terdamskiy xristian gumanizmi va Platonning «Davlat»
asari
beqiyos ta’sir ko‘rsatdi.
«Utopiya» so‘zi T.Mor tomonidan ilk bor qo‘llangan bo‘lib,
«yo‘q joy», «hech qayer», degan ma’noni anglatadi. Ushbu so‘z
yordamida ifodalangan orolda baxt-saodatli kishilar farovon tur-
mush kechiradilar. Bunday turmush qat’iy antiindividualizmning
joriy etilishi orqali yo'lga qo‘yilgan. Antiindividualizm xususiy
mulkni
bekor qilishni, jamiyat a’zolarining mulkiy va iste’moliy
tengligini ta’minlashni talab etadi. Bunday fikrlami bayon etishda
Tomas Mor xristiancha gumanizm g‘oyalariga asoslanadi.
Tomas Mor Platon va Abu Nasr Forobiyning adolatparvar
shoh haqidagi mulohazalarini davom ettiradi. Maksimal tenglik
joriy etilgan orolda
faqat har tomonlama ilmli, ma’rifatli, turli
illatlardan xoli zotgina hukmdorlik qilishi mumkin. «Hukmdor
shunday bir manbaki, undan butun xalqqa ham ezgulik ham
yovuzlik yog‘ilib turishi mumkin», — deb yozadi mutafakkir.1
Asarda bunday afsonaviy hukmdor Utop deb ataladi.
U maz-
kur orolni kashf etgach, unda o‘z ijtimoiy, siyosiy va axloqiy
qonun-qoidalarini joriy etadi. Hukmdor,
birinchi navbatda, na-
faqat xususiy mulkning batamom bekor qilinishiga, balki pul
va oltinga bo'lgan salbiy munosabatning shakllanishiga muvaffaq
bo‘ladi. Orolda pul batamom yo‘q
qilingan, oltindan esa eng
iflos ishlar uchun ishlatiladigan buyumlar tayyorlanadi. Buyuk
gumanist odamlar boshiga mislsiz kulfatlar keltirgan oltin-u
zarga
bo‘lgan nafratini shunday tarzda ifodalaydi.
Albatta, maksimal
tenglikni saqlab turish, ijtimoiy mulkchi-
likning mutlaq ustuvorligini ta ’minlash uchun Utopning sa’y-
harakatlari kifoya emas edi. Buning uchun orolda yashovchilar
mehnat faoliyatida ham teng ishtirok etishlari zarur. Tabiiyki,
bunda, birinchi navbatda, jismoniy mehnat haqida gap boradi.
Utopiyada hunarmandlar va dehqonlarning
mehnati har qanday
davlat uchun zarur shart-sharoit ekanligini isbotlashga harakat
qiladi. Afsuski, ayrim davlat arboblari mehnat faoliyatidan yi-
roqlashib ketganliklari bois hunarmand va dehqonlar haqida
qayg‘urmay qo‘yadilar.
Utopiyada odamlar hunarmandchilik va qishloq xo'jalik
ishlari
bilan shug‘ullanadilar. Unda ishtirok etish barcha kishilar uchun
Dostları ilə paylaş: