qirol-u a’yonlardan tortib papa va kardinallarga
qadar barchasi
ahmoqlik qilib turadilar. Eng hayratlanarli joyi shundaki, mual-
lif, hatto Iso payg‘ambar va uning havoriylarining faoliyatini
ham
ahmoqchilikdan iborat, deb baholaydi, chunki «xristian
e’tiqodi, aftidan, qandaydir ahmoqchilikni eslatadi va donish-
mandlikka mutlaqo mos tushmaydi». «Xudoga ahmoqlar buncha-
lik kerak bo‘lib qolgani bejiz bo‘lmasa kerak»1. Albatta,
bu satr-
lar bilan tanishgach, mutafakkir xristian dinini mutlaqo inkor
etgan, degan xulosaga ham kelish mumkin. Aslida bunday emas,
aks holda u o‘zi targ‘ib etgan «Iso falsafasi»ga o‘zi
qarshi chiqqan
bo‘lur edi. Bu yerda gap xristian e’tiqodining mohiyati haqida
emas (garchi ayrim mulohazalarida muallif xristiancMikning asosiy
g‘oyalarini tanqid qilsada), o‘sha davrda hukm surgan rasmiy
ilohiyot haqida borayotir. Masalaning
mohiyatini bilmoq uchun
Erazmning sxolastikaga va u bilan bog‘liq bo‘lgan rasmiy-dog-
matik ilohiyotga munosabatidan xabardor bo‘lmoq zarur.
Erazm xristiancha e’tiqod bilan rasmiy-dogmatik ilohiyot
o‘rtasida katta tafovut yuzaga kelganini asoslab beradi. Buning
asosiy sababi rasmiy
ilohiyot tarafdorlaridirki, Erazm ularni
«zaharli o‘simliklar», deb ataydi. Ular o‘z bema’niliklariga shu
qadar berilib ketganlarki, na o'zlari haqiqatga erisha oladilar, na
o'zgalarni qo‘yadilar. 0 ‘z flkrlariga qo‘shilmagan
har qanday
zotni bid’at, deb e’lon qiladilar. Boz ustiga, aslida safsataboz
boigan bu ilohiyotchilar ijod va ijod ahlini,
bilim va bilim
egasini nazorat ostida saqlab turishga oshiqadilar. Qizig‘i shun
daki, hatto jannat kalitchisi avliyo Petr ham «qanday qilib
bilimning o‘ziga ega bo‘lmasdan turib, uning kalitini qo‘lda saqlab
turish mumkin» ekanligini tushuntirib bera olmaydi.2 0 ‘z mu-
lohazalarining mantig'i asosida Erazm ilohiyotchilami tanqid
qilishdan sxolastikaning o ‘zini tanqid etishga o‘tib ketadi.
Ahmoqchilikning mohiyati haqida
fikr yuritgan Erazm uni
«hayot» tushunchasining sinonimi sifatida qo‘llay boshlaydi. Ushbu
mulohazalar tabiiy bir savolning tug‘ilishiga olib keladi. Nima
uchun ahmoqchilik donishmandlikdan ustunroq, qudratliroq
chiqaverdi? Muallifning fikriga ko‘ra,
hissiylik insonning butun
jismini qamrab oladi, vaholanki aql jismning bir qismi bilan
Dostları ilə paylaş: