O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. 1-tom, Toshkent, 1968, 150-bet



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Abu Rayhon Beruniy. Tanlangan asarlar. 1-tom, Toshkent, 1968, 150-bet.
2 O'sha asar, 150-bet.
3 Q ‘sha asar, 2-tom . 101—102-betlar.
160


Yolg‘onchilikning o‘sib borishi bilan inson umri zavol topadi. 
0 ‘z navbatida, yolg‘onchilikning ortib borishi bilan yaxshilik 
kamaya boradi. Yaxshilikning kamayib borishi nafaqat kishilar 
umrini qisqartiradi, balki ular orasida turli mojarolar keltirib 
chiqaradi.
Beruniy yolg‘onchilikni turli guruhlarga ajratadi. Chunonchi, 
ba’zi birovlar bilmasdan yolg‘on xabar berishsa, ayrimlar 
o‘zlarining so‘zlarining yolg‘onligini bila turib noto‘g‘ri ma’lumot 
beradilar. Yana allakimlar birovlarga yaxshi ko‘rinish, o‘z mar- 
tabasini oshirish, xushomad qilib boylik orttirish, kimlargadir 
o‘zini yaqin qilib ko‘rsatish, o‘zini turli jinoyatlardan qutqa- 
rish, kishilar o‘rtasida nizo chiqarish uchun yolg‘on gapiradilar. 
Shuningdek, ayrim kishilar tarafkashlik, o‘zi yoqtirmagan ki- 
shi, toifa yoki guruhni ataylab yomonlaydilar, o'zlarining ham- 
tovoqlarini maqtab so‘zlaydilar.
Abu Rayhon Beruniy axloqsiz, odobsiz kishilarni qayta tar- 
biyalash mumkin, deb hisoblaydi. Buning uchun o‘sha axloqsiz, 
odobsiz kishilarni, birinchi navbatda, nafsoniy hirs-havaslardan 
tozalamoq, ularga odob-axloq normalarini o‘rgatmoq lozim. 
Boshqacha aytganimizda, Beruniyning fikriga asosan, axloqsiz, 
odobsiz kishilar jamiyatdagi yaxshi odamlarga ergashsalar qayta 
tarbiya topadilar.
Abu Rayhon Beruniyning fikriga ko‘ra, inson o‘z mehnati 
bilan ulug‘dir. Mehnat yordamida inson o‘z badanini turli illat- 
lardan, xususan, dangasalikdan, yalqovlikdan, ishyoqmaslikdan 
qutqaradi. Inson mehnatsiz shon-shavkatga, hech qanday mar- 
tabaga erisha olmasligini qayta-qayta ta’kidlaydi. Yuqori martabaga 
mehnatsiz, osongina erishgan kishi farog‘at va rohat soyasida 
yashaydi, yaxshi kiyinadi, ammo ulug‘lik libosidan mahrum, 
yalang‘och bo‘ladi.
Beruniy o‘zining «Mineralogiya» asarida inson mehnatini og‘ir 
jismoniy va yengil mehnat turlariga bo‘ladi. U binokor, ko‘mir 
qazuvchi, hunarmand, ilm ahli mehnatini og‘ir mehnat, deb 
ataydi. Og‘ir jismoniy mehnat qiluvchi, xususan, yer ostidagi 
konlarda ishlovchi, yer ostida gavhar qidiruvchilar mehnatini 
jamiyat qadrlashi, ularga ma’lum imtiyozlar berishi lozim. Ay­
niqsa, yerga ishlov berib, hammani yedirib-ichirib turgan deh-
161


qonlarga alohida mehribonlik ko‘rsatishi lozim, deb ta’kidlaydi. 
Ilm ahli mehnatini ta’riflab, ilm olish o‘ta mashaqqatli, lekin 
jamiyat uchun eng kerakli mehnatdir, jamiyat olimlar mehnatini 
hamisha hurmat qilishi, qadrlashi zarur, deb hisoblaydi.
Abu Rayhon Beruniyning e’tirof etishicha, insonning qadr- 
qimmati, jamiyatdagi o ‘rni mehnati bilan baholanmog‘i darkor. 
Mehnat har bir kishining kundalik ehtiyojiga aylanmog‘i lo­
zim. Har bir kishi o‘z xohish-istagi bilan mehnat qilmog‘i 
kerak. Odamlarni majburiy mehnat qildirish yo‘li bilan jamiyat 
hech qachon yuksaklikka ko‘tarila olmaydi. Kishilar xohish- 
istaklariga qarshi bo‘lib, ularni majburan zo‘rlab ishlatishga 
Beruniy o‘rta asr sharoitidayoq qarshi chiqqan edi1. Mehnat - 
kash kishiga jabr-sitam o‘tkazuvchi ishboshilarni bo'rilarga, 
kalxatlarga o'xshatgan edi.
Abu Rayhon Beruniyning fikriga muvofiq, kishilarning 
madaniy saviyasi ortib borishi bilan jamiyat hayotining madaniy- 
lashish darajasi ortib boradi. Insonning madaniy saviyasi qancha 
baland bo‘lsa uning shodlik, xursandchilikka, musiqaga bo‘lgan 
ehtiyoji ortib boraveradi. «Madaniylashgan kishilar ichidan nozik 
(tabiatli) odamlar ko‘ngil ochar (shodlik bag‘ishlaydigan)joylarga 
borib turishni odat qildilar; bunday joylarga faqat nozik (tabi­
atli) kishilar emas, balki boshqa, musiqaga yanada kuchliroq 
tashna bo‘lganlar ham ohang tinglash uchun boradilar... Ohanglar 
esa ruhga (qalbga) tartibga tushirilgan, shaklga kiritilgan 
bo‘lgandagina kuchli ta ’sir qiladi: Chunki ruh (qalb) tartibga 
kirgan narsani tezroq qabul qiladi...»2
Beruniy tushuntirishicha, inson boshqa maxluqotlardan olamda 
sodir bo‘layotgan hodisa,voqealar sababini bila olish bilan ajralib 
turadi. Olamda bo‘layotgan o‘zgarishlar sababini inson o‘zining 
sezgilari yordamida bilib oladi. Inson miyasida hosil bo‘lgan 
bilimlar tashqi olamning ifodasidir. Ushbu ma’lumotlar sezgi 
organlarining bajargan ishi tufayli sodir bo‘ladi. Agar sezgi 
organlari bo‘lmaganda olamning manzarasi haqida tasawurga ega

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin