hayotni yaxshi bilishi, uning quvonchlari va tashvishlaridan
saboq olishi zarur, deb hisoblaydi. Alqissa, uning ijodida X
asrning ijtimoiy hayoti yaqqol ifodasini topgan, insonparvar-
lik har tomonlama ulug‘langan, ijtimoiy adolatsizlik esa qora-
langan.
Inson to ‘g‘risidagi qarashlar o‘rta asr musulmon Sharqi
tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy fikrlarining buyuk namoyandasi
Abu Ali ibn Sino1 tomonidan ham har tomonlama rivojlantirildi.
Buxorolik mashhur mutafakkirning inson to ‘g‘risidagi fikr-mu-
lohazalari «Tib qonunlari» («Al-qonun fit tibb»), «Insof kito-
bi» («Kitob al-insof»), «Kitob an-najot» («Kitob ash-shifo»),
«Donishnoma», «Ishorat va Tanbihot», «Risolatu tadbiri man-
zil», «Qush tili» kabi butun dunyoga mashhur asarlarida ba
yon etilgan2.
Abu Ali ibn Sinoning ijtimoiy-falsafiy, jumladan, inson
to ‘g‘risidagi fikr-mulohazalarining asosida o‘rta asr musulmon
Sharqida keng tarqalgan ismoilizm yotar edi.
Ismoilizm, yuqorida biz eslatib o‘tganimizdek, ratsionalizmga
tayanib, erkin fikr yuritishga intilgan ziyolilar orasida katta e’tibor
qozondi. Ismoilizm tarafdorlari ekspluatatsiya va haqsizlik, adolat
sizlik va zulmga qarshi edilar. Ijtimoiy adolat prinsiplari, norma-
lariga asoslangan yangi jamiyat qurishni orzu qilar edilar. Ibn
Sinoning otasi, akasi Ismoiliylar harakatining faol ishtirokchi-
Dostları ilə paylaş: