O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. Birinchi jild. Toshkent, 1994



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə108/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Abu Ali ibn Sino. Tib qonunlari. Birinchi jild. Toshkent, 1994.
155


larni, inson ustidan qilingan har qanday zo‘ravonlikni qoralay- 
di, chinakam axloq hamisha ilmga, biJimga asoslanishiga e’tiborini 
qaratadi.
0 ‘rta asr m usulm on faylasuflari ning erkin fikrlash 
an’analarini davom ettirgan Abu Ali ibn Sino insonni kamo- 
lotga yetkazuvchi kuch — chinakam muhabbatdir, deb biladi. 
Uning fikriga asosan, muhabbat umuminsoniy voqea bo‘lib, 
insonga «koyhaniy (kosmik) quwat» ato etadi. Muhabbat in­
sonning butun ruhiy-ma’naviy olamini qamrab oladi, ezgulik- 
ka, xayrli, savob ishlarga undaydi. Lekin ishq-muhabbat ham i­
sha ham ezgulikka olib boravermaydi. Chunki muhabbatning 
ikki qutbi bor. Birinchi qutbi yaxshilik, ezgulikka qaratilgan 
bo‘lsa, ikkinchi qutbi insondagi hirsiy-hayvoniy istaklarni 
uyg‘otishga qaratilgan bo'ladi. Mabodo inson tanasidagi o ‘sha 
hirsiy-hayvoniy quw at g‘olib kelsa, uning ruhiy-ma’naviy ola- 
mi yemiriladi, inson baxtsizlikka giriftor bo'ladi. Agar inson­
ning ruhiy-ma’naviy olamida «Aqli kull» ustuvorlik qilsa u, 
shubhasiz, baxt-saodatga erishadi.
Abu Ali ibn Sino o‘zining «Solomon va Absol»1 asarida 
insonning ruhiy-ma’naviy yetukligini va o‘z navbatida insonni 
ruhiy-ma’naviy tubanlashuvini tasvirlashga harakat qiladi. Asarda 
insonning ruhiy-ma’naviy yetukligi ukaning akaga sadoqati yor­
damida tasvirlansa, insonning ruhiy-ma’naviy tubanlashuvi Ab- 
solning akasi Solomonning yengiltak, zohiriy go‘zallikka o‘ch 
xotini misolida, uning turli makr-u xiylalarini tasvirlash orqali 
ochib beriladi. Solomonning xotini hayvoniy-shahvoniy hirsga 
berilib, o‘z qaynisi Absolni tuzog'iga tushurishga kecha-yu kun- 
duz harakat qiladi. 0 ‘z maqsadiga erishish uchun turli-tuman 
g‘ayriinsoniy qiliqlar, makr-u hiylalardan ustakorlik bilan foy- 
dalanadi. Lekin yanganing ruhiy-ma’naviy tubanlashuvidan Ab- 
solning ruhiy-ma’naviy yetukligi ustun keladi. Axloqiy tubanlik 
ustidan axloqiy yetuklik g‘alaba qiladi2.

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin