 60 ming gektar cho’lli erlar o’zlashtirilib, 500 ming gektar erni suv bilan ta’minlash imkoniyati yaratildi. Shuningdek, ikkinchi jahon urushidan oldingi yillarda Shimoliy va Janubiy Farg’ona kanallari, Toshkent kanali, Kampirrovot suv to’g’oni, Qoraqalpog’istonda Qizketgan kanali, sig’imi 1 mln kub\ metr bo’lgan Kattaqo’rg’on suv ombori va ko’plab boshqa suv inshootlari barpo etildi. Buning natijasida 1937-1940 yillarda respublikada sug’oriladigan er maydonlari qo’shimcha 200 ming gektarga ko’paydi. Shunday qilib, Sovet hokimiyati qishloqda kollektivlashtirish siyosatini olib borishda qishloq ahliga nisbatan nechog’lik zug’um o’tkazmasin hamda ne-ne og’ir sinov-sinoatlarga duchor etmasin, biroq ular xalq irodasini, uning azmu qororini so’ndira olmadi. O’zbek xalqi fidoyilik bilan mehnat qilishda davom etdi.




  1. Yüklə 2,21 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin