tayana boshladi. Ilm va fanning buyuk, qudratli qadriyatlarini
ulug‘ladi va boyitdi.
Oqibatda, Renessans davrida Yevropaning
rivojlangan mamlakatlarida inqilobiy madaniy o‘zgarishlar ro‘y
berdi. Chunonchi, birinchi kitob nashr etildi; Kolumb to
monidan
Amerika kashf etildi; Vasko da Gama Afrikani
aylanib o‘tib, Hindistonga boradigan dengiz yo‘lini ochdi;
Magellan o ‘zining uzoq davom etgan sayohatiga asoslanib,
Yer kurrasining sharsim on ekanligini isbotladi;
geografiya va
kartografiya fan sifatida e ’tiro f etildi; matematikaga simvolik
belgilar qabul qilindi; ilmiy anatomiya va fiziologiya asos-
larini fan sifatida o ‘rganish
boshlandi; ximiya va astronom i-
yada yirik yutuqlarga erishildi.
Renessans Yevropa tarixining shunday bir davriki, bu davrga
kelib xristian dini o‘zining monolit mavqeini yo‘qota boshladi.
Aniqroq
qilib aytganimizda, ijtimoiy turmushning barcha jabha-
larida din va cherkovning diktaturasi sindirildi. Bunday keskin
burilish faqat falsafada, san’atda
yoki adabiyotda emas, eng
avvalo, xristian dinining o‘z qobig‘ida ro‘y berdi. Boshqacha
aytganimizda, Yevropaning bir qator mamlakatlarida sekulya-
rizatsiya1 jarayoni boshlandi. Sekulyarizatsiya (din, cherkov
ta ’siridan xoli bo‘lish) jarayonining sodir bo‘lishi
kishilar
dunyoqarashida xristian dinining ta ’sirini kamaytirib yubordi.
Shuningdek, sekulyarizatsiya jarayoni ijtimoiy turmushning bar
cha jabhalariga ham o‘z ta’sirini o‘tkazdi. Oqibatda, kishilarning,
fikrlash madaniyatida ham jiddiy o‘zgarishlar ro‘y berdi.
Turgan gapki, fikrlash m adaniyatidagi bunday keskin
o‘zgarishlar, o‘rta asr teokratizmiga qarshi kurash zaminida vu
judga keldi va rivojlana boshladi. Ijtimoiy
muhitda sodir bolayotgan
o‘zgarishlarga insonning intellektual-aqliy imkoniyatlari nuqtayi
nazaridan qarash, insonning baxtliligi yoki baxtsizligining sabab-
larini osmondagi ilohiy mo‘jizadan emas, u yashayotgan ijti
moiy muhitdan izlash holatlari ro‘y bera boshladi.
Kishilar fikrlash madaniyatida gumanistik va antropotsentrik
qarashlaming ustuvorlik qilishi ularning
qadimgi Yevropa madaniy
merosiga bo‘lgan qiziqishlarini orttirib yubordi. Bunday tenden-
siyaning rivojlanib borishi o‘z navbatida qadimgi zamon Yunon
falsafasi namoyandalarining asarlarini o‘rganishga bo‘lgan inti-
Dostları ilə paylaş: