O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Бруно Ж . О героическом энтузиазме. М ., 1953, 54-bet



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Бруно Ж . О героическом энтузиазме. М ., 1953, 54-bet.
95


yati va genezisini xristian dini aqidalariga asoslanib emas, balki 
inson manfaatlari va ehtiyojlari, insoniy haq-huquqlariga asos­
lanib talqin qila boshladilar.
Renessans davri Yevropa faylasuflari, huquqshunoslari har 
tomonlama ulug‘lagan markazlashgan qudratli davlat qurish 
g‘oyasining antropotsentrik xususiyatini ilg‘ab olmoq uchun ushbu 
g‘oyaning shakllanish jarayoni haqida tasawurga ega bo‘lish darkor. 
Birinchidan, ushbu g‘oya VIII—XIV asrlarda jahon ijtimoiy-fal- 
safiy fikrlar taraqqiyotining hosilasi ekanligi e’tibordan chetda 
qolmasligi kerak. Darhaqiqat, markazlashgan davlat qurish g'oyasi 
bir kunda yoki bir mamlakatda paydo bo‘lgani yo‘q. Chunon­
chi, uning kurtaklari Eron va Turonda sosoniylar hukmronlik 
qilgan kezlardayoq vujudga kelgan edi. Muhammad payg‘ambar, 
undan so‘ng esa xalifalar: Abu Bakr, Umar, Usmon va Alilar 
sosoniylarning markazlashgan davlat qurish g‘oyasi va tajribasini 
o‘zlashtirib, tarqoq, ko‘chmanchi va qoloq arab qabilalarini 
yagona davlatga birlashtirdilar. Bulling natijasi o‘laroq, musul- 
mon madaniyati misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatlarga erishdi.
Eramizning 711 -yilida arablarning Ispaniyani ishg‘ol etishi 
bilan markazlashgan qudratli davlat qurish g'oyasi Yevropaga 
kirib keldi va Rim imperiyasi halokatidan so‘ng inqirozga yuz 
tutgan Yevropaning rivojlanishiga zamin hozirladi. Oradan bir 
asrdan ko‘proq fursat o‘tgach, mazkur g‘oya asosida birlash- 
tirilgan arab Ispaniyasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy rivojlanishga 
erishdi, aholi turmush darajasi yuksaldi. Markazlashgan qudratli 
davlat qurish g‘oyasi eng e’tiborli ijtimoiy nazariyaga aylandi. 
Ushbu nazariya nafaqat Ispaniyaga, balki unga qo‘shni bo'lgan 
mamlakatlar, xususan, Italiya va Fransiyada ham obro‘ qozoni- 
shi tabiiy bir hoi edi.
Ikkinchidan, markazlashgan qudratli davlat qurish g‘oyasi 
Italiya va Fransiya uchun ijtimoiy — falsafiy fikrlar taraqqiyo­
tining xotimasi, o‘z navbatida, jamiyatda vujudga kelgan inqi- 
rozni bartaraf etishning o‘ziga xos muhim nazariyasi bo‘ldi. Arab- 
lar sharofati bilan Sharqdan G ‘arbga eksport qilingan markaz­
lashgan qudratli davlat qurish g‘oyasi Yevropani ishg‘ol eta- 
yotgan bir paytda Italiya bir-biriga bo'ysunmaydigan, ko‘p hol- 
larda bir-biriga dushman bo'lgan shaharlardan iborat edi. Aho- 
lining turli qatlamlari markazlashgan davlat Ьафо etish orqali 
tarqoqlikka barham berish mumkinligini tobora tushunib yetmo-
96


qda edilar. Eramizning XIII asriga kelib, markazlashgan davlat 
qurish sa’y-harakatlari keskin tus oldi. «Aholi, — deb yozadi 
taniqli o‘zbek olimasi F. Sulaymonova, — ikki guruhga: gvelflar 
(Rim papasi qo‘l ostida milliy birlashuvning tarafdorlari) va 
gibellinlarga (German imperatori tobeligida feodal birlashuv taraf­
dorlari) bo‘linib, ular o‘rtasida keskin kurash ketadi»1.
E ’tiborli tomoni shundaki, XIV asrda gvelflarning gibellinlar 
ustidan g‘alaba qozonishi ham ushbu kurashga nuqta qo‘ya olma- 
di. Oxir-oqibatda gvelflarning o‘zi imperator va papa tarafdorla- 
riga bo'linib ketdilar. Buning sababi shundaki, hali Italiyada 
markazlashgan qudratli davlatning mohiyati, uning tuzilishi
asosiy institutlari va ularning funksiyalari haqidagi yagona g‘oya 
shakllanmagan edi. Jamiyatdagi ixtiloflami bartaraf etadigan va 
millat ravnaqini ta ’minlaydigan qudratli umumdavlat g‘oyasini 
shakllantirishga ehtiyoj endigina shakllanayotgan edi, xolos.
Markazlashgan qudratli davlat qurish g‘oyasi fuqarolaming 
haq-huquqlari to ‘g‘risidagi tasawuri bilan bevosita bog‘liq. Xud­
di shuning uchun ham Renessans davri ijtimoiy falsafiy fikr- 
mulohazalarning shakllanishida o ‘sha davr mutafakkirlari yarat- 
gan huquq to‘g‘risidagi tasawurlarning ahamiyati beqiyosdir.
Renessansgacha bo'lgan davrda «huquq» tushunchasi mohi- 
yatan ikki xil yondashuv asosida talqin qilinardi. Zotan, bir 
tomondan, u Xudo irodasining ifodasi bo‘lgani uchun zaru- 
riylik, mutlaqlik va abadiylik xarakteriga ega, deb ta’riflangan 
bo‘lsa (bunday yondashuv o‘rta asrlarda norma hisoblangan), 
ikkinchi tom ondan, huquq kishilar orasidagi kelishuvning 
mahsuli bo‘lib, o'zgaruvchan va nisbiy xarakterga ega, deb 
hisoblangan (bunday yondashuv esa qadimgi zamon mutafak­
kirlari tomonidan ishlab chiqilgan). Biroq «huquq» tushuncha- 
sini talqin etishda uchinchi yondashuv ham mavjud. Unga ko‘ra, 
huquq insoniylikning namoyon bolishidir, lekin u zaruriy 
xarakterga ega, chunki uning mohiyati inson tabiati bilan bog‘liq. 
Xullas, «tabiiy huquq» tushunchasi qadimgi yunon stoiklari va 
o‘rta asr sxolostlari (jumladan, Foma Akvinskiy) tomonidan 
ham shakllantirilgandi. Lekin yangi davr arafasiga kelib, ya’ni 
Renessans davrida bu tushuncha har tomonlama rivojlantirildi.
Shunday qilib, Renessans davri Yevropa falsafasi mar-

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin