O 'z b e k ist o n respublikasi oliy va 0 ‘rta m a xsus t a ’lim vazirlig1


səhifə249/301
tarix27.12.2023
ölçüsü
#199904
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   301
Materiallar qarshiligi (2)

13.1 Asosiy tushunchalar
Ustuvorlik deganda, inshootning tashqi kuchlar ta ’sirida o ‘zining dast­
labki holatini yoki deformatsiyasining dastlabki shaklini saqlab turish xos- 
sasi tushuniladi. Inshootlaming ustuvorligi ham mustahkamligi singari tashqi 
kuchlarning miqdoriga bogMiq. Kuch m a’lum miqdorga yetguncha inshoot 
o ‘zining ustuvor holatini yoki deformatsiyasining dastlabki shaklini saqlab 
turadi. Kuch m a’lum miqdordan oshganida, inshootning ustuvorligi buzila- 
di, y a’ni dastlabki holati yoki deformatsiya shakli o ‘zgaradi.
Fikrimizni misollar yordamida ravshanlashtiramiz. 13.1-rasmda botiq, 
qavariq va tekis sirtga o‘matilgan og‘ir sharcha tasvirlangan. Agar sharchani 
biroz og‘dirib, so‘ng o ‘z holiga qo‘ysak, quyidagi vaziyat yuzaga keladi: bi­
rinchi holda sharcha o ‘zining dastlabki holatiga qaytib keladi. Uning bu ho­
lati 
ustuvor m uvozanat
holati deb ataladi. Bu holda sharcha eng kichik po­
tensial energiyaga ega boMadi. Ikkinchi holda sharcha dastlabki holatiga qayt- 
maydi. Bu hoi 
noustuvor muvozanat
holatiga kiradi. Bunda sharchaning po­
tensial energiyasi eng katta qiymatga ega boMadi. Uchinchi holda sharcha 
ozgina yurib to ‘xtaydi, dastlabki holatiga qaytmaydi. Bunday holat 
befarq
m uvozanat
deb yuritiladi. Bunda potensial energiya o ‘zgarmas boMadi.
Keltirilgan misol qattik jism holatining ustuvorligiga doir. Biz bu misol 
yordamida ustuvor, noustuvor va befarq muvozanatlar qanday boMishini bilib 
oldik. Endi m ana shu vaziyatlar elastik sistem alard a qay tariq a sodir 
boMishini ko‘rib oMaylik.


M a’lumki, tashqi kuchlar ta’sirida elastik sistemalarda elastik deformatsi­
yalar hosil boMadi. Tashqi kuchlaming miqdori orta borib, ma’lum qiymatga 
yetganda, deformatsiya shakli noustuvor bo‘lib qoladi; boshqacha qilib ayt- 
ganda, tashqi kuchlaming ma’lum qiymatida elastik sistemaning dastlabki 
deform atsiya shakli o ‘z ustuvorligini y o ‘qotadi. Sistema ustuvorligi 
y o ‘qolganda, tashqi va ichki kuchlar orasidagi muvozanat ham buziladi.
Ustuvor va noustuvor holat orasidagi chegara sistemaning 
be/arij holati
deb ataladi.
Ustuvor muvozanat holatidagi sistemani kichik 
masofaga og'dirilsa, 
og'diruvchi sabab y o ‘qolgach, sistema dastlabki holatiga qaytadi. 'Noustu­
vor muvozanatda qo‘shimcha yuk qo ‘yilmasa ham deformatsiya davom etadi. 
Befarq muvozanatda esa sistema og‘ganicha qolaveradi.
Amalda ustuvorlik buzilishi (yo‘qolishi)ning ikki turi mavjud. Ustuvor­
lik buzilishining birinchi turida, ya’ni kuch asta ortib borganda, deformatsi- 
yaning dastlabki shakli yo ‘qolib, uning o'rniga yangi shakli hosil boMadi 
va rivojlanib boradi.
Deformatsiyani 
bir shakldan ik­
kinchi shaklga o ‘tkazuvchi kuch 
kritik
kuch
deb ataladi.
Ustuvorlik buzilishining birinchi tu- 
riga misol keltiramiz (13.2-rasm). Agar 
P
latini saqlaydi. M uvozanatning bu 
ko'rinishi ustuvor muvozanat sanaladi.
Agar ustunni to‘g ‘ri chiziqli holatidan 
chiqariisa (masalan, ozgina turtki beril- 
sa), sterjen tebrana boshlaydi va ichki 
kuchlaming qarshiligi tufayli yana dast­
labki to‘g'ri chiziqli holatiga qaytadi.
Siquvchi kuch P ning qiymati orta 
13.2-rasm.
borib, kritik qiymatga yetganda muvo­
zanatning to ‘gMi chiziqli shakli noustuvor boMib qoladi. Kuchning bu qiy­
matida berilgan ozgina turtki ustunda deformatsiyaning yangi shaklini -
egilish deformatsiyasini hosil qiladi.
P=Pkl boMganda, ustunning to‘g‘ri chiziqli deformatsiyasi noustuvor, egri 
chiziqli deformatsiyasi esa ustuvor boMadi. Kuchning qiymati kritik qiy- 
matdan oshsa, egilish deformatsiyasi tez o ‘sib borib, ustun butunlay ishdan 
chiqadi.
H
t
A


Ustuvorlikning buzilishi (yo‘qolishi)ning ikkinchi turini ko‘rib o ‘tamiz. 
Ustuvorlik buzilishining ikkinchi turida deformatsiyaning yangi shakli paydo 
boMmay, dastlabki deformatsiya keskin ravishda o ‘sib boradi (13.3-rasm, a).
M a’lum chegarada С shamirga ko‘yilgan P kuchining ortishi bilan sol­
qilik yc ham mos ravishda ortib boradi. Bunda tashqi va ichki kuchlar orasi­
dagi muvozanat saqlanadi. Biroq bu jarayon davomida shunday holat vu­
judga keladiki, bunda tashki kuch P ning qiymati ortmasa ham solqilik yc 
ortib boraveradi (13.3-rasm, b). Deformatsiyaning uzluksiz ravishda o‘sib 
borishiga olib keluvchi o ‘zgarmas kuch 

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   301




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin