Yevropa Renessans madaniyatini shod-u xurramlik bilan quwat-
lovchi shahar aholisining yuqori tabaqalari bilan uning o‘rta va
pastki qatlamlari orasida turli siyosiy ziddiyatlar, kelishmovchi-
liklar mavjud edi. Chunonchi, jamiyatning yuqori tabaqalaridan
biri bo‘lgan meshchanlar davlat apparatini, cherkovni refor-
matsiya, ya’ni isloh qilish yordamida tovar-pul munosabatlarini
barqarorlashtirmoqchi va uni kengaytirmoqchi bo‘lsalar, aholi-
ning o ‘rta va past tabaqasi vakillari jamiyatni yana o ‘rta asr
tartibotlariga rioya qilishga da’vat etardilar. Xuddi shuning uchun
ham Renessans Yevropaning turli mamlakatlarida turli darajada
rivojlandi, turli modiflkatsiya, turli variantlarda va shakllarda
namoyon bo'ldi.
Bunday turli-tumanliklar oqibati o‘laroq Renessans davri
Yevropa madaniyati, falsafasi bilan reformatsiya, ya’ni isloh
qilish orasidagi o‘zaro aloqadorlik mexanizmini baholashda yev-
ropalik mutaxassislar orasida turlicha fikr va mulohazalar uchrab
turadi1. Chunonchi, ba’zi birovlar Renessans halqaro, ya’ni
umumevropa ahamiyatiga molik voqea, reformatsiya, ya’ni isloh
qilish esa faqat milliy (nemislarga xos) voqea deb ishontir-
moqchi bo‘ladilar. Shunday bo‘lishiga qaramasdan, Renessans va
reformatsiya haqida bahs-munozara yurituvchilarning barchasi bu
yirik ikki voqea orasida umumiylik, o‘xshash tomonlar bor
ekanligini bir ovozdan ma’qullaydilar. Chunki ikkala voqea ham
jamiyatdagi odamlar turmush tarzidagi eskicha tartib-intizom-
larga qarshi edi. Bunday umumiylik, bunday o‘xshashlikning
asosida yangicha tartib-intizom, odamlar turmush tarzida yan-
gicha madaniyatni shakllantirish yotar edi.
Ko‘rinib turibdiki, Renessans insoniyat bosib o‘tgan tarixiy
taraqqiyot yo‘lining eng muhim davrlaridan biridir. Bu davr
jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgani hammaga
ayon. Modomiki shunday ekan, Renessans davri Yevropa falsa-
fasining o ‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?
Yuqorida eslatib o'tganimizdek, Renessans davrining o‘ziga
xos xususiyatlaridan biri va eng muhimi kishilarda yangicha fikr
lash madaniyatining shakllanganligi bilan xarakterlanadi. Yan
gicha fikr yuritish madaniyati qadimgi zamon, o‘rta asr fikr-
Dostları ilə paylaş: