Shuning uchun ham inson ikki unsurdan — ruh va jismning
yig‘indisidan iborat. Ruh nur farzandi bo‘lsa, jism zulmat
farzandidir. Shuning uchun inson hamisha zulmatga, yovuzlikka
qarshi uzluksiz kurash olib boradi. Bunday kurash davomida
inson, shubhasiz, yorug‘lik tarafida bo‘lmog‘i, zulmat ustidan
g'alaba qilmog‘i kerak. Bunday ulkan g‘alabani qo‘lga kiritish-
ning eng muhim sharti — yuksak m a’naviy-axloqiy yetuklik,
m ol-u dunyoga hirs qo‘ymaslik, faqirona, kamtarona yashash,
ko'ngli poklik va rahmdillik, jonzotlarga ozor bermaslik, har
bir tirik mavjudotni asrab-avaylashdir. Shuning uchun ham Moniy
odamlarni hayvonlar go'shtini tanaw ul qilishdan o ‘zini tiyishga
da’vat etdi.
Moniyning faisafiy-axloqiy qarashlari, moniychilarning tav-
banomasi — «Xuastuanift» asarida yanada yaqqolroq namoyon
b o ia d i. Qadimshunoslarning fikricha, «Xuastuanift» qadimiy
eroniy tillarning birida yaratilgan, keyinchalik M oniy ta ’limotini
kengroq yoyish maqsadida boshqa xalqlar tillariga tarjima qilin
gan. Uyg‘ur hoqonligi davrida moniychilik, ayniqsa, turklar
orasiga keng tarqalgan. Asarda olg‘a surilgan eng asosiy g‘oya bu
dunyoda qilingan gunohlar uchun Xudodan kechirim so‘rashdir.
Shuning uchun ham «Xuastuanift» M oniy ibodatxonalarida
ommaviy ravishda qiroat bilan o ‘qilgan‘.
M oniy ta ’limoti Eron va Turonda Sosoniylar hukmronlik
qilgan zamonlarga to ‘g‘ri keldi. Sosoniylar zardushtiylik diniga
sig‘inar edilar. Moniyning b a’zi fikr-mulohazalari (masalan,
hayvonlar go‘shtini tanaw ul qilmaslik g‘oyasi) esa zardushtiylik
qoidalariga zid edi. Shuning uchun ham Sosoniy hukmdorlar
M oniy ta ’limotini targ‘ibot va tashviqot qilishni m an etdilar.
Shunday bo'Iishiga qaramasdan M oniy o ‘z e ’tiqodini Kashmir
va Tibet o ‘lkalarida (Sharqiy Turkiston) targ‘ibot va tashviqot
qilaverdi. Oqibatda, zardushtiylik, buddiylik, braxmanlik va xris-
tianlikning b a’zi tomonlarini o ‘zida mujassamlashtirgan Moniy
ta ’limoti nafaqat Sharqiy Turkiston, Xitoy, balki Italiya, Is-
paniya kabi mamlakatlarga ham keng tarqaldi.
M oniy ta ’lim otida xalq om m asi m anfaatini k o ‘zlovchi
demokratik tamoyillar ham kuchli edi. Shuning uchun ham
M oniy ta ’limoti o ‘sha zamon hukmdorlarining keskin qarshili-
Dostları ilə paylaş: