m ustahkam o ‘rnashib olgan zardushtiylik ta ’limotini yo‘qotib
yuborishga qaratilgan edi.
Zam onlar o ‘tishi bilan Eron va Turon xalqlari o ‘zlarining
qalblaridan mustahkam o ‘rin egallagan «Avesto»ni tiklashga ki-
rishdilar. Yodnomaning parokanda qismlarini to ‘plashda, zar
dushtiylik qoidalarini saqlab qolishda Eron va Turon shohlari:
G ushtasp, Baloshi A shkoniy, A rdasher Bobakon, Shopuri
A rdasher,
Shopur ikkinchi, Xusrav A nushervonlar fidoyilik
qildilar1. Sosoniylar sulolasi hukm ronlik qilgan zamonlarda (mi-
lo d n in g I I I —IV asrlari) «Avesto» qayta tiklangan, yangi
ko‘rinishda namoyon b o ‘ldi. Zardushtiylik Sosoniylar imperiya-
sining rasmiy dini darajasiga k o ‘tarildi. Afsuski, Yodnomaning
tiklangan
nusxalari ham , milodning V II—V III asrlarida, Eron
va Turon mamlakatlariga islom dini kirib kelishi bilan yo‘q qilib
tashlandi. Shunday bo'lishiga qaramasdan, o ‘sha buyuk madaniy
merosning to ‘rt kitobi: «Yasna», «Videvdat», «Yasht», «Vispa-
rad» qayta tiklandi va bizning zamonamizga yetib keldi. Bu ki-
toblar o ‘z mazmuniga ko ‘ra turli vazifalarni bajargan. Jumladan:
«Yasna» (Yosin), 17 bobdan iborat bo‘lib,
turli duolar va
bashoratlar yig'indisidan tashkil topgan. Shuningdek, unda
«Avesto»ning eng qadimiy qismi «Got»lar ham o 'rin oljgan.
«Got»lardagi asosiy g‘oya: «ezgu flkr, ezgu kalom, ezgu amal»
birligini ta ’minlashga qaratilgan bo ‘lsa, «Videvdat» 22 bobdan
iborat bo ‘lib, butun olam ning yaratuvchisi Ahura M azdaning
dushm anlari bo'lgan
yovuz devlar, ins-u jinslarga qarshi kurash
olib borishga m o'ljallangan qonun-qoidalar, turli gunohlardan
poklanish marosimlari, saxovatli bo'lishga
qaratilgan rasm -ru-
sum lar (chunonchi, o‘likni yerga ko‘mish, yolg‘on va’da bergan
kishini jazolash, ayollarga bo'lgan munosabat, it boqish haqi-
dagi qoidalar) to ‘plamidir. «Yasht» turli ruhlar sha’niga aytil-
gan, kuylanishi savob hisoblangan qo‘shiqlar (gimnlar) to'plam i
(24 bobdan iborat) b o ‘lsa, «Visparad»
olamni bilishga doir
pand-u nasihatlar, unga hukm ronlik qilishga qaratilgan ham d-u
sanolar to ‘plamidan iborat2.
Zardushtiylik shakllanib, undagi asosiy g‘oyalar kishilar qal-
bidan mustahkam o ‘rin
egallay borishi bilan, uning muqaddas
Dostları ilə paylaş: