aniqlash borasidagi fikr-mulohazalari bilan o'tmishdan keskin
farq qilar edi.
Bunday tendensiyani o‘rta asr musulmon faylasuflari asar-
laridan darhol ilg‘ab olish mumkin. Aniqroq qilib aytganda,
o‘rta asrlar musulmon faylasuflari barkamol inson shaxsini shakl-
lantirishda adabiyotning pand-u nasihat janridan ustalik bilan
foydalandilar. Pand-u nasihat janriga Unsurulmaoliy Kaykovus-
ning «Qobusnoma» («Nasihatnoma»), Nizomulmulkning «Siyo-
satnoma», Nosir Xusravning, «Safarnoma», Nizomiy Aruziy
Samarqandiyning «Navodirun-hikoyat» («Nodir hikoyatlar») asar-
larida asos solindi. Shuningdek, IX—X asrlar musulmon fayla
suflari barkamol inson g'oyasini shakllantirishda o‘rta asrlarda
keng tarqalgan adabiyotning munozara janridan ham unumli
foydalandilar. Bunday tendensiyani Ahmadiyning «Sozlar mu-
nozarasi», Yusuf Amiriyning «Bang va Chog‘ir manzarasi»,
Yaqiniyning «O'q va Yoy munozarasi» asarlaridan darrov ilg'ab
olish mumkin1.
Musulmon madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida Eron,
Movarounnahr, Xuroson xalqlarining madaniy an’analarining
hissasi ham beqiyos bo‘ldi. Chunki, Movarounnahr, Xuroson
xalqlari qadimiy madaniy an’analarga boy va ma’naviy mavqei
baland edi. Shuning uchun ham, qadimgi Eron va Turon arab
xalifaligi tasarrufiga kirgandan so‘ng musulmon madaniyatining
shakllanishi va rivojlanishida yetakchi o'rinlardan birini egalladi.
Madaniy-ma’rifiy aloqalarning rivojlanib borishi bilan xalifa
lik hududida yashovchi xalqlar madaniyati biri ikkinchisiga o‘z
ta’sirini o'tkaza boshladi. Turli xalqlar madaniyatining bir-biriga
yaqinlashuvi, turli madaniyatlarning aralashuvi sodir bo'ldi.
Qadimgi Hind, Xitoy, Yahudiy, Eron va Turon, Yunon xalqlari
madaniyati qo'shilib-qorilib ketdi. Ana o‘sha yaqinlashuv, ana
o ‘sha aralashuv oqibatida, jahon sivilizatsiyasi tarixida «Mu
sulmon madaniyati»2 deb nomlangan mutlaqo yangi madaniyat
vujudga keldi.
Dostları ilə paylaş: