O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə93/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

O’zbekiston SSR

  • Turkmaniston SSR

  • O’zbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR

  • Qirg’izlar yashagan hududlar RSFSR tarkibida Qoraqirg’iz (Qirg’iziston) muxtor viloyati

  • Qozoqlar yashaydigan tumanlari RSFSR tarkibida Qozog’iston ASSR

  • Qoraqalpoqlar yashaydigan hududlar Qozog’iston ASSR tarkibida Qoraqalpoq muxtor viloyati.

    Natijada yagona Turkiston xalqlari bir - biridan sun’iy ravishda uzoqlashtirildi. Bu hol sovetlarga o’lkada o’z hokimiyatini mustahkamlash uchun katta imkoniyatlar yaratib berdi. O’zbekiston SSR Milliy chegaralanish natijasida O’zbekiston SSR tashkil etildi. O’zbekiston SSR hududida butun hokimiyat O’zbekiston SSR sovetlarining ta’sis qurultoyiga qadar Muvaqqat inqilobiy qo’mita ixtiyoriga berildi. Sobiq Buxoro respublikasi hukumati raisi, taniqli davlat arbobi Fayzulla Xo’jaev O’zbekiston SSR Inqilobiy qo’mitasi raisi etib tasdiqlandi. O’zbekiston SSR tarkibiga quyidagi xududlar kiritildi:

    • sobiq Turkiston ASSR dan 9 ta u’ezd, 133 tuman va 7 qishloq okrugi;

    • sobiq Buxoro respublikasining 9 ta tumani;

    • sobiq Xorazm respublikasining 23 ta tumani.

    O’zbekiston SSR tashkil etilgan paytda uning hududi 312394kv. km.ni, aholisi 4 mln. 447 ming 55 kishini tashkil etar edi. 1926 yil ma’lumotlari bo’yicha milliy tarkibiga ko’ra aholining 74,2 foizini o’zbeklar, qolganini esa boshqa xalqlar vakillari tashkil etar edi. 1924 yil 5 dekabrida Inqilobiy Qo’mita butun O’zbekiston xalqiga murajaat qilib, O’zbekiston SSR tuzilganligini, uning tarkibiga Tojikiston ASSR kirganligini ma’lum qildi. Milliy chegaralanish bilan bir vaqtda iqtisodiy bo’linish ham o’tkazildi. Sobiq Turkiston, Buxoro, Xorazm respublikalariga tegishli barcha boyliklar yangi milliy respublikalar o’rtasida qayta taqsimlandi. Bu ishlar Sovet hukumati tomonidan maxsus tuzilgan O’rta Osiyo tugatish komissiyasi boshchiligida amalga oshirildi. 1925 yil 13 fevralda Buxorodagi «Xalq uyi»da Butuno’zbek sovetlari birinchi qurultoyi ochildi. Qurultoy «O’zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligi to’g’risidagi Deklaratsiya»ni qabul qildi. Qurultoyda davlat hokimiyati oliy organlari tuzilganligi rasmiylashtirildi. O’zbekiston SSR Sovetlari MIQ Raisi lavozimiga farg’onalik dehqon, «Qo’shchi» uyushmasi rahbarlaridan biri Yo’ldosh Oxunboboev saylandi. O’zbekiston SSR hukumati - Xalq Komisarlari Kengashi Raisi lavozimiga Fayzulla Xo’jaev tasdiqlandi. Samarqand shahri O’zbekiston SSRning poytaxti etib belgilandi, 1930 yilda poytaxt Toshkentga ko’chirilgan. Milliy chegaralanish davrida O’rta Osiyoda faoliyat ko’rsatib kelgan partiya, komsomol va xo’jalik tashkilotlarida ham bir qator tashkiliy o’zgarishlar amalga oshirildi. Sobiq Turkiston, Buxoro va Xorazm komunistik partiyalari, komsomol, va xo’jalik tashkilotlari, kasaba uyushmalari qayta tashkil etildi. 224 O’zbekiston kompartiyasi 1 ta’sis s’ezdi 1925 yil 8 fevralda Buxoroda ochildi. S’ezdda O’zbekiston Komunistik (bolsheviklar) partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashdi. Uning Markazqo’mi saylandi. V.I. Ivanov va A. Ikromov (1927 yildan birinchi kotib) Markaziy Qo’mitaning mas’ul kotiblari etib saylandilar. Shu yili O’zbekiston komsomoli (O’z LKSM), respublika kasaba uyushmalari, ularning rahbar organlari ham tuzildi. 1925 yil mayda O’zbekiston SSSR tarkibiga kiritildi. SSSR Konstitutsiyasi, uning asosiy qonun- qoidalari O’zbekiston SSR hududida ishlaydigan bo’ldi. 1927 yilda qabul qilingan O’zbekiston SSRning birinchi va 1937 yildagi ikkinchi Konstitutsiyasi ham amalda SSSR Konstitutsiyasining ko’chirma nusxasi edi. Chunki O’zbekiston qog’ozdagi «suveren» respublika bo’lib, amalda Markazga tobe bir o’lka edi, xolos. U o’z xalqining milliy manfaatlariga oid biror-bir dolzarb, hayotiy ahamiyatga molik masalani ittifoq hukumatidan xoli, mustaqil hal eta olmasdi. Binobarin, respublikaning ichki va tashqi siyosatiga daxldor barcha masalalar faqat Markaz xohish-irodasi bilangina hal etilardi. Hatto O’zbekistonning ma’muriy-hududiy tuzilishiga oid masalalar ham ittifoq hukumati tasarrufida edi. Masalan, 1929 yilda Tojikiston ASSR O’zbekiston SSR tarkibidan chiqarilib, Tojikiston SSRga aylantirildi hamda SSSR tarkibiga olindi. Shuningdek, 1936 yilga kelib avval Qozog’iston ASSR, keyin RSFSR (1932-1936 yil) tarkibida bo’lgan Qoraqalpog’iston muxtor viloyati muxtor sovet sotsialistik respublikasiga aylantirilib, O’zbekiston SSR tarkibiga kiritildi. Shunday qilib, qog’ozda suveren respublika sifatida shakllantirilgan, hukmron sovet imperiyasi tarkibiga kirgan O’zbekiston SSR amalda Markazga to’la bo’ysunuvchi, arzon xomashyo mahsulotlari etkazib beruvchi o’lka bo’lib qolaverdi.



    Yüklə 2,21 Mb.

    Dostları ilə paylaş:
  • 1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   182




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin