mo‘jizalar ko‘rsatib, odamlarga o‘zi haqida xabar berib turadi.
Inson joni ham abadiydir. Uning bu dunyodagi qilmishlari narigi
dunyoda baholanadi, ya’ni yoki mukofotga, yoki jazoga mu-
nosib topiladi. Orolning ilk hukmdori Utop aholining turli elat
vakillaridan tarkib topganini inobatga olib, din erkinligini joriy
etadi. Hatto xudosizlar ham jazoga loyiq topilmaydilar.
Tomas Mor «Utopiya» nomli asarida inson shaxsi tuban-
lashuvining sabablarini tushuntirib berdi. Uning fikriga ko‘ra
o‘g‘irlik, daydilik shaxs tubanlashuvining ko‘rinishlaridir. Jamiyat-
da sodir bo‘layotgan qashshoqlik, huquqsizlik kabi sharmandali
g‘ayriinsoniy holatlarni tugatmoq uchun, eng awalo, kishilar-
dagi turli порок yo‘llar bilan topilgan moddiy boyliklami yo‘qotish
darkor. Ingliz mutafakkirining ta ’kidlashicha, jamiyatdagi eng
yuksak qadriyat insondir. Shuning uchun ham u «inson oltinga
nisbatan arzon bo'lishi» kabi yaramas holat bilan hech qachon
murosaga kela olmagan. Uning tushuntirishicha, inson hayoti hech
narsaga tenglashtirib bo‘lmaydigan qadriyatdir, chunki uni
«dunyodagi hech qanday in’om bilan tenglashtirib bo‘lmaydi».
Mor insonda eng buyuk talant va qudratli mo'jizani ko'radi.
Tomos Morning inson to ‘g‘risidagi qarashlari barcha odam
lar ekspluatatsiyadan xoli, bir-birlari bilan teng bo‘lgan ideal
ijtimoiy tuzum haqidagi fikr-mulohazalari bilan uyg'unlashib
ketdi. Jamiyatning har bir a ’zosi umumiy ishga o‘zining hissa-
sini qo‘shadi. Odamlarning faoliyati jamiyat ishiga qo‘shgan his-
sasi bilan baholanadi. Bunday jamiyatda fuqarolar faqat olti
soat ishlashadi. Qolgan bo‘sh vaqtlarini o'zlarining madaniy-
m a’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun sarflaydilar, hordiq
chiqaradilar, musiqa, she’riyat, fan bilan shug‘ullanadilar. Jami
yatning barcha a’zolari xayrli, savob ishlar bilan band bo‘ladilar.
Inson kelajagi, uning taqdiri haqidagi flkr-mulohazalar ita-
liyalik gumanist Tommazo Kampanella1 asarlarida ham bayon
Dostları ilə paylaş: