Abu Rayhon Beruniy o ‘zining «Hindiston» asarida o‘rta asr
sharoitidayoq, insonning jismoniy va ma’naviy kamoloti, tur
mush tarzi bilan u yashayotgan geografik muhit orasida dialek-
tik aloqadorlik mavjudligi to ‘g‘risidagi g‘oyani ilgari surdi1. H at
to, odamlaming turli tillarda so'zlashuvining yuzaga kelishi ham
geografik shart-sharoitlarga bog‘liq ekanligini isbotlashga urindi.
Tillarning turlicha bo‘lishiga sabab, odamlarning turli guruhlarga
ajralib ketishi, bir-birlaridan uzoq-uzoqlarda yashashidir, deb
tushuntirdi.
Abu Rayhon Beruniyning fikriga ko‘ra, odamlar o'zlarining
kundalik ehtiyojlarini qondirish maqsadida (tashqi dushmanlardan
himoya qilish, dehqonchilik, hunarmandchilik, chorvachilikka
oid turli yumushlarni birgalashib bajarish zaruriyati) turli ja-
moalarga birlashadilar. Aniqroq qilib aytganda, inson o'zaro
uyushishga, birlashishga, qandaydir bir jamiyat bo‘lib yashash-
ga doimo ehtiyoj sezadi. Kishilar madaniylasha borgan sari va
mulkchilikning yuzaga kelishi bilan bunday ehtiyoj yanada rivo
jlanib boradi2. Lekin «ehtiyojlar turli-tuman, son-sanoqsizdir.
Faqat ularni bir qancha kishilar birgalikda ta ’minlay olishlari
mumkin»3. Xuddi shuning uchun ham Beruniy jamiyatning
insonparvarligi odamlarning kundalik ehtiyojlarini qondirish bi
lan belgilanadi, degan fikrni bayon qiladi. Uning yozishicha,
odamlarning kundalik ehtiyojlari moddiy va ma’naviy ehtiyojlarga
bo‘linadi. Kishilarning moddiy ehtiyojlarining qondirilishi jam i
yat hayotida hal qiluvchi ahamiyatga ega va odamlarning yanada
mustahkamroq birlashishlariga sabab bo‘ladi.
Abu Rayhon Beruniy fuqarolaming moddiy va ma’naviy ehti
yojlarini qondirmoq uchun, eng awalo, ularni zulm va istib-
doddan qutqarmoq, jamiyatda tinchlik, osoyishtalik, insof va
diyonatni o‘matmoq darkor, deb tushuntiradi. Fuqarolaming
farovonligini ta ’minlovchi ijtimoiy adolat normalari va prinsip-
lariga asoslangan insonparvar jamiyatni faqat adolatli podsho
Dostları ilə paylaş: