1 «Avesto» tiklangandan so ‘ng unga bitilgan sharhlarni «Zand» deb atay
boshladilar. Shuning uchun ham ilmiy adabiyotlarda «Zand-Avesto» termini yu-
zaga keldi.
2 M a’rifat, 2003-yil 18-yanvar.
3 «Unsur» arabcha so ‘z bo'lib, jism tarkibidagi modda m a’nosini anglatadi.
31
tuproqqa qaytarmoq uchun, eng aw alo, tanadagi go‘shtni su-
yagidan ajratmoq lozim, deb hisoblangan. Chunki odam go‘shti
harom b o ‘lganligi uchun muqaddas tuproqni bulg'ashi mumkin.
Xuddi shuning uchun ham o ‘lgan kishilar suyagini go‘shtidan
ajratm oq uchun m urdalar o ‘laksaxo‘r qushlar, itlar oldiga
q o ‘yilgan. Murdaning go‘shti suyagidan ajralib qolgach, maxsus
moslamalarga joylashtirilib, yerga ko‘milgan. Shunday qilib, zar
dushtiylik ta ’limotida ta ’kidlanishicha, tabiatdan olingan odamzot
tanasi yana uning o'ziga qaytarilgan.
«Avesto» kitoblaridan biri — «Yasht»da ta ’kidlanishicha, in
son o ‘lgandan so‘ng, uning butun umri davomida qilgan ish-
lariga adolatli baho berilmog‘i darkor. 0 ‘limdan so‘ng m arhum
bilan vidolashilayotgan eng so‘ngi kezlarda uning bosib o ‘tgan
hayot yo‘li adolat tarozisiga qo'yiladi. Adolat tarozisining bir
pallasida marhum qilgan jam iki yaxshi ishlari, boshqa bir pal-
lasiga yovuzlik, jaholat bilan bog‘liq nojo‘ya xatti-harakatlari
q o ‘yiladi. Yaxshilik, ezgulikka qaratilgan ishlari og‘irlik qilsa,
m arhum ruhi jannatga, yovuzlik va jaholatga qaratilgan ishlari
ustunlik qilsa do‘zaxga jo ‘natiladi. Zardushtiylik ta’limotida odam
tanasi bilan joni orasidagi o ‘zaro aloqadorlikning mohiyatini
tushuntirishga qaratilgan fikr-mulohazalaming ko‘pligi alohida
ahamiyatga molikdir. Ushbu ta ’limotga asosan, odam o ‘lgandan
so‘ng uning joni uch kun tanada turar emish. Faqat to ‘rtinchi
kunda jo n go‘zal qiz qiyofasiga kirib, farishtalar yo‘lboshchiligida
narigi dunyoga jo ‘naydi. Narigi dunyoga yetib borgach, o'sha
go‘zal qiz «Chinvat» degan ko‘prikdan o'tishi lozim. Bu dunyoda
yaxshi ishlar qilgan odam uchun o ‘sha «Chinvat» ko‘prigi
kengayarmish. U ndan bemalol o ‘tib olgan, tanani tark etgan
jon abadiy rohat-farog‘atda yashar emish. Rohat-farog‘atda yasha-
yotgan jo n lar oxiratni kutib yotaverarmish. O 'liklar tirilishi
m uqarrar bo'lgan oxirat yetib kelgach, o‘z tanalariga yana qaytib
kelarkanlar. Um rida birovlarga yaxshilik qilmagan, yovuzliklar
bilan shug‘ullangan odam lar joni «Chinvat» ko'prigidan o ‘ta
olmas ekan. Bunday kimsalar uchun ko'prik torayib qolar,
ulam ing jonlari jahannam azoblariga giriftor bo'larkan.
Zardushtiylik ta ’limotiga ko‘ra, olam biri ikkinchisiga qara-
m a-qarshi kuchlar, xususan, yaxshilik bilan yomonlik, rost bilan
yolg'on, yorug‘lik bilan zulmat orasidagi kurashga asoslangan.
Bu kurashni hech qachon murosaga keltirib bo'lmaydi. Shuning
32
uchun ham bu kurash butun koinotni qamrab oladi. Yaxshilik,
yorug‘lik, rostgo‘ylik Ahura Mazda, yomonlik, zulmat esa Anhra
M anu (Ahriman) Xudolari timsolida namoyon bo‘ladi. Xuddi
shuning uchun A hura M azda butun olam ni, yerni, suvni,
o‘simliklami, hatto dastlabki odamni ham yaratgan emish. Butun
tirik mavjudot, hayotni ham Ahura Mazda kashf etibdi.
Ahura M azda yaratgan birinchi Odam Ato Iyim deb nom -
langan ekan. Ahura Mazdaning ko‘rsatamasiga muvofiq, Iyim
yer yuziga turli jonli mavjudotlar, xususan, odamlar, hayvon-
lar, qushlar urug‘ini sochib, osoyishtalik bilan parvarish qilibdi.
Ularning o ‘sib ulg‘ayishi uchun zarur bo ‘lgan qizil shu’la tara-
tib turuvchi olovni ko‘paytiribdi. Shu asnoda, Iyim yer yuzida
900 yil yashabdi. Odam bolasining soni ko‘payib ketib, yer
yuzi unga torlik qila boshlabdi. Ana shunda Iyim Xudoga iltijo
qilib, yerni kengaytirishni so‘rabdi va bunga erishibdi ham.
Kunlarning birida Ahura Mazda yer yuzini muzlik bosib kelayot-
ganligi haqida Iyimni xabardor qilibdi. Iyim yer yuzida mavjud
b o ‘lgan tirik m av ju d o tlar u ru g ‘ini saqlab qolish u c h u n
shoshilinch choralar ko‘rishga kirishibdi. Maxsus uy qurib, yer
yuzida yashab turgan barcha tirik mavjudotlaming eng yaxshi
zoti, a’lo navlaridan bir juftdan saqlab qolibdi. Shunday qilib
Iyim, yer yuzida yashovchi tirik jonzotlarni dahshatli ofatdan
saqlab qolgan ekan.
Zardushtiylik diniy-falsafiy ta ’limotida ta ’kidlanishicha, Xudo
asli odamzotni yaratganda uni umuman o‘lmaydigan, mangu
yashaydigan qilib yaratgan ekan. Lekin o ‘sha Odam Ato — Iyim
o ‘zi amalga oshirgan xayrli ishlardan mag‘rurlanib ketib, Xudo
tom onidan taqiqlab qo‘yilgan ne’mat — qoramol go‘shtidan
tanaw ul qilib qo‘yadi. Oqibatda Xudoning qahriga uchraydi.
Shunday qilib, odamzot abadiy yashash imkoniyatidan mahrum
b o ‘lib qolibdi.
Yaxshilik xudosi Ahura Mazdani xayrli ishlarini kuzatib tu r
gan yomonlik xudosi Anhra Manu ham tek turmadi. U osmonni
toraytirdi, kishilaming qalbiga g ‘ashlik va xafalik soldi. Makr,
xiyla, riyokorlik, ayyorlikning turli-tum an ko‘rinishlarini yarat-
di. Xuddi o ‘sha Anhra Manu alvasti, ajdaho, dev kabi jonzo
tlarni o ‘ylab topdi. Zaharli jonivorlar, qumursqalarni yaxshilik,
mangulikka qarshi qo‘ydi. Yaxshilik bilan yomonlik orasidagi
kurash borgan sari avj olaverdi.
33
Zardushtiylik ta ’limotiga ko‘ra, inson faoliyatini boshqarib
turgan eng muhim qudrat — axloq-odob normalaridir. Shuning
uchun Zardusht oliy ibtido — Ahura M azdadan insonning
kundalik amaliy faoliyatini axloqiy kamolot tom on boshqaruv-
chi qonun-qoidalami aniqlab berishni so‘raydi. Ana shunda Ahura
Mazda butun olam borlig‘i ikki yirik boshlang‘ich asos — ezgu-
lik va yovuzlik atrofida mujassam ekanligini xabar qiladi. Biri
ikkinchisiga zid bo ‘lgan ushbu asoslar doimo o ‘zaro aloqador-
likda bo‘ladi. Bunday holat hayot va o‘lim, osmon va jahannam
orasidagi kurashda yaqqol namoyon bo'ladi.
Zardushtiylik ta ’limotida «hayotning eng yomon onlari», ya’ni
yomonlik jahannam ga, yaxshilik, ezgulik esa musaffo, beg'ubor
osmonga qiyos qilinadi. Yaxshilik va yomonlik olamda mavjud
b o ‘lgan hodisalar, voqealar mohiyatidan kelib chiqadi. Imonli,
e’tiqodli kishilar yaxshilik bilan yomonlik orasidagi uzoq vaqt-
dan buyon davom etib kelayotgan dushmanlikni ustakorlik b i
lan bartaraf etishlari darkor. Odamlar Ahura Mazda tom onidan
yuborilgan axloqiy norm alar, tartibotlarga amal qilsalar, uning
pand-u nasihatlariga quloq solsalar, yomonlik ustidan yaxshilik-
ning g‘alabasi ta ’minlanadi.
Zardushtiylikning m uqaddas kitobi — «Avesto» («Yasna»)da
bayon etilishicha, yaxshilik bilan yomonlik orasidagi kurashda
oraliq yo‘l bo‘lmasligi lozim. Shuning uchun ham har bir kishi
bunday jarayondan chetda turishi mumkin emas. Chunki yaxshi
lik bilan yomonlik orasidagi kurashda hal qiluvchi rolni inson-
dagi im on-e’tiqod o ‘ynaydi. Im on-e’tiqodli kishi hamisha yax
shilik tomonida turadi. Xuddi o ‘sha im on-e’tiqod yaxshilik bilan
yomonlikni birini ikkinchisidan ajrata bilish imkoniyatini yara-
tadi.
Z ardushtiylik falsafasida ta ’kidlanishicha, inson im o n -
e’tiqodining uchta yirik tayanchi bo ‘ladi: fikrlar sofligi («ezgu
fikr»), so‘zdagi sobitlik («ezgu kalom») hamda faoliyatning in-
sonparvarligi («ezgu amal»). «Avesto»da yozilishicha, im on-
e’tiqodning mustahkamligini ifodalovchi alomatlar turli-tum an
bo‘ladi. Xususan, bergan so‘zining ustidan chiqish, unga sodiq
qolish, savdo-sotiqda tuzilgan shartnomalarga qat’iy amal qilish,
qarzni o‘z vaqtida to ‘lash, aldamchilik va xiyonatdan xoli bo‘lish,
im on-e’tiqodlilik alomatlaridir. Imonli odam o ‘g‘rilik va talonchi-
likdan, birovlarning m ol-u dunyosiga ko‘z olaytirishdan o ‘zini
34
saqlaydi. Im o n -e’tiqodli inson uzluksiz o‘z bilimlarini oshirib
boradi, kasb -ko r m alakalarini tak o m illash tirad i, kishilarni
m a’rifatga, insof-u diyonatga, insonparvarlikka chorlaydi. Inson
m a’naviy yetuk bo‘lsa, kasb-kor, bilim-ilm bilan rizq topib
yashasa, kun o ‘tkazsa uning imoni butunligidan dalolat beradi.
Bunday kishilar hech qachon odamlar nazaridan chetda qol-
maydilar.
Zardushtiylik ta’limotda yaxshilik, ezgulikning barcha qirralarini
o ‘zida mujassamlashtirgan, adolatli barkamol insonni shakllan-
tirish g‘oyasi markaziy o ‘rinni egallaydi. Zardushtiylikning yax
shilik Xudosi Ahura M azda odamlarni insof, diyonatga undaydi,
b ir-b irla ri b ila n m u ro sa qilib yashashni o d a t q ilish lari,
g‘arazgo‘ylik, hasadgo‘ylik, kalondimog‘lik, shuhratparastlik kabi
g'ayriinsoniy qiliqlardan o ‘zini tiyib yurishga chorlaydi. Bunday
olijanob istaklarning ijobat bo ‘lishida Ahura Mazdaga «Abadiy
yaxshilik», «Yaxshi fikr», «Yaxshi tartib», «Munosib qudrat»,
«Ilohiy tobelik», «Sihat salomatlik», «Abadiylik» kabi qadriyat-
lar madad berib turadi.
Zardushtiylik qoidalariga k o ‘ra, insonning barkamolligini
belgilashda, uning nafaqat tashqi qiyofasi, balki m a’naviy
dunyosi ham hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shuning uchun
ham Ahura M azda tanalaringizga nisbatan qalbingiz haqida
ko‘proq qayg‘uring, chunki m a’naviy dunyongiz qancha musaffo
bo‘lsa, moddiy turm ushingiz ham farovon b o ‘lib boraveradi,
deb tushuntiradi. «Avesto»da ta ’kidlanishicha, insonning m a’naviy
yetukligi uning do‘st-u birodarlariga sadoqati, kechirimli bo‘lishi,
johillarning qalbini yaxshilik nuri bilan to ‘ldirishi, yomonlikka
yaxshilik bilan javob qaytarishi kabi m ezonlar bilan o ‘lchanadi.
Yodnomada insonning m a’naviy-axloqiy fazilatlarini ulug'laydigan
bir qator fikr-m ulohazalar bugungi kun uchun ham o ‘z qadrini
yo‘qotmaganligi diqqatga sazovordir. Chunonchi: « 0 ‘zgalarni yax-
shilikka yo‘llay olgan odam nigina yaxshi odam deyish m um
kin», «Tangri rostgo‘ylarning nigohbonidir», «Menga hamisha
g‘ayrat va shijoat baxsh et. Meni hamisha g ‘aflat uyqusidan
yiroq tut», «Qayerda ikki tan bir-birini q o ‘llasa, o ‘sha yerda
ish yurishadi» va hokazo. K o ‘rinib turibdiki, zardushtiylik
ta ’limotida m a’naviyat har tom onlam a ulug‘langan. M a’naviyat,
bilim -ilm ahlining, m udarris-u muallim larning tafakkur dara-
jasiga, o ‘z vazifasiga bo ‘lgan fidoyiligiga, xalqi, Vatani oldi-
35
dagi m as’uliyatini nechog‘lik his etishiga bog‘liqligiga alohida
e ’tibor berilgan.
«Avesto»(«Yasht»)da ta ’kidlanishicha, inson o ‘zining olijanob
insoniy fazilatlari bilan g‘ayriinsoniy xatti-harakatlarga qarshi
b o ‘lmog‘i lozim. Olijanob insonlarning sa’y-harakatlari tufayli
yurtda: farmonbardorlik bo ‘ysunmaslik ustidan, sulh mojaro usti
dan, to ‘g‘rilik egrilik ustidan, g ‘ayratlilik tanballik ustidan, rost-
go'ylik yolg‘onchilik ustidan, adolat zulm ustidan tantana qilmog‘i
darkor. Zardushtiylik odamlarni do ‘st-u birodar bo‘lib yashashga
d a’vat etadi. Irqi, qavmi, aymog‘i, dinidan qat’iy nazar ham -
mani basharning baravar a ’zosi deb biladi. Dinni ro ‘kach qilib
munofiqlik bilan odam lar orasida noittifoqlik urug‘ini sochadi-
gan riyokor oqimlarni qattiq qoralaydi.
«Avesto» («Yasht») sahifalarida insonparvarlik, vatanparvar-
lik, odam larga yaxshilikni ravo k o ‘rish h a r to m o n lam a
ulug‘lanadi. G ‘aflat va loqaydlik esa qoralanadi. Birovlarga jabr-
zulm o ‘tkazgan kimsalardan uzoq yurishga, behuda qirg‘inbarot
u ru sh lard an zarar k o ‘rgan jab rd iy d alarg a yordam q o ‘lini
cho‘zishga chaqiriladi.
Zardushtiylikning asoschisi Zardusht Spitamonning fikriga
ko‘ra, insonning m a’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanish jara-
yonini tezlashtirmoq uchun, odam lar orasidagi ishonchsizlikni
o ‘rtadan ko‘tarm oq darkor. Qavm-u qarindoshlar orasida bir-
biriga adovat, dushmanlik boim asligi lozim. H am kor-u ham na-
faslar g‘alamislardan qutulm og‘i, jahon ahli yomon rahbarlar
zulmidan xoli bo‘lmog‘i zarur. El-yurtda osoyishtalik, barqarorlik
hukmron bo‘lmog‘i, fuqarolar ongi va faoliyatida nafaqat o ‘zi,
balki boshqalar haqida g ‘am xo‘rIik qilish tuyg‘usi ustuvor
bo‘lmog‘i darkor.
«Avesto»da qayd etilishicha, insonning yashashi uchun eng
muhim shartlardan biri yeiga bo‘lgan oqilona munosabatdir. Xuddi
shuning uchun ham zardushtiylik ta ’limoti kishilarni yerdan
unumli, oqilona foydalanishga da’vat etadi. Qo‘riq, bo‘z yerlarni
o ‘zlashtirish, uni sug‘oriladigan, ekin ekiladigan maydonlarga
aylantirish, ayniqsa, g‘alla ekish insonning muqaddas, olijanob
ishlaridan biri, chunki g‘alla inson tirikchiligining asosi, deb
qaraladi. Ana shunday olijanob maqsad yo‘lida halol mehnat
qilish — inson hayotining mag‘zidir, deyiladi. Shuningdek, ijti-
moiy-foydali mehnat, uning samarasi, ya’ni halol m ehnat tu-
36
fayli yetishtirilgan hosil yovuz kuchlarga (hatto devlarga) be-
rilgan qaqshatqich zarba, deb hisoblanadi.
«Avesto» bashoratlarida e ’tirof etilishicha, yerdan unumli,
oqilona foydalanmoq uchun, unga «yaxshi, sog‘lom urug‘ sepish»
lozim. Yerga yaxshi niyat bilan urug‘ qadash, o ‘n ming marta
ibodat qilish yoki yuzlab jonivorlarni qurbonlikka so‘yishdan
afzal, deb hisoblanadi. Ekin ekish, dehqonchilik qilish ona
zaminda mavjud bo ‘lgan turli yovuzliklami haydash, uning il-
dizini quritishning m uhim yo‘li, deb qaralgan. Kim yerga urug‘
qadasa, u o ‘zidagi odamiylikning darajasini, im on-e’tiqodining
mukammalligini namoyish qiladi. Yagona shu yo‘l haqiqat bo‘lib,
qolganlari sarobdir, deyiladi. Xuddi shuning uchun ham, odam-
larning, ayniqsa, yoshlarning m ehnat tarbiyasiga e’tibor qara-
tildi. M adaniy-tarixiy yodgorlikda ta ’kidlanishicha, odamlarning
halol m ehnat qilishi, ularning rizq-ro‘zlarining, baxt-saodatla-
rining manbaidir. Halol m ehnat sohibi uchun g‘ayriinsoniy odat-
lar: o ‘g ‘irlik, xiyonat, bezorilik bilan shug‘ullanishga vaqt topil-
maydi.
Zardushtiylik ta ’lim otiga muvofiq, inson barkam ol b o ‘lib
rivojlanishi uchun yaxshi ovqatlanishi zarur. Zardusht vasiyat-
lariga ko‘ra, yom on ovqatlangan xalq na yaxshi, na kuchli
ishlovchilarga, na sog‘lom, na baquw at bolalarga ega b o ‘ladi.
Y omon ovqatlanishdan odob-axloq ham aynib ketadi. Shuning
uchun inson barkamolligining m uhim shartlaridan biri bo'lgan
oziq-ovqat m o ‘l-k o ‘lchiligini ta ’m inlam oq, buning uchun esa
dehqonchilik, chorvachilik m ahsulotlarini ko‘paytirish lozim.
Qaysi m am lakatda non m o ‘l-ko‘l b o ‘lsa, o ‘sha yurtda m uqad-
das so ‘zlar ham, pan d -u nasihatlar ham tez-u soz qabul
qilinadi.
«Avesto» («Yasna»)da jamiyatni, davlatni boshqarib turgan
rahbar (oqsoqol, kayvoniy) shaxsi haqida ham bir talay fikr-
mulohazalar bayon qilingan. Zardusht muxlislarining fikrlariga
ko‘ra, rahbar hamisha jam oa manfaatini himoya qilishi, jam oa
tom onida b o ‘lishi shart. U o ‘zi mansub bo ‘lgan odam lar gu-
ruhi, toifasi bilan birga nafas olmog'i, ularning quvonchlari-yu
tashvishlari bilan yashamog‘i, jam oa dushmanlariga nafrat bilan
qaram og‘i darkor. Yaxshi, olijanob rahbar el, xalq boyligi,
baxti hisoblansa, yomon rahbar odamlar boshiga bitgan balodir.
Shuning uchun ham, jamiyat, el, ulus, olam «Avesto»da yo-
37
zilganidek, yom on rahbarlardan tezroq qutilishi, xalos bo'lishi
darkor1.
Zardushtiylik ta ’limotida tinchlik-osoyishtalik barqaror bo'lgan
hayot h a q iq a t ram zi h iso b lan ad i. «Avesto» («Y asna»)da
ta ’kidlanishicha, kishilar tinch-osoyishta yashamoqliklari, m ehnat
qilmoqliklari uchun ular turm ush tarzidan urush, talonchilik,
nohaqlik, ta ’magirlik, shafqatsizlik, g‘arazgo‘ylik, hasadgo'ylik,
shuhratparastlik, qonunbuzarlik kabi yaramas illatlarni surib
chiqarmoq lozim. Bunday talablar o‘z davrining qasamyodi
bo'lib, unga zid ish tutish gunoh hisoblangan. Zardushtiylik
qoidalariga ko‘ra, insonning insonga bo ‘lgan munosabatlari qan-
daydir bir qolipgasolingan emas. Zardusht asos solgan ta ’limotga
muvofiq, inson eng ulug‘ zot, uning izzat-nafsi g'oyatda hur-
mat qilinishi lozim.
Zardushtiylik ta ’limotida bayon qilingan inson va insonpar
varlik haqidagi g‘oyalar Moniy, Mazdak qarashlarida davom
ettirildi.
Yaqin va O lrta Sharq mamlakatlarida eramizning III asrida
keng yoyilgan Moniylik ta ’limotiga M oniy ibn Fatak (216—277-
yillar) asos solgan. M oniy Sharqning m ashhur kishilaridan biri
edi. Taqdirida shon-shuhrat bilan fojealar qo‘shilib-qorishib ket-
gan, qomusiy salohiyatga ega boMgan alloma qadimiy Bobulis-
tonda (Janubiy Vaviloniya) taxminan 216—217-yillarda tavallud
topgan. N odir iste’dodli, o ‘tkir zehnli M oniy yoshligidanoq
falsafa ilmiga ixlos qo‘ydi. Musiqa, hattotlik, tasviriy san’at sir-
larini o ‘rgandi. «Chin rassomi» aniqroq qilib aytganda, «Shin-
jang» (Sharqiy Turkiston) musawiri nomini oldi. Eron va Turon,
Hindiston shaharlarini kezib, fuqarolarni yagona dinga birlash-
tirish g‘oyasini targ‘ibot va tashviqot qildi. 0 ‘zini ushbu g‘oyaning
sadoqatli payg‘ambari, deb e ’lon qildi. Uning e ’tiqodiga sajda
qiluvchi odam lar soni borgan sari ortib boraverdi.
M oniy ib n F a ta k o ‘zining d in iy -falsafiy q a ra sh la rin i
«Shaburaqon», «Kanz ul-ahyo’», «Jabborlar haqida», «Sirlar
kitobi», «Avangelon», «Kefalaya», «Bungohik» (Bungohang»)
kabi asarlarida bayon etgan.
M oniy ta ’limotiga ko‘ra, borliqning ikki asosi bor. Birinchisi
— yorug‘lik, yaxshilik bo‘lsa, ikkinchisi — ruh va zulmatdir.
Dostları ilə paylaş: |