Kuzanskiy1 olam, odam, Xudo borlig'i va birligi haqida qadimgi
zamon va o‘rta asr falsafasidan tub farq qiladigan yangi g'oyalami
bayon qildi.
Kuzanskiy falsafasida markaziy o‘rinlardan birini egallaydigan
m uam m o Xudo haqidagi ta ’limotdir. 0 ‘rta asr sxolastik
an’analariga asoslanib fikr yuritgan mutafakkiming tushunti
rishicha, Xudo borlig‘i olam, xususan, tabiat borlig'i va inson
borlig'ining shakllanishida hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi.
Lekin u Xudoni o‘rta asrga xos ortodoksal sxolastik talqin qi-
lishdan chekinib, antik panteizmga yaqinroq g'oyani ilgari sura-
di va Xudoni depersonalizatsiya qiladi. Xudo «o‘zgacha», «borliq
— imkoniyat», «o‘zi imkoniyat», eng muhimi, «absolut mak-
simum» kabi cheksiz imkoniyatlarga ega ekanligini ko‘rsatib o‘tadi.
Olam esa cheklangan maksimumlar cheksizligidir.
Kuzanskiyning tushuntirishicha, Xudoning o‘zi ham turli
qarama-qarshiliklardan iborat. Bunday holatni unga o‘z bisoti-
dagi cheksizlik ifodasi bo‘lgan mutlaq maksimallikning o‘zi yaratib
bergan. Boshqacharoq qilib aytganimizda, Xudoning bisotida qa-
rama-qarshiliklarning vujudga kelishining muhim shart-sharoit-
laridan biri uning o‘zida mavjud bo‘lgan mutlaq maksimallikdir.
Xuddi shuning uchun Xudo har qanday operatsiyalardan ham
ozor topmaydi. Bundan tashqari Xudo bo‘linmasligi bilan ham
o'zidagi mutlaq maksimallikni namoyon etadi. Xudo o‘zida turli
qarama-qarshiliklar birligini mujassamlashtiradi. Xudo bisotida
turli qarama-qarshiliklar birligining mujassam bo‘lishi undagi
mutlaq maksimallik va mutlaq minimalliklar birligining ifoda-
sidir.
Xudoda maksimallik va minimallikning uyg‘unlashuvi ba’zi
xulosalarni keltirib chiqaradi. Birinchidan, Xudo olamdagi hamma
narsada namoyon bo'ladi. Shuning uchun ham olamni Xudodan
tashqarida deb o‘ylash be’manilikdir. Ikkinchidan, Xudo sabab
va oqibat birligidir, ya’ni uning o‘zi, ham yaratuvchi, ham
yaraluvchidir. U chinchidan, olam da ko‘zga ko‘rinadigan
Dostları ilə paylaş: