3. MUSULMON FALSAFASIDA INSON TAFSIRI
Musulmon faylasuflari ham odam va olam orasidagi o‘zaro
aloqadorlik muammolarini bilishga intildilar. Odam deb ataluvchi
mavjudotni kim yaratgan? Odam qanday unsurlardan tashkil
topgan? Odamning inson darajasiga ko‘tarilishi qanday sodir
bo‘ladi? Insonning jismi bilan uning ruhiyati, ma’naviyati orasi
dagi aloqadorlik mavjudmi? kabi savollarga javob topmoqchi
bo‘ldilar. Turgan gapki, bunday savollarga javobni, eng awalo,
musulmon faylasuflari «Qur’oni Karim»dan izladilar.
«Qur’oni Karim»ning yettinchi — «A’rof» surasining o‘n
birinchi, o‘n ikkinchi, o‘n beshinchi — «Xijr» surasining yi-
girma oltinchi oyatlarida dastlabki Odam (Odam Atoni) surati-
ni, Olloh qora botqoqdan, ya’ni loydan yasaganligi1, keyin
unga tiriklik, ya’ni jon ato etganligi, Momo Havo esa Odam
Atoning «chap biqinidan» yaratilganligi xabar qilinadi. Islom
qoidalariga muvofiq butun kishilik jamiyati Odam Ato bilan
Momo Havodan tarqalgan. Rivoyatlarga qaraganda Odam Ato
bilan Momo Havo bir ming-u qirq yosh umr ko‘ribdilar. Shu
davr mobaynida, ulardan qirq bir farzand vujudga kelibdi. 0 ‘sha
qirq bir farzanddan yigirma bir nafar o‘g‘il va yigirma nafar
qiz tug‘ilibdi. Ulardan paydo bo£lgan nabiralar ming nafarga
yetibdi2. Odam Ato o‘g‘lonlarining qirq mingga yetganini ko‘rib,
dunyodan ko‘z yumibdi3.
Ko'rinib turibdiki, musulmon falsafasining inson to ‘g‘risidagi
fikr-mulohazalari islom dinining paydo bo‘lishi (VI asrning bosh-
lari) va uning shakllanishi bilan bog‘liq. Islom dinining vujudga
kelishi Arabistonning Makka shahrida tavallud topgan, yirik din
va davlat arbobi Muhammad ibn Abdulloh4 nomi bilan bog‘liq.
1 Qur’oni Karim. Toshkent, 1992, 101, 181-betlar.
Dostları ilə paylaş: