may qoldi. Endilikda inson o‘z taqdirini o‘zi
yarata olishiga,
tabiatning chinakam egasi bo‘lishiga ishonch hosil qila boshladi.
Xuddi shuning uchun ham Yevropada Renessans davrining o‘ziga
xos xususiyatlaridan biri insonning olamdagi jamiki mavjudot,
hatto o‘zining ustidan ham hukmdorligining orta borganligi bilan
izohlanadi. Bunday holat Yevropada qadimgi zamonda h^m, o‘rta
asrlarda ham vujudga kelmagan edi. Yuqorida ta ’kidlab
o'tganimizdek, endilikda yevropalik inson o'zining gunohlarini
yuvish, johilliklarini kamaytirish, o‘z tabiatida mavjud bo‘lgan
turli qusurlarni, qing‘ir-qiyshiqliklarni bartaraf etish uchun
Xudoning mehribonligiga ehtiyoj sezmay qoldi. Insonning o‘zi
yaratuvchi bunyodkor bo‘ldi. Shuning uchun ham rassom uchun
yaratuvchi-bunyodkorning jismi Yevropa Renessansi ramzi, bel-
gisi darajasiga ko‘tarildi.
Renessans davrida yevropalik insonning
barcha jabhaiardagi
faoliyati qadimgi zamon yoki o‘rta asrlarga nisbatan o'zgacha
talqin etildi. M a’lumki, qadimgi yunonlarda mushohada qilish,
fikr yuritish barcha faoliyat turlaridan ustun qo‘yilar edi. Chunki
fikrlash, mushohada qilish (yunoncha «teoriya»), bir tomon-
dan, insonni tabiat sirlari bilan oshno qilsa, ikkinchi tomon-
dan, uni mustaqil fikrlash dunyosiga olib kiradi va u bilan
qurollantiradi. Renessans davrida inson faoliyatiga baho berish
ham o ‘zgacha bo‘ldi. Chunonchi, mehnat (hatto
qulning jis-
moniy mehnati ham) har qanday gunohlarni yuvish vositasi,
deb hisoblandi. Ayniqsa, inson qalbini poklovchi mehnat faoli-
yatning eng oliy shakli deb hisoblandi. Qalbni poklovchi mehnat,
ya’ni Muqaddas kitoblarni o‘qish yaratuvchanlik imkoniyatlarini
vujudga keltiradi, deb tushuntirildi. Inson ijodiy mehnatining
qadr-qiymati kundan-kunga ortib boraverdi. Boshqacha qilib
aytganimizda, insonning faoliyati Renessans davrida eskilikka zarba
berish, eskilikni yakson qilish xarakteriga ega bo‘ldi.
Uning
yordamida inson nafaqat yer ishlariga oid ehtiyojini, balki o‘z-
o‘zini ham o‘zgartirdi.
Ilm-fanga e’tibor kuchaydi. Amaliyot bilan fan orasidagi che-
gara ham o‘zgara boshladi. 0 ‘rta asr sharoitida amaliy-texnik faoliyat
bilan fan orasida ma’lum bir chegara bo‘lib, ular «san’at» va
«badiiy fantaziya», deb nomlanardi. Renessans davrida, yuqorida
ta’kidlaganimizdek, xuddi o‘sha chegara yo‘qoldi. Injener va rassom
nafaqat qadimgi zamon va o‘rta asrga xos san’atkor, texnik,
71
balki chinakam ijodkor-yaratuvchi darajasiga ko‘tarildi. Ijodkor
tadqiqotchilar Xudo tomonidan sodir etilgan tabiat hodisala-
rining ichki tuzilishidagi o‘zaro aloqadorlik
qonuniyatlarini bi-
lishga intildilar. Fanda bunday holatni Kepler, Galiley, Kavaleri
ijodida uchratamiz.
Inson shaxsi to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar Renessans davrida
yanada yuksaklikka ko‘tarila boshladi. Endilikda inson shaxsining
qadr-qiymati har tomonlama osha boshladi. 0 ‘rta asrda mavjud
bo‘lgan inson bilan Xudo orasidagi ittifoqqa darz ketdi. Inson
Xudodan ajralib, mustaqil fikrlash imkoniyatiga ega bo‘ldi. U
o‘zining transsendental ildizlaridan asta-sekin uzila boshladi.
Buning uchun faqat Koinotdan emas, balki o‘zidan najot izla-
di. 0 ‘zining teranlashib
borayotgan aql-farosatidan, go‘zallashib
borayotgan tanasining imkoniyatlaridan madad qidirdi. Xuddi
shuning uchun ham, Yevropada Renessans davrining antropot-
sentrizmi go'zallikni ulug‘lashi bilan ajralib turadi. Badiiy tas-
virlarda go‘zal inson qiyofasini tasvirlash, ayniqsa, uning tashqi
qiyofasining latofatini tavsiflash o‘sha davr san’atining bosh
mavzui edi. Bunday holatni Yevropa Renessans davrining mash
hur naqqosh-u musawirlari — Bottichelli, Leonardo da Vinchi,
Rafael asarlarida ko‘rish mumkin.
Renessans davri Yevropa adabiyoti va san’atida
har qachongi-
dan ko‘ra yakka kishi shaxsiga e’tibor kuchaydi. Qadimgi za-
monda ham, o‘rta asrlarda ham inson deb nomlanuvchi tirik
mavjudotga bu qadar e’tibor bo‘lmagan edi. Bu davrga kelib
har bir kishining o‘ziga xos qobiliyatlari, malakalari hamma
narsadan ustun qo‘yildi. Buyuk shaxslardagi takrorlanmas iste’dodga
e ’tibor kuchaydi. Bunday holat Renessans davrida shaxs degan
tushunchaning rasman shakllanishiga turtki bo‘ldi. Shaxs tushun-
chasi individ tushunchasi bilan bab-barobar ishlatila boshlandi.
Lekin shaxs deganda,
eng awalo, yaxshilik bilan yomonlikning
farqiga borish malakasi tushunildi. Shuningdek, Renessans davri
Yevropa adabiyotida shaxs deganda kishining xatti-harakatlari,
xulq-atvoridagi mas’uliyatni sezish qobiliyati tushunildi. Ushbu
davr mutaffakkirlarining tushuntirishlaricha, individuallikning har
tomonlama ulug‘lanishi, uning ortib borishi hamisha ham inson
shaxsining rivojlanishiga mos bo‘lib tushavermaydi.
Shaxsning
estetik didi, axloq-odobiga xos qirralarining rivojlanishi ham
bir-biriga mos bo‘lishi zarur. Chunonchi, XV—XVI asrlarda
72
Yevropada individuallikning har tomonlama rivojlanishi ayrim
hollarda xudbinlikning ortib borishiga olib keldi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, Renes
sans davri Yevropa falsafasida o‘rta asrning teotsentrik tasawur-
lariga zid bo'lgan yangi gumanistik yo‘nalishlar vujudga keldi.
Insonshunos olimlar, shoir-u yozuvchilar asarlarida inson bilan
tabiat, shaxs bilan jamiyat orasidagi aloqadorlik muammolarini
o'rganish birinchi o‘ringa chiqib oldi. Gumanistik
falsafa vakillari
har tomonlama rivojlangan shaxs g‘oyasini olg‘a sura boshladilar.
Dostları ilə paylaş: