fozil odamlar jamiyatini qurish deb biladi. 0 ‘sha jamiyat bunyod-
korining o‘zi qanday insoniy fazilatlarga, xislatlarga ega bo‘lmog‘i
kerak? Fozil odamlarning turmush tarzi qanday tamoyillar asosi
da shakllanmog‘i darkor? degan savollarga javob izlaydi. Ushbu
savollarga javob bermoq uchun, eng awalo, insonning o‘zini,
uning tabiatiga xos xususiyatlarni bilish lozim. Inson tabiatini
o‘zgartirish, ya’ni uni yaxshilik, ezgulik prinsiplari asosida tar-
biyalash yo'llarini aniqlash zarur, degan xulosaga keladi. 0 ‘z
navbatida inson tabiatini o‘zgartirish orqali jamiyatni inson man-
faatlari tomon burib yuborish, buning uchun esa jamiyatni idora
qilishning to'g'ri vositalarini izlab topish, fuqarolaming xulq-
atvorlari, xatti-harakatlarini ijtimoiy adolat normalari asosida
tartibga solish darkor, degan g‘oyani bayon etadi. Bir ibora
bilan aytganda, Forobiyning tushuntirishicha, inson farovon-
ligini ta’minlamoq uchun jamiyat hayotining barcha jabhalarida
ijtimoiy adolat prinsiplari ustuvor bo‘lmog‘i zarur.
0 ‘rta asr musulmon faylasuflari orasida Abu Nasr Forobiy
birinchilardan bo‘lib jamiyatning kelib chiqishi, uning maqsadi
va vazifalari haqida izchil ta’limot yaratdi. Forobiyning fikriga
asosan, odamlar o‘zlarining moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini
qondirish uchun turli jamoalarga birlashganlar. Odamlar jamoa-
sini boshqarishda ijtimoiy adolat prinsiplari, normalariga rioya
qilish darkor ekanligini qayta-qayta takrorladi'. Jamiyatni boshqa
rish mexanizmini insonparvarlashtirish rahbarlar, yo'lbosh-
lovchilaming roli beqiyos ekanligini har tomonlama isbotlab,
jamiyatni adolatli boshqarishda davlat boshliqlari uchun zarur
bo‘lgan asosiy fazilatlar, xislatlami aniqlab berdi2.
Davlat boshlig‘ining eng zarur fazilatlari sifatida: muloha-
zali bo'lishni, adolatparvarlikni, kamtarlikni, haqiqatni sevish
va eng asosiysi, aqlli bo‘lishni alohida qayd etdi. Lekin bunday
fazilatlar bir kishida mujassam bo'lishi mumkin emasligini
tushunib yetgan Forobiy, yuqorida sanab o'tilgan fazilatlarni
o‘zida mujassamlashtirgan bir necha shaxslar birgalashib, dav-
Dostları ilə paylaş: