narsaga ehtiyoj sezadi»'. Shuning uchun insonga davlat va ijti-
moiy aloqadorlikning qandaydir bir shakli zarurdir.
Ijtimoiy turmush har bir kishiga bajarishi zarur konkret
talablar qo‘ydi. Bunday talablami bajarish uchun insonga m a’lum
ijtim o iy
fa zilatlar,
x isla tlar
lozim
b o 'la d i.
P la to n n in g
ta ’kidlashicha, insonga kerak b o ‘ladigan o ‘sha fazilatlar, xislatlar
tug‘ma b o ‘lmaydi, balki ular o ‘qitish, tarbiya qilish yordamida
hosil qilinadi. Insonning ijtimoiy fazilatlari va xislatlari, uning
jamiyatdagi o ‘rni haqida fikr yuritgan mutafakkir, m ehnat taqsi-
moti, odamlarning mehnatga ishtiroki haqida ham bir qator
fikr-mulohazalarni o‘rtaga tashlaydi. U jamiyat a ’zolarini mehnat-
dagi ishtirokiga qarab, bir necha toifalarga bo‘ldi. Uning tushun
tirishicha, har bir toifaning jam iyatda bajarishi lozim bo ‘lgan
o'ziga xos vazifasi mavjud bo‘lmog‘i darkor. Xuddi shuning uchun
ham, tengsizlik har qanday davlat tuzumining asosiy tamoyili
bo iish i lozim ekanligini e ’lon qiladi.
Platon odamlarni uchta katta toifaga bo‘lgan. Birinchi toifada-
gi kishilarni aqlli kishilar, ikkinchi toifadagilarni his-hayajonga
beriluvchilar, uchinchi toifaga mansub odamlarni esa dohiylar-
ga, yo‘lboshchilarga sajda qiluvchilar, deb atagan. Odamlarning
jonida ana shu uch toifaning qaysi xislatlari ko‘p bo‘lsa, o‘shanga
qarab shu uch toifaning biriga mansub bo‘ladi, deb tushuntir-
gan.
Birinchi toifaga mansub kishilar faoliyatida hamisha aql-za-
kovat ustunlik qiladi. Ular doimo go‘zallik, ezgulik tom on in-
tilishadL Bunday kishilar faoliyatida tartib-intizom kuchli bo‘lib,
ular hamisha farovonlikka intiladilar. T o ‘g‘rilik, adolat, insofga
doim moyil bo‘ladilar. Bundaylami Platon donishmandlar, deb
hisoblaydi. Olzi barpo etmoqchi b o ‘lgan davlatdan, ular uchun
rahbarlik lavozimlaridan o ‘rin qidiriladi. M ashhur yunon fayla-
sufining fikriga ko‘ra, ikkinchi toifaga mansub kishilarda xayrli
his-tuyg‘ular, ayniqsa, mardlik, jasorat, boshliqlarga bo £ysunish
kabi xislatlar serob b o ‘ladi. Ana shunday fazilatlar harbiylar,
davlat xavfsizligini ta ’minlovchi posbonlar uchun, ayniqsa, juda
zarur, deydi. Uchinchi toifaga mansub kishilarda jismoniy ishga
moyillik ko‘p bo ‘ladi. Bunday odam lar toifasiga dehqonlar,
hunarm andlar kiradi. Shu toifaga mansub kishilar davlatning
moddiy asoslarini yaratishlari lozimligini alohida ta ’kidlaydi.
Dostları ilə paylaş: