O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


М ог T. Utopiya. М ., 1978, 125-bet



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 М ог T. Utopiya. М ., 1978, 125-bet.
I l l


majburiyatdir. Hatto sifograntlar (boshliqlar) ham el qatori mehnat 
qiladilar, chunki mehnat orolda axloqiy zaruriyatga, ehtiyojga 
aylangan. Orol xalqi 6 soat mehnat qiladi (o‘sha davr Angliyasi 
uchun 6 soatlik ish kuni orzu edi). Eng og‘ir mehnatni jino- 
yatchilar bajaradilar. Shu bois utopiyaliklar bo‘sh vaqtlarini o‘z 
axloqiy qiyofalarini takomillashtirish uchun sarflaydilar.
Aqliy m ehnat bilan orolda eng iste ’dodli kishilar 
shug‘ullanadilar. Boshqa yurtlarda esa «hanuzgacha fan bilan 
to ‘nkalar va galvarslar mashg'ullar, yuksak aql sohiblari esa 
behuda qurbon bo‘lib ketmoqdalar»1. Aynan shu yuksak aql 
sohiblari Utopiyada turli lavozimlarda mehnat qiladilar, din 
peshvolari sifatida faoliyat ko'rsatadilar.
Darvoqe, Utop orolidagi turmush tarzi, ishlab chiqarish 
aqlga muvofiq joriy etilgan bo‘lishiga qaramasdan, ular hayotida 
axloq ustuvorligicha qolaveradi. Aynan axloq nuqtayi nazaridan 
orolda inson eng oliy qadriyat, deb e’lon qilingan. Inson eng 
qadrli mavjudot bo‘lgani tufayli hamisha huzur-halovatda 
yashamog‘i lozim. Ushbu huzur-halovatlarning eng asosiysi salo- 
matlikdir. Salomatlikning birinchi sharti esa me’yorida ovqatla- 
nish bilan bog‘lanadi.
Utopiyaliklarning tinchliksevarligi ham orolda axloq norma- 
lari ustuvorligidan dalolat beradi. Orol xalqi urushni hayvoniy 
qiliq, deb hisoblaydi, o‘z tashabbusi bilan urush ochishdan 
hazar qiladi. Biroq orol saodati uchun kurashishga majbur 
bo‘lganlarida jonlarini jabborga beradilarki, orolni kulfatlardan 
saqlab qoladilar.
Umuman oroldagi hayot ko‘proq huquqiy normalar emas, 
axloqiy normalar asosida boshqariladi. Shu boisdan qonunlar 
shu qadar kamki, ularni butun aholi yaxshi biladi. Darhaqiqat, 
xalq uchun qonunlarning ko‘p bo‘lishi shart emas.
Orolda axloq ustuvor bo‘lgani bois aholining dinga munosa- 
bati ham o‘zgacha. Bunda T.Mor asl dinni xurofot-u irim- 
sirimdan ajratib olish zarurligiga ishora qiladi. Asl din deganda 
mutafakkir Florensiya platoniklari talqin etgan universal dinni 
tushunadi. Utopiyani qachonlardir kashf etgan Utop, asar qah- 
ramoni Gotlodeyning aytishiga qaraganda, bunday dinni orolda 
Iso payg'ambar tavalludidan 144-yil aw al joriy etgan emish. 
Ushbu dinga ko'ra, Xudo bittadir, u vaqti-vaqti bilan turli

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin