O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


Abu Ali ibn Sino. Salom on va Absol. Lirika, falsafiy qissalar, she’r san’ati



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

1 Abu Ali ibn Sino. Salom on va Absol. Lirika, falsafiy qissalar, she’r san’ati.
Toshkent, 1980, 60-bet.
154


disa va voqealarning mohiyatini bilib olishga qodirligidir. Inson 
olamni o‘zining ichki va tashqi sezgilari yordamida bilib oladi. 
Mashhur «Tib qonunlari» asarida ta’kidlanishicha, tashqi sezgi 
(ko‘rish, eshitish, ta ’m bilish, hid va teri) insonni tashqi olam 
bilan bog‘laydi. Ichki sezgilar (taxmin etish, ifodalash, eslab 
qolish, xotira) tasaw ur etish imkoniyatini yaratuvchi sezgi- 
lardir. Ichki sezgilar tashqi sezgilar asosida shakllanadi. Ichki 
sezgilar tashqi sezgilar orqali olingan ma’lumotlarni qabul qilib 
olish, umumlashtirish, uni xotirada saqlab, qayta tiklab, tasav- 
vur etish uchun xizmat qiladi1.
Ichki va tashqi sezgilar yordamida bilib bo'lmaydigan olam 
sirlarini inson dunyoviy aqldan madad olib turgan tafakkur 
orqali bilib oladi. Dunyoviy aql inson tafakkuri quwatini, 
xususan, muhokama qilish, mulohaza yuritish salohiyatini oshi- 
radi. Tafakkur quwatining orta borishi bilan inson sezgilar 
yordamida bilib olinmagan olam sirlarini bilib olishga qodir 
bo‘ladi. Alqissa, Ibn Sinoning isbotlashicha, inson joni dunyo­
viy aql va dunyoviy ruh bilan qo‘shilganda olamni bilish bo- 
rasida muvaffaqiyatga erishiladi.
Inson hech qachon tanho, yakka o‘zi yashay olmaydi. U 
kundalik ehtiyojlarini qondirish, turli orzu-umidlarini 
r o 'y o b g a
chiqarish uchun jamoa bo‘lib yashashga intiladi. Ibn Sinoning 
fikricha, turli jamoalarga birlashgan kishilar faoliyatini oqilona 
boshqarib turish, jamoaning barcha a’zolarini foydali mehnatga 
safarbar qiluvchi maxsus qonunlar, yo‘l-yo‘riqlar, qoidalar 
bo‘lishi zarur. Har qanday jamiyat, har qanday davlat odam­
lar faoliyatini adolatli qonun-qoidalarga asoslanib idora etmog'i 
darkor.
Ibn Sinoning tushuntirishicha, turli jamoalarga birlashgan 
odamlar faoliyatini yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi muhim 
omillardan yana biri axloqdir. Inson qanchalik bilimdon, qan- 
chalik tadbirkor bo‘lmasin umuminsoniy axloq qoidalariga tayan- 
masa u adabsiz bo‘ladi, yomonlikka yo‘l qo‘yadi. Ibn Sino 
o‘zining «Qush tili» asarida insondagi adabsizlik, axloqsizlik 
alomatlari: ikkiyuzlamachilik, yolg'onchilik, xoinlik kabi xislat-

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin