shunday sifatlar topilsa, xulq uning foydasiga va kimda bular
yetishmasa, xulq uning zarariga bo'ladi»2.
Abu Rayhon Beruniyning ta’kidlashicha, insonning kundalik
turmush tarzida yaxshilik barqaror bo‘lishi uchun kishilar tinch-
totuv, do‘st-birodar bo‘lib yashashlari lozim. Hind orollaridan
birida yashovchi kishilar turmush tarzini tasvirlab, bunday deb
yozadi: «Ular bir jins bo'lib, oralarida qarama-qarshilik yo‘q,
qahatchilik ko‘rmaydilar va qarimaydilar. Istagan narsalari oldi-
lariga kelib turadi, bir-birlari bilan totuv bo‘lib, rohatda yashay-
dilar, yaxshilikdan boshqani bilmaydilar, go‘yo ular jannat
bog‘ida istiqomat qiladilar. Ularga husn va uzoq umr berilgan,
bir-birlaridan ortiqcha yoki kam joylari yo‘q, hammasi birday.
Ularda xizmatkorlik, xo'jayinlik, gunoh qilish, bir-birini ko‘ra
olmaslik, qarama-qarshilik, ortiqcha gap-so‘zga borish, savdo-
garchilikka urinish yo‘q... Bu orolda yashovchilar bir-birlari bilan
teng»3.
Uning tushuntirishicha, yaxshilikning teskari tomoni yomon-
likdir. Yomonlik turli ko‘rinishlarda namoyon bo‘lib, eng yara-
masi ta’ma, g‘azab va ilmsizlikdir. Ayniqsa, ilmsizlik — inson
ning eng ashaddiy dushmanidir. Bunday g‘ayriinsoniy qiliqlarni
o‘zida mujassamlashtirgan kimsalar odamlar ovqatlanganda qan
day lazzat olsalar, rohat qilsalar, ular birovlardan o‘ch olgan-
da ana shunday lazzat oladilar. Lekin lazzat, Beruniyning fikricha,
turlicha m a’no va mazmunga ega bo‘ladi. Chunonehi, lazzat
yaxshilik va yomonlik alomati bo‘lishi mumkin, ya’ni birov o‘zi
qilgan yaxshilikdan lazzatlansa, boshqa birov o‘zi amalga oshir-
gan yomonlikdan lazzatlanadi.
Abu Rayhon Beruniyning tushuntirishicha, yomonlikni vu
judga keltiruvchi manbalardan biri yolg'onchilikdir. Yolg‘onchilik
insonni rostgo'ylik va halollikdan, insof va diyonatdan benasib
qilib qo‘yadi, adolatdan yuz o‘girtiradi. Yolg‘on guvohlik be-
rishga, omonatga xiyonat qilishga sabab bo‘ladi. Qayerda
yolg‘onchilik avj olsa, o‘sha yerda yomonlik tezroq rivojlanadi.
Dostları ilə paylaş: