«Kitob at-Tavohid» asarida inson ongi va faoliyatida ro‘y bera-
digan o‘zgarishlarga «ular tafakkur va tadqiq bilan qarasalar
edi, Olloh taolo ham bandalarini tafakkur va tadqiqot, ibrat
va tajriba bilan ish qilishga buyurganini tushunar edilar, ibrat va
tafakkur esa bilim manbalaridan biridir»1. Bunday g‘oyalarni
bayon qilish bilan Al-Moturidiy «Qur’on» aqidalari yuzasidan
bahs-munozara yuritayotgan turli oqimlar, guruhlarning asossiz
tortishuvlariga chek qo‘ydi. Sunniylik tarkibida turli oqimlarning
ko‘payib ketishining oldi olindi.
Al-Moturidiy insonning taqdiri, ya’ni uning kelajagi haqida
fikr yuritib, uning bu borada «tanlash erkinligi bor», degan
g‘oyani olg‘a surdi. Aniqroq qilib aytganimizda, inson kelajakda
nimani qilmoqchi, nimani amalga oshirishni o‘zi hal qilishi
mumkin, degan fikrni musulmon faylasuflari hukmiga havola
qildi. Bunday g‘oyaning kun tartibiga qo‘yilishi, shubhasiz,
musulmon falsafasida ulkan g'oyaviy sakrash edi.
Al-Moturidiy musulmon falsafasiga xos bilish nazariyasini
ishlab chiqdi. Ushbu nazariyaning mazmun-mohiyati Ollohning
fazilatlari, xislatlarini bilishga qaratilgan bo‘lsada, uning uslu-
biy-ma’rifiy asoslarini falsafa tashkil etar edi. Bunday holatni
samarqandlik allomaning inson to ‘g‘risidagi, Ollohning yakka-
yu yagonaligi haqidagi fikr-mulohazalaridan darhol ilg‘ab olish
mumkin. Shuningdek, al-M oturidiy yaratgan musulmoncha
gnoseologiya ishonchli tayanch tushunchalar, qoidalarga asoslan-
ganligi bilan ham ajralib turadi. Turgan gapki, bunday holat
o‘sha davr mutakallimlariga mutlaqo xos bo‘lmagan, yangi bir
tendensiya edi.
Al-Moturidiy o‘zi yaratgan musulmon falsafasiga xos bilish
nazariyasi yordamida Xudo, olam, odam borlig‘i orasidagi o‘zaro
aloqadorlikni tahlil qilar, bir fikrni ikkinchisidan keltirib
chiqarardi. Yaratgan bilish nazariyasida bahs, munozara — «tan-
qidiy fan» vazifasini bajarardi. Shuningdek, al-Moturidiy yarat
gan bilish nazariyasiga ko‘ra, insonning bahs-munozara borasidagi
faoliyatining asosida oraliq yo‘l (uchinchi yo‘l)ni tanlay bilish
Dostları ilə paylaş: