cheklangan, xolos. Shu boisdan inson xulq-atvori ko‘p jihatdan
hissiylikka, ayniqsa, huzur-halovatga borib taqaladi. Huzur-halo-
vatga erishgan kishilar o‘zlarini baxtiyor deb hisoblaydilar.
Ajablanarli joyi shundaki, bunday kishilarni asl, haqqoniy hu-
zur-halovat qiziqtirmaydi. Ular uchun biror narsani huzur-
halovat deb hisoblanganining, biror narsani huzur-halovat deb
e’lon qilinishining o‘zi kifoya. Xullas, insonning baxti narsaga
emas, narsa haqidagi o‘z mulohazasiga bog‘liq. Detnak, baxtni
ko‘pchilik o‘ylagandek, bilimdan, adashmaslikdan emas, bilim-
sizlikdan, adashishdan izlamoq darkor. Hayotning irratsional
mohiyati ham ana shu yerda yaqqol namoyon bo‘ladi. Kishilar
aslida baxtli-saodatli bo‘lish-bo‘lmasliklaridan qat’i nazar, o‘zlarini
baxtli, saodatli deb, o ‘zlarini aldab, ahmoqchilik qilib yashay-
dilar. Hayot irratsionalistik mohiyatga ega ekan, uni aql yorda-
mida ilg‘ab, bilib boimaydi, uning xususida mutlaq haqiqatni
aniqlash amri mahol. Shunday ekan, mutlaq haqiqatni da’vo
etayotgan kishilarni va ulaming ta’limotlarini kim va nima deb
atamoq darkor?
Xullas, Erazm Rotterdamskiy XVI—XVII asr Yevropa mu-
tafakkirlarining dunyoqarashlariga katta ta’sir o‘tkazdi. U o‘zining
havas qilsa arzigulik ijodiy faoliyati bilan xristian e’tiqodining
turli be’maniliklardan ozod qilinishi, uning negizida insonpar
varlik g‘oyalarining yanada rivojlanishi, ijtimoiy adolat va tenglik
g‘oyalarining sistemalashtirilishi uchun shart-sharoit yaratib ketdi.
Erazm Rotterdamskiy asos solgan xristiancha gumanizm ha-
rakatini har tomonlama rivojlantirishda, buyuk ingliz gumanisti,
davlat arbobi va yozuvchisi Tomos Morning xizmatlari beqiyos
edi1. Tomos Morning falsafiy-axloqiy qarashlari xristiancha gu-
manistik axloqiy idealning, inson qadr-qimmati va uning erkin-
ligi haqidagi ta’limotning yorqin ifodasi edi.
Mutafakkirning inson to‘g‘risidagi qarashlari, uning «Dav-
Dostları ilə paylaş: