O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Qarmatlik harakati IX asr oxirida Janubiy Iroqda vujudga kelgan. XI asrning



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Qarmatlik harakati IX asr oxirida Janubiy Iroqda vujudga kelgan. XI asrning
oxiri XII asrning boshlarida yo‘qolib ketgan.
137


koniyatlariga suyanib talqin qilishga qarshi chiqqan bo'lsalar, 
Abu Abdullo Muhammad ibn-Idris ash-Shofl’iy (767—820-y.) 
asoschisi bo‘lgan shofi’ya maktabi tarafdorlari Qur’oni Karim 
qoidalarini, Hadisi Sharif talablarini an’anaviy axloq norma- 
lari bilan bog‘lashga harakat qildilar. Abu Hanifa an-N u’mon 
asos solgan hanafi’ya maktabi tarafdorlari esa, aksincha, Qur’oni 
Karim qoidalari, Hadisi Sharif talablarini tushuntirish, sharh- 
lash, ya’ni tafsir qilish, ushbu masalalar yuzasidan erkin 
fikr-mulohaza yuritish mumkin, degan g‘oyani olg'a sura bosh- 
ladilar.
Bahs-munozaralarning avj olib borishi bilan sunniylik diniy- 
falsafiy ta’limotida biri ikkinchisiga zid bo‘lgan qutblar vujudga 
keldi. Chunonchi, sunniylik ta’limotining klassik an’analari, ya’ni 
uning g'oyaviy-nazariy asosi bo‘lgan Qur’oni Karim qoidalari, 
Hadisi Sharif talablari yuzasidan erkin fikr-mulohaza yuritishni 
taqiqlovchilar, o‘sha qutblanishning bir qutbida, sunniylik qoi­
dalari yuzasidan erkin flkr-munozara yuritishni istovchilar ik- 
kinchi qutbida to ‘plana boshladilar. Alqissa, bahs-munozaralar 
natijasi o‘laroq VIII asrning oxiri IX asrning boshlarida sunniy­
lik tarkibida yana ikki ta ’limot — mutakallimlik va mu’taziliylik 
vujudga keldi.
Mutakallimlar «Qur’on» aqidalari qanday yozilgan bo‘lsa, 
uni sira o‘zgartirmasdan, turlicha sharxlamasdan tushunish va 
tushuntirish lozim, deydi. Zero, u Ollohning kalomi ekan, 
bandalar uni o‘zgartirishga haqlari yo‘q. Qur’oni Karim talab­
larini so‘zsiz, muhokamasiz bajarish lozim. Chunki odamlar 
Xudo xohlagan narsani xohlashlari darkor, ularda erkin istak 
yo‘q, degan fikr-mulohazalarini bayon qilib, inson erkinligini 
inkor etadilar.
Mutakallimlar odamning olamni bilish borasidagi imkoni- 
yatlarini ham tan olmadilar. Olamni bilishda inson sezgilari 
asosiy ahamiyatga ega ekanligini nazar-pisand qilmadilar. Olam 
va odam to ‘g‘risida hissiy bilishda ehtimollik, tavakkalchilikning 
rolini bo‘rttirib ko‘rsatdilar. Qur’oni Karimda nimani ma’qullash 
lozim deyilsa, o‘shani ma’qullash, ma’qullamaslik zarur deyil- 
gan bo'lsa, o‘shani rad etish darkor. Olam bilan odam o'rtasidagi
138


o‘zaro aloqadorlik jarayonini faqat Qur’oni Karim yoki Hadisi 
Sharifdan olingan u yoki bu qoida yordamida asoslash kerak. 
Bundan tashqari, tasdiq yoki uslublar yordamida chiqarilgan 
hukm yoki xulosani inkor qildilar.
Mutakallimlik alohida ta’limot sifatida shakllanib borishi bi­
lan sunniylik va uning g‘oyaviy-nazariy asosi Qur’oni Karim 
qoidalari, Hadisi Sharif yo‘l-yo‘riqlarini aql-idrokka mos qilib 
talqin etish, tafakkur imkoniyatlariga suyanib ish yuritish, is­
lom dinining mazmun-mohiyatini yanada tiniqroq tasawur etish 
ehtiyojini oshirib yubordi. 0 ‘z navbatida bunday ulkan ehtiyoj 
xalifalik hududida yashovchi fuqarolar turmush tarzini islomdan 
oldingi dinlar (zardushtiylik, moniylik, mazdakiylik) ta ’siridan 
xoli qilish bilan bog‘liq edi. Shuningdek, bunday ehtiyojning 
ortib borishi VII asr oxiri, VIII asrning boshlarida ilk islomda 
shakllangan turli oqimlar: havorijiylar, qadariylar, jaboriylar, 
murji’iylarning o‘zaro munozaralari ta’siridan ozod qilish bilan 
ham aloqador edi. Xuddi shu tarixiy zaruriyat Kalom ilmini 
shakllantirishga turtki bo‘ldi.
Kalom («Ilm ul-kalom) — o‘rta asr musulmon falsafasida 
Qur’oni Karim suralari, oyatlari, Hadisi Sharif talablari yuza­
sidan erkin fikr-mulohaza yuritish malakasi, o‘sha qoidalarni 
tafsirlash, tavsiflash san’ati, shuningdek, islom dinida obro‘- 
e’tibor topgan shaxslar, xususan, Muhammad payg'ambar va 
uning sahobalariga taqlid qilish madaniyati sifatida vujudga keldi. 
Asta-sekin islom dinining ilmiy-nazariy asoslarini har tomon­
lama tahlil qilish, Qur’oni Karim aqidalari, Hadisi Sharif ta­
lablarini musulmonlar turmush tarziga singdirish usullari va us- 
lublarining bir butun sistemasi, musulmon e’tiqodining shakl- 
lanish jarayonini o‘rganuvchi ilm sifatida shakllandi va rivojlanib 
bordi.
Kalom ilmining shakllanishida imom A’zam Abu Hanifa an- 
N u’mon as-Sobit al-Kufiyning (699—767-yillar) xizmatlari be- 
qiyosdir. Shuningdek, kalom ilmi rivojiga Movarounnahr olim­
lari Abu al-Hasan al-Ash’ariy asos solgan ash’ariya va Abu 
Mansur al-Moturidiy yaratgan moturidiya maktablari munosib 
hissa qo‘shdilar.
%
139


Al-Ash’ariy1 o‘z qarashlarini bayon etishda sunniylik tarkibi- 
dagi shofl’ya va malakai’ya mazhablari qoidalariga asoslangan 
bo‘lsa, al-Moturidiy o‘z fikr-mulohazalarini bayon qilishda Abu 
Hanifa an-Nu’mon asos solgan hanafl’ya mazhabiga tayandi. Ka- 
lomning ikki yirik maktabi: ash’ariya ham, moturidiya ham sun­
niylikning dastlabi mazhablari qoidalariga asoslangani uchun ham 
ushbu ta’limotlar orasida umumiylik va o‘xshashliklar mavjud. 
Awalo shuni ta’kidlash joizki, ushbu maktablarning asoschilari 
al-Ash’ariy va al-Moturidiy bir davrda tarix sahnasiga kirib kel- 
dilar. Ikkala maktab asoschilari bir g‘oyaviy muxolifga, ya’ni 
mu’taziliylarga qarshi kurash olib bordilar. Shuningdek, al- 
Ash’ariy, awal mu’taziliylik tarafdori bo‘lgan bo‘lsa, keyinroq 
ibn Hanbal asos solgan sunniylikdagi hanbaliylar tomoniga 
o‘tishga intildi. Al-Moturidiy esa hanafiylarning ishonchli namo- 
yandasi sifatida shakllandi. Umrining oxirigacha ushbu diniy- 
falsafiy oqim tarafdori bo‘lib qoldi.
Al-Moturidiy yaratgan moturidiya ta ’limoti1, inson e’tiqodida 
sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarni tahlil qilganda nafaqat «Qur’on» 
aqidalariga, aql-idrok, mantiq dalillariga, balki naql, ya’ni ibrat 
va tajriba ma’lumotlariga ham asoslanmog‘i darkor, degan g‘oyani 
ilgari suradi.
Al-Moturidiy Qur’oni Karim aqidalari va Hadisi Sharif 
normalari yuzasidan bir-birlari bilan uzluksiz munozara, bahs 
yuritayotgan turli oqimlar tarafdorlariga murojaat qilib, o'zining

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin