sof tutishi, poklanib turishi, boshqalarning qalbiga ozor yetkaz-
masligi kerak.
Nosir Xisravning tushuntirishicha, inson tabiatini o‘zgartirishda
tarbiyaning o‘rni va ahamiyati beqiyosdir. Uning fikriga ko‘ra
odamning yomoni bo'lmaydi. Yomon tarbiya ko‘rgan, xulq-atvori
yaxshi yoki yomon kishilar bo‘lishi mumkin, xolos. Insonning
axloqiy fazilatlari haqida fikr-mulohaza yuritgan mutafakkir, inson
axloqan yetuk bo‘lmog‘i uchun behad mol-u dunyo to ‘plashga,
bu dunyoning o ‘tkinchi xursandchiliklariga hirs-u havas
qo‘ymasligi, boshqalarga nisbatan insofli, adolatli bo‘lishi, beva-
bechoralarga, nogironlarga rahm-shafqat ko‘rsatishi, ularning turli
gunohlarini kechirishi zarur. M a’naviy-axloqiy yetuk bo‘lishini
istagan har bir kishi, ilm o‘rganishi, aql-idrokini uzluksiz
takomillashtirib bormog‘i lozim. Kishilar orasida faqat aqllil&ri
aqliy lazzat tomon intiladilar.
Nosir Xisravning e’tirof etishicha, mamlakatni idora qilib
turgan hukmdorlar ma’rifatli kishilar bo‘lmog‘i zarur. Hukm
dor har qanday tadbirni vazirlar muhokamasiga qo‘yib, mash-
varat majlisida har tomonlama muhokama qilib, keyin farmon
bermog‘i lozim. Mamlakatda ana shunday adolatli boshqaruv
joriy etilsa, yurt obod, odamlar farovon yashaydilar, bir-bir-
lariga mehribon bo‘ladilar.
Nosir Xisrav noinsof, adolatsiz, ilm-fan, mehnat ahliga
yomon munosabatda bo‘lgan, poraxo‘r amaldorlarni qattiq tan
qid qiladi. Nosirning tasvirlashicha bunday kishilardan, hatto it
ham afzaldir. Turgan gapki, ular o ‘z manfaatlari uchun
kambag‘al kishilarni xonavayron qiladilar va bundan uyalmay-
dilar. Shoirning fikriga ko‘ra odamlarning qarg‘ishiga uchragan
amaldorlarning mol-u dunyolari barakasiz bo‘ladi.'
Musulmon falsafasida insonning jamiyatdagi o‘rni, insonning
insoniy qiyofasining shakllanishida ijtimoiy muhitning ta’siri,
odam lar hayotini to ‘q-farovon qilishda, jamiyatni adolatli
boshqarishda podshohlar, lashkarboshilarning o‘rnini aniqlashga
alohida e’tibor berilgan. Bunday tendensiyani o‘rta asr musul-
Dostları ilə paylaş: