tirishda va uni yanada rivojlantirishda bilim muhim ahamiyatga
ega ekanligini alohida ta ’kidladi. Qayerda bilim, ilmga e’tibor
kamaysa, o'sha yerda odamlar axloqan tubanlasha boshlaydilar.
Jamiyat ma’naviy inqirozga yuz tutadi. Odamlar orasidan
hurmat-izzat ko‘tariladi. Mehr-oqibatsizlik avj oladi. Bilimsizlik-
ning dastlabki ko‘rinishlari, kishining o‘z iffatini yo'qotishdir,
deb tushuntiradi.
Yuqoridagi dalillardan ko'rinib turibdiki, musulmon falsafa-
sidagi eng yirik ta’limot
hisoblangan, sunniylikning g'oyaviy
asosi bo‘Igan sunnalarni to‘plashda, uni ishonarli, mukammal
hadislar to ‘plamlari shaklida rasmiylashtirishda movarounnahrlik
muhaddislar munosib hissa qo‘shdilar. 0 ‘z navbatida, xuddi shu
fldoyilik nafaqat musulmon madaniyati,
balki umumbashariy
madaniyat va ma’naviyat taraqqiyotiga qo‘shilgan buyuk ulush
ham bo‘ldi.
0 ‘rta asr musulmon falsafasidagi eng yirik ta’limot, sun-
niylik zaminida shialik vujudga keldi. Shialik asta-sekin sunniylikka
muxolifatda bo'lgan diniy-falsafiy ta’limot sifatida rivojlanib
boraveradi. Ma’lumki, shialik VII asr o‘rtalarida xalifa Ali hokimi-
yatini qoilab-quwatlovchi siyosiy guruh dunyoqarashi sifatida
vujudga keldi. Shiizm tarafdorlari faqat Ali va uning maslakdosh-
larining nomi bilan bog‘liq boMgan
sunnalarni tan olar edilar,
xolos. Shiizm tarafdorlari sunnizm targ‘ib etgan ayrim urf-odat-
lar, marosimlami rad etdilar. Shuningdek, sunniylik bilan shia
lik o'rtasida hokimiyat masalasida ham ixtilof mavjud edi. Xusu
san, sunniylar xalifalik hokimiyatining tarafdori bolishgan bo'lsa,
shialar hokimiyatni imomat boshqarishi zarur, degan g'oyani
olg‘a surar edi.
Asta-sekin shiizm tarkibida ham turli-tuman diniy falsafiy
ta’limotlar vujudga kela boshladi. Xususan, VII asming ikkinchi
yarmida shiizm tarkibida vujudga kelgan xorijizm ta ’limoti arab
xalifaligi tomonidan bosib olingan Iroq va Eron aholisi,
oddiy
arab mehnatkashlar ommasi manfaatlarini ifodalovchi demokratik
harakatning nazariy asosi vazifasini bajardi. Ushbu ta’limotga
ko'ra har qanday, hatto musulmon teokratik davlatining diniy
va dunyoviy boshlig‘i ham diniy jamoa tomonidan saylanaSi va
jamoaga bo‘ysunadi. Agar xalifa jamoa manfaatlarini himoya qil-
135
masa vazifasidan bo‘shatiladi, hatto qatl etiladi. Ayrim xorijiy-
lar, hatto musulmon jamoasi
xalifasiz ham yashay oladi, de-
gan fikrni bayon qilishdi. Xorijiylar g‘ayridin vakillariga — xris-
tianlarga, zardushtiylarga, moniylaiga ham xayrixohlik bilan mu-
nosabatda bo‘ladilar.
Xorijizm ta ’limotiga ko‘ra, yer butun musulmon jam oa-
sining mulki bo‘lishi, islom dinini qabul qilgan barcha fu-
qarolar jon va yer solig‘idan ozod bo‘lishlari, barcha kishilar
umuminsoniy axloq
normalariga rioya qilishlari, odamlar hayot
tarzida oddiylik barqaror bo‘lishi darkor. Ortiqcha zeb-u ziy-
nat, mol-u dunyoga hirs qo‘yish, mayparastlik qattiq tanqid
qilinadi1.
VII asr o‘rtalarida shialik tarkibida shakllangan diniy falsafiy
ta’limotlardan yana biri — ismoilizm edi. Ismoilizmning shakl-
lanishida neoplatonizm, neopifagorizm
kabi Yevropada keng tar-
qalgan falsafiy ta’limotlaming, shuningdek, qadimgi Eron va
Turon xalqlari orasida islomgacha keng tarqalgan zardushtiylik,
moniylik, mazdakizmning ta ’siri katta bo‘ldi.
Ismoilizm murakkab diniy-falsafiy ta’limot bo‘lib, ochiq (zo-
hiran) va maxfiy (botinan) shakllardagi targ'ibot va tashviqot
ishlariga mo‘ljallangan edi. Keng mehnatkashlar orasida amalga
oshiriladigan ochiq targ‘ibot va tashviqot ishlarida ismoilizm
g‘oyalari shialikdan deyarli farq qilmas edi. Maxfiy targ‘ibot va
tashviqotda butun koinotning mutlaq hokimi —
Xudo bilan
uning yerdagi vakili — payg‘ambar orasida katta farq borligiga
e’tibor qaratilar edi. 0 ‘sha farq yetti katta pog‘onadan (emanat-
siya): mutlaq Xudo, dunyoviy aql, dunyoviy jon, birlamchi
materiya, fazo, vaqt va kamolotga erishgan insondan (ya’ni
payg‘ambar) iborat deb tushuntirilar edi.
Ismoilizm ta’limotiga k'o‘ra, kamolotga erishgan inson, ya’ni
payg‘ambar (al-inson al-komil) o‘zida «dunyoviy aql»ni mujas-
samlashtirgan iqtidorli notiq bo‘lib> Xudoning fikr-mul6haza-
larini kuirai zaminda yashovchi insonlaiga yetkazib.tumdi. «Dunyo
viy aql»ni o‘zida mujassamlashtiigan payg'ambaming
eng muhim
fazilatlaridan biri bo‘lgan bilimlilik, ilmlilik har tomonlama
Dostları ilə paylaş: