b) Sunniylik: mutakallimlik, mu’taziliylik va shialik
ta’limotlarida inson borlig‘i
0 ‘rta asrlar musulmon falsafasining eng yirik diniy-falsafiy
ta’limoti sunniylik VTI asrning ikkinchi yarmida Arabistonda vu
judga keldi hamda VIII—XII asrlarda arab xalifaligidagi g'oyaviy-
siyosiy kurashlar jarayonida islom falsafasidagi yirik ta ’limot si-
fatida shakllandi. Ma’lumki, VII—VIII asrlarda
arab xalifaligining
uzluksiz kengayib borishi, xalifalik tarkibiga zo‘rlab kiritilgan
mamlakatlar xalqlari turmush tarzining majburan arablashtiri-
lishi, mahalliy aholi turmush tarzidan islomgacha bo‘lgan urf-
odatlarning zo‘rlik bilan yo‘qotilishi, o‘z
navbatida, imperiya
hududida yashovchi barcha xalqlaming madaniy-ma’naviy muno-
sabatlaridagi turli ziddiyatlarni ham keskinlashtirib yubordi. Ana
shunday ziddiyatlarni bartaraf etish maqsadida islom dinini qabul
qilgan barcha xalqlar uchun ibrat bo‘ladigan
M uhammad
payg‘ambar va uning avlodlari, musulmon olamining buyuk kishi-
lari, valiylari, shayx-u imomlarining
pand-u nasihatlarini ifo-
dalovchi rivoyat-u bashoratlarda o‘z ifodasini topgan sunnalardan1
foydalanish urf bo‘ldi. Markazlashgan arab davlati shakllanayo-
tgan dastlabki davrlarda xalifalik, ya’ni davlat boshliqlari hokimi-
yatni idora etishda sunnalarga asoslandilar. Sunnizm xalifalikda
davlat siyosatining asosini tashkil etuvchi yirik ta’limot
sifatida
shakllandi va rivojlandi.
Sunnizmning g'oyaviy asosini tashkil etgan sunnalarning
to'plam lari hadislar deb nomlangan. Musulmon falsafasida
«hadis», «sunna» tushunchalari bir xil m a’noda ishlatila bosh-
landi. Hadislarni to'plash Muhammad payg'ambar hayotligi-
dayoq
Abdulloh ibn Amir ibn Anas, Ali ibn Abu Toliblar
tomonidan boshlangan edi. Birinchi hadislar to'plam ini xalifa
Umar ko'rsatmasiga muvofiq Ibn Shihob az-Zuhariy yaratdi.
Lekin ushbu to'plamdagi hadislar hali qat’iy bir tartibga solin-
magan edi.
Boz ustiga, VII—VIII asrlarda arab xalifaligi hudu
dida vujudga kelgan turli siyosiy, madaniy-ma’naviy ziddiyat-
lar, amir-u hokimlarga bo'lgan xushomadgo‘ylik, laganbardor-
Dostları ilə paylaş: