O’ z b e k I s t o n r e s p u b L i k a s I o L i y V a o’ r t a m a X s u s t a ‘ L i m V a z I r L i g I


Ma’naviy hayot sohalaridagi mafkuraviy cheklashlar, byurokratik



Yüklə 2,21 Mb.
səhifə103/182
tarix18.12.2023
ölçüsü2,21 Mb.
#184131
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   182
O’ Z B E K I S T O N T A R I X Ibarcha bakalavr yo’nalis

3. Ma’naviy hayot sohalaridagi mafkuraviy cheklashlar, byurokratik
holatlarning avj oldirilishi va uning oqibatlari
Ikkinchi jahon urushidan keyingi O’zbekistonning ma’naviy-madaniy hayotiga nazar tashlar ekanmiz, bunda hukmron tuzum siyosati va mafkurasining bosimi tobora kuchayib borganligiga amin bo’lamiz. Negaki, kommunistik mafkura butun choralar bilan jamiyat ma’naviy hayotini o’z domiga tortishga, fuqarolarning ongi, dunyoqarashini o’z g’oyalari, qarashlari ruhida tarkib toptirib borishga harakat etdi. Bu ta’lim va tarbiya tizimida, ilm-fan jabhasida yoxud adabiyot va san’atda birdek namoyon bo’ldi. Kompartiya va sovet hukumati O’zbekistonda go’yo xalq ta’limi tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, uni jonli hayot, amaliyot bilan bog’lash bahonasi bilan haqiqatda bu sohaning asl mazmun, mohiyatini mafkuralashtirish yo’lini tutdi. O’sha davrda xalq ta’limi tizimining hukmron Markaz inonixtiyorida bo’lganligini Moskvadan tayyorlab yuborilgan, o’quv jarayonining barcha bo’g’inlariga taalluqli dasturu standartlar, darsliklaru qo’llanmalar va boshqa o’quv jihozlari ham to’liq tasdiq etadi. Sovet mutasaddilari nima sababdan bu muhim sohani o’z ta’sirida ushlaganligi va bundan ko’zlagan maqsadlari ma’lumdir. Shu bois Yurtboshimiz ta’kidlab o’tganidek, «Eski qolipda, mustabid davrda yozilgan darsliklardan foydalanib, eski mafkuradan xalos bo’lmasdan bolalarimizni yangicha fikrlashga o’rgatolmaymiz, axir». Ayniqsa kadrlar tayyorlash sifati past edi. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, ko’pchilik xaqiqiy bilim olish yoki malaka ortirish maqsadida emas, amal-taqal qilib diplomli bo’lib olish ilinjida oliy o’quv yurtlariga kirardi. Buning ustiga o’quv yurtlariga kirgan talabalar, aytaylik, chinakam milliy ruhda chuqur bilim va tarbiya olish imkoniyatidan mahrum etilgandi. Negaki, bu ta’lim tizimi o’z mohiyati e’tibori bilan hukmron tuzum siyosati va mafkurasi bilan yo’g’rilgan edi. U davrda yaratilgan barcha o’quv dasturlari, ta’lim andozalari, qo’lanmalar, darsliklar va boshqa o’quv jihozlari mana sha ruhda tayyorlanardi. Markazda bir guruh «bilog’on» mutaxassislar tayyorlagan, milliy huddudlar, u erda yashovchi odamlarning o’ziga xos hususiyatlari, milliy o’zliklari, hayotiy tajribalari, an’analarini mutlaqo inkor etgan o’quv dasturlari, ta’lim hujjatlari butun SSSRdagi maktablar, o’quv yurtlariga to’g’ridan-to’g’ri majbur etilardi. Shuningdek, o’quv yurtlarining o’quv rejalari va dasturlari turli sabablar orqasida 60-70 yillarda uch marta o’zgartirildi. Har safar o’qitiladigan fanlar yangilari hisobiga ko’payib, o’quv materiallari hajmi oshib bordi, talabalarning mustaqil o’qib, o’rganishlariga ajratiladigan vaqt esa tobora kamayib bordi. Talabalarning uzoq muddatli qishloq xo’jalik ishlariga surunkali jalb etilishi ham o’quv jarayoniga salbiy ta’sir ko’rsatmay qolmadi. O’quv yurtlarida tanish-bilishchilik, qarindosh-urug’chilik, oshnaog’aynigarchilik, poraxo’rlik, tamagirlik singari xavfli illatlarning ildiz otishi hollari ham bu tizim obro’siga jiddiy putur etkazdi. Ayniqsa bundan kadrlar tayyorlash sifati sezilarli zarar ko’rdi. Ayni chog’da hukmron tuzum tazyiqi ilm-fan sohasini ham chetlab o’tmadi. Katta mamlakat va uning turli milliy hududlarida faoliyat ko’rsatuvchi ilmiy muassasalar, ilmiy-tadqiqot institutlari, ko’p sonli iqtidorli, salohiyatli ilmiy kadrlarning inon-ixtiyori Moskva va uning keng tarmoq otgan ilmiy markazi tasarrufiga bo’ysundirilgandi. Bu kuchlar sobiq tuzum mutasaddilari buyurtmasini bajarib, ko’p zamonlar milliy respublikalarda ilmu fan ravnaqiga, uning zahmatkash fidoyilari mehnatining qadrlanishi, e’tirof topishiga to’sqinlik qilardilar. Buning natijasida olimlarimizning ko’p yillik izlanishlari mahsuli bo’lgan qancha-qanchalab noyob kashfiyotlar, ixtirolar hayot yuzini ko’rmay, amaliyotga tatbiq etilmay qolaverardi. Buning ustiga ilm-fanda katta kashfiyotlar qilgan, o’z maktabini yaratgan respublikaning ne-ne mashhur allomalari ham sovet fanining bosh markazi – SSSR Fanlari Akademiyasi nazar-e’tiboridan chetda qolaverdi. Sovet hukmronligining butun 70 yillik davri davomida sobiq SSSR FA tarkibiga O.Sodiqov, H.Abdullaev, S.Yunusov, E.Yusupov singari barmoq bilan sanarli o’zbek olimlaringgina a’zo bo’lib saylanganligi fakti ham bunga jonli misol bo’la oladi. Hukmron sovet mafkurasi tazyiqi va iskanjasi ta’siridan respublikaning

Yüklə 2,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin