O zbekiiton fayi a L l I lari 4illiy jamiyaii nashkiyol


! Intelligensiya tushunchasi ham, arabcha «uqulla» so'zidan olingan



Yüklə 3,66 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/318
tarix28.11.2023
ölçüsü3,66 Mb.
#169347
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   318
Inson falsafasi. Choriyev A

! Intelligensiya tushunchasi ham, arabcha «uqulla» so'zidan olingan.
153


Abu Ali ibn Sino «Hayy ibn Yaqzon» asarida olamning 
haqiqiy manzarasini bilishda inson aqlining imkoniyatlarini osh/- 
rish haqida to‘xtalar ekan, bu borada mantiq ilmining ahami- 
yatiga katta baho berdi. Uning fikriga ko‘ra, mantiq olam va 
odam munosabatlarini bilishda inson bisotidagi eng ishonchli 
vosita — «oqar chashma»dir. Unda cho‘milsang va suvidan ich- 
sang — bilimlar dengizida bemalol suzaverasan. Kishining kamo- 
loti, turli badbaxtliklardan xoli bo'lishi ham ilmga, aqlga sado- 
qat ko‘rsatishi tufaylidir. Aksincha, inson xulq-atvoriga, xatti- 
harakatiga o‘rnashib olgan g'ayriinsoniy illatlar uning umrini 
bekorchi ishlarga sarflaydi.
Abu Ali ibn Sinoning ta ’kidlashicha, aqliy va axloqiy yetuk 
inson mustaqil fikrlash malakasiga ega bo‘lmog‘i darkor. Musta- 
qil fikrlash malakasiga ega bo‘lishni xohlagan har bir kishi — 
mantiq, ya’ni farosat ilmini yaxshi o‘zlashtirib olishi zarur. 
Alloma yozganidek: «Farosat ilmi foydasi naqd bo‘lgan ilm- 
lardandir. Sen bu ilmni bilib olsang, u senga kishilarning o‘zaro 
yashirib yurgan fe’l-u atvorlarini bildiradi. Mana shu farosatning 
bildirilishi natijasida o ‘z biliming bilan unga bog‘lanib qolasan, 
yo undan yuz o'girasan. Farosat ilmi sening o‘zingning aslingda 
bor bo‘lgan instinktiv yaratilmalaming o‘zgartirilmagan tabiat- 
larini ko‘z o‘ngingga keltirib qo'yadi. Agar senga farosatni tu- 
zatuvchi qo‘li tegsa, sen juda o'tkir bo‘lib ketasan»1.
Mantiqdan boshqa ilmlarni Ibn Sino o‘zining «Aqliy bilim­
lar tasnifi» («Aqsom ul-ulum ul-aqliya») asarida tabiiy va ijti­
moiy, falsafiy ilmlarni esa nazariy va amaliy ilmlarga bo‘ladi. 
Falsafaning nazariy qismi uning fikriga ko‘ra, uchga: 1) quyi 
darajadagi ilm — tabiatshunoslik; 2) o‘rta darajadagi ilm — 
matematika; 3) oliy darajadagi ilm — metafizikaga bo‘linadi. 
Falsafaning amaliy qismi ham uchga: 1) shaxs haqidagi ilm; 
2) insonning o ‘zaro munosabatlari haqidagi ilm; 3) davlatni, 
mamlakatni boshqarish haqidagi ilmlarga bo‘linadi.
Ibn Sinoning dalillashicha, insonning eng muhim xislatlari- 
dan biri o‘zi yashayotgan atrof-muhitda sodir bo‘layotgan ho-

Yüklə 3,66 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   318




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin