O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Асмус В.Ф. Античная философия. М ., 1976



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Асмус В.Ф. Античная философия. М ., 1976.
2 Ш акир-Заде А.С. Эпикур. М ., 1963.
3 Д иоген Л аэрт ский. О ж и зн и , учениях и изреч ен и ях знам ен иты х
ф илософов. М ., 1979, 433-bet.
4 Материалисты древней Греции. М ., 1955, 182-bet.
54


Inson to‘g‘risidagi flkr-mulohazalar, qadimgi zamonning eng 
oxirgi falsafiy ta’limotlaridan biri — neoplatonizmda ham uchraydi. 
Neopiatonizm milodning III—IV asrlarida nafaqat Yevropa, balki 
Osiyo, Afrika mamlakatlarida ham keng tarqaldi. Uning asoschisi 
qadimgi yunon faylasufi Plotin (205—275-yillar) edi.
Plotinning fikriga ko‘ra, olamda sodir bo‘ladigan barcha 
o‘zgarishlar, o‘ta sezgir, o‘ta g‘ayritabiiy, aqldan tashqarida tu- 
ruvchi, anglab bo‘lmas prinsip asosida ro‘y beradi. Butun bor- 
liqning turli-tuman shakllari o‘sha aqlga sig‘maydigan prinsip 
bilan bog‘liq. Xuddi shu prinsip — absolut borliqdir. Absolyut 
borliqning sirini esa, hech kim, hech qachon bila olmaydi. 
Chunki u bilib bo‘lmas borliq — Xudodir. Uning izmidan 
tashqarida turgan hech narsa yo‘q. Uning o‘ziga o‘xshash nar- 
saning o‘zi yo‘q.
Plotin imon-e’tiqodli kishilarning katta avlodini shakllanti- 
rishni orzu qiladi. Im on-e’tiqodli kishilarni qaror toptirishning 
asosiy sharti — ularni ma’naviy yetuk qilib tarbiyalashdir, deb 
tushunadi. Shuning uchun ham inson ma’naviyatini boyitishga 
e’tibomi qaratadi. Uning e’tirof etishicha, inson o‘z ma’naviyatini 
har tomonlama boyitsa, o ‘zining jismida mavjud bo‘lgan turli 
g‘ayritabiiy his-tuyg‘ulami jilovlay olsa, bisotidagi ruhiy-ma’naviy 
imkoniyatlarni ezgulik, yaxshilik tomon boshqarsa, o‘sha yakka- 
yu yagona bilib bo‘lmas borliq — Xudo vasliga yetadi.
Plotinning fikriga ko‘ra, insonning yashashdan maqsadi o‘sha 
«yakka-yu yagona» vujud tomon siljib borishdir. Bunday oli~ 
janob maqsadga nafsni tiyish, jismoniy ishtiyoqlarni chegaralash 
vositasi bilan erishiladi. 0 ‘sha «yakka-yu yagona» vujudga bir 
necha pog‘onalar (ierarxiya), zinapoyalar orqali chiqib boriladi. 
-Chunki, «yakka-yu yagona» vujud koinotning eng yuqori qava- 
tida yuksalib turadi. Xuddi shuning uchun ham, Xudo vasliga 
yetishga intilish, inson bolasining azaliy orzusi bo‘lib qolmog‘i 
kerak.
Neoplatonizmning so‘nggi yirik vakili Prokldir. Proklning 
(410—485-y.) fikriga ko‘ra olamni ham, odamni ham Xudo 
yaratgan. Olamdagi barcha hodisalar, voqealar, hatto insonning 
ongi ham, faoliyati ham rivojlanib, bir ko‘rinishdan boshqa 
ko‘rinishga o‘tadi. Rivojlanish, taraqqiyotning, sababchisi ham 
Xudodir. Rivojlanish, taraqqiyot uch bosqichni (triada) bosib 
o'tadi. Chunonchi: hozir bo‘lish, olg‘a intilish, teskari tomonga
55


intilish bosqichlarini bosib o'tadi. Rivojlanish yoki taraqqiyot, 
bo'linish yoki bir holatdan boshqa holatga o‘tish yo‘li bilan 
emas, balki o‘sha hodisa, voqea, narsaning ichidagi kuchlar- 
ning qarama-qarshiligi tufayli sodir bo‘ladi. O'sha qarama-qarshi 
kuchlar tufayli bir narsa o‘zi o'zgarmagan holda ikkinchi nar- 
sani vujudga keltiradi.
Shunday qilib, neoplatonizm ta’limotiga ko‘ra Xudo koinot- 
dan ustun turuvchi shaxsdir. Olamda, hatto insonning ongi va 
faoliyatida bo‘ladigan barcha o‘zgarishlar (u taraqqiyot yoki rivoj­
lanish, inqiroz yoki tanazzul tomon bo‘ladimi, bundan qat’i 
nazar) Xudoning xohish-irodasi bilan sodir bo‘ladi. Xudo qan­
day xohlasa shunday yaratadi, o‘zi qanday xohlasa shunday 
yashaydi. U nimani istasa, o‘shani qiladi. Xohlasa yaratadi, xohlasa 
yemirib tashlaydi. Butun olamga ham, odamning ongi va faoli- 
yatiga ham Xudoning yagona irodasi hukmronlik qiladi.
Xullas, qadimgi Yunon falsafasining inson to ‘g‘risidagi qa­
rashlari rang-barangligi bilan katta ahamiyatga egadir. Ularning 
ko'pchiligi inson kosmosning bo‘lagi, allaqanday o‘ziga xos xu­
susiyatlarni o ‘zida mujassamlashtirgan mikrokosmosdir, deb 
tushuntirishar edi.
Yunon donishmandlarining ta ’kidlashlaricha, inson insoniy 
munosabatlar sistemasidan tashqarida, o ‘zidan-o‘zi, alohida 
yashay olmaydi. Qandaydir bir insoniy munosabatlar sistemasi 
ta ’sirida yashaydi va faoliyat ko'rsatadi. Ma’lum bir tartib-inti- 
zomga, qonun-qoidaga bo'ysunadi, itoat qiladi. Olamdagi barcha 
mavjudotlar-maxluqotlar va jcudolar tabiiy va ijtimoiy muhit 
bilan birga yashaydi. Hatto kosmos ichida turgan xudolar ham 
odamlarga ta ’sir ko‘rsatuvchi reallikdir.
Qadimgi Yunon faylasuflari inson bilan boshqa tirik mavjudot- 
lar orasida prinsipial farq bor ekanligiga* hech qanday shubha 
qilmas edilar. Inson «aqlga ega ijtimoiy hayvon», «siyosiy max- 
luq» ekanligini isbotlashga urinish, odamlar turmush tarzi bilan 
aql-farosati orasidagi aloqadorlikni e’tirof etish yunon falsafiy 
fikrlash madaniyatining jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga qo'shgan 
ulkan hissasidan dalolatdir.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin