bilan teng bo‘lmasliklari darkor, deb tushuntiradi. 0 ‘z ustozi
Platon qarashlarini quwatlab, odamlar o‘z tabiatlariga ko‘ra
bir-birlariga teng emas ekanlar, xuddi shu holat ularning ijti
moiy hayotda ham notengligiga olib keladi, shuning uchun ham
birovlar hukmdorlik qilish uchun tug‘ilsa, boshqa birovlar
bo‘ysunib yashash, tobe bo‘lish uchun dunyoga keladilar, deydi.
Ko'rinib turibdiki, Aristotel jamiyatda ijtimoiy tengsizlik vujudga
kelishining haqiqiy sababini tushuntirib bera olmaydi.
Aristotel insonni o‘ziga xos estetik voqea deb qarar, lekin o‘sha
estetik voqeani naturfalsafiy prinsiplarga asoslanib tushuntirar edi.
U inson go‘zalligi haqida so‘z ketsa, birinchi galda, uning tabiiy
chiroyi, jismonan sog‘lomligi, qaddi-qomati, kuch-quwati, xatti-
harakatini tushunar edi. Shunday bo‘lishi bilan birga, Aristotel
insondagi go‘zallik, uning zeb-u ziynati, faqat jismoniy kamoloti
bilan emas, balki uning amaliy faoliyati, aktivligi, ijodiyligi bilan
ham aloqador ekanligini takrorlashdan charchamas edi. Shuning
uchun ham u, inson ham jismonan, ham axloqan kamolotga
erishishi darkor, deb bilardi. «Inson aqliy qatlamsiz, o‘zining
hissiy va jinsiy instinktlariga sodiq qoluvchi eng порок va yowoyi
mavjudotga aylanadi»1, deb yozgan edi.
Yuqoridagi mulohazalarga asoslanib, Aristotel qadimgi za
mon sivilizatsiyasi sharoitidayoq insonning har tomonlama kamo
loti haqida fikr yuritganiga guvoh bo‘lamiz. Inson barkamolligini
ifodalovchi yuksak axloqiy poklik, tashqi va ichki go‘zallik,
ijtimoiy-siyosiy yetuklik kabi fazilatlarni Aristotel bir ibora bilan
«kalagakatiya», deb atagan.
Inson o‘zining barcha ichki imkoniyatlarini rivojlantirib, olam
dagi eng xayrixoh, odil mavjudotga aylangandagina «kalagakatiya»ga
ega bo‘ladi. Insonda bunday holat barcha xayrixohliklar (ezgulik-
lar) sintez bo‘lib jamlangandagina vujudga keladi. Xuddi shuning
uchun ham Aristotel har bir jamiyat a’zosida bunday qobiliyat
va malakalami shakllantirish va rivojlantirish imkoniyatlarini izlab
topish o‘ta muhim ahamiyatga egadir, deb ta’kidlaydi.
Qadimgi zamon, xususan, elinistik davr inson falsafasi,
eramizdan oldingi IV—III asrlarda Yunonistonda, keyinroq, ya’ni
eramizning boshlarida Rimda keng tarqalgan. Stoiklar falsafa
maktabi namoyandalarining qarashlarida ham har tomonlama
Dostları ilə paylaş: